Mustaqil arafasida sobiq sssr va o’zbekiston sssrdagi
-yillarning boshidagi inqirozning kuchayish sabablari
Download 169.09 Kb.
|
MUSTAQIL ARAFASIDA SOBIQ SSSR VA O’ZBEKISTON SSSRDAGI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1990-yillarning boshida O‘zbekistonda ijtimoiy ishlab chiqarish tuzilishidagi chuqur nomutanosibliklar
1990-yillarning boshidagi inqirozning kuchayish sabablari. O‘zbekistonnning sobiq Ittifoq tarkibida uzoq yillar davomida ma’muriybuyruqbozlik tizimi ostida bo‘lganligi, shuningdek, shundoq ham susayib borayotgan xo‘jalik aloqalarining 1990-yillarning boshida Ittifoqning parchalanishi oqibatida batamom uzilib qolishi kuchli inqiroz holatlarini keltirib chiqardi. O‘zbekiston iqtisodiyotining bir yoqlama tarzda, faqat xomashyo etishtiradigan holga tushib, kompleks rivojlanish yo‘liga, aholi ehtiyojlarini qondirishga o‘tkazilmagani ijtimoiy ishlab chiqarish tuzilishidagi chuqur nomutanosibliklarda namoyon bo‘ladi (4.3-jadval).
1990-yillarning boshida O‘zbekistonda ijtimoiy ishlab chiqarish tuzilishidagi chuqur nomutanosibliklar
Sovet davrining keyingi o‘n yilliklari mobaynida iqtisodiyotni rivojlantirishda xomashyo va chala tayyor mahsulotlar ishlab chiqaradigan va chetga yuboriladigan, mehnatni nisbatan kamroq talab qiladigan xomashyo tarmoqlarini rivojlantirishga ustuvor ahamiyat berilishi ushbu nomutanosibliklarni yanada kuchaytirdi. Jumladan, ishlab chiqarishning umumiy hajmida engil sanoatning ulushi keyingi 50 yil ichida 54 foizdan 37 foizga, oziq-ovqat sanoatining ulushi 30 foizdan 14 foizga tushib qolgan, mashinasozlikning ulushi atigi 7 foizga o‘sib, 16 foizni tashkil etgan. Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarini tarkib toptirish va rivojlantirishda qator nuqson va kamchiliklarga yo‘l qo‘yildi. Jumladan: respublika mashinasozlik kompleksi faoliyati paxtachilik, paxtachilik uchun mashinalar ishlab chiqarish bilan cheklanib, murakkab uy-ro‘zg‘or texnikasi, yo‘l qurish mashinalari, plastmassa buyumlari, oziq-ovqat sanoati jihozlari, savdo-sotiq va maishiy xizmat sohasi uchun kerakli asbob-uskunalar deyarli ishlab chiqarilmadi; kimyo sohasining rivojlanishida yirik korxonalarga afzallik berilishi respublikadagi ekologik vaziyatni juda yomonlashtirib yubordi; yirik kimyo korxonalari nitron, atsetat, kaprolaktam singari dastlabki qayta ishlangan mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashib, ularning mahsulotlari ham asosan respublikadan tashqariga chiqarishga mo‘ljallandi. Mamlakatimiz rahbari tomonidan O‘zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilib, bu boradagi strategiyaga quyidagi yondaShuvlar asos qilib olinishini belgilab berdi: mintaqamiz taraqqiyotining tarixiy asoslari, oqilona mantiq e’tiborga olinmay, ma’muriy-buyruqbozlik usullari tazyiqi ostida shakllangan qarashlarning hammasiga barham berilishi kerak; mintaqamiz taraqqiyotining istiqbollariga avvalo respublika aholisining manfaati nuqtai nazaridan qaramoq kerak. Respublikani iqtisodiy mustaqillik yo‘liga olib chiqish, uni inqiroz girdobidan chiqarish vazifalarini hal etishda O‘zbekiston resurslari va imkoniyatlariga baho berishga mutlaqo yangicha yondashish zarur edi. Bunday og‘ir ahvolning vujudga kelish sabablari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: 30-yillarning boshlarida iqtisodiyotga rahbarlik qilishning ma’muriybuyruqbozlik usullariga zo‘r berilib, O‘zbekistonni, uning ishlab chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirishga yaroqsiz yondaShuvlarning tobora kuchayib borishi; respublikaga asosan xomashyo bazasi, sobiq Markazdagi sanoat vazirliklari va idoralarining mo‘may xomashyo manbai sifatida qarab kelinishi; o‘lkaning mahalliy, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlariga ba’zan etarlicha, ba’zan mutlaqo baho berilmagani, ba’zan esa bu xususiyatlarning pisand ham qilinmagani; iqtisodiy va ijtimoiy sohani kompleks, jadal rivojlantirishning, umumittifoq mehnat taqsimotida O‘zbekistonning mavqei va o‘rnini o‘zgartirishning muqobil yo‘llari e’tiborga olinmagani. Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o‘tishning zarurligi iqtisodiy o‘sish ekstensiv omillaridan foydalanish imkoniyatlarining tugab borishi bilan notovar iqtisodiyotning amal qilish layoqatining pasayishi orqali ifodalanadi. Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi ikkita ahamiyatli kamchilikka ega: uning moslashuvchan emasligi, ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga juda sekinlik bilan moslashib borishi; xo‘jalik yuritish tashabbuskorligini «yo‘qotib yuborish» oqibatida samaradorlikning o‘ta darajada pasayib ketganligi. Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o‘tish ko‘plab mamlakatlarda umumiy tendensiyaga ega. Bu jarayon iqtisodiyotni erkinlashtirish, chuqur institutsional (eng avvalo, mulkchilik munosabatlarida) o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi, biroq, bir vaqtning o‘zida moliyaviy barqarorlashtirish choratadbirlarini amalga oshirilishini taqozo etadi. Ma’muriy-buyruqbozlik tizimini o‘zgartirish mazkur tizim asosining o‘zgarishini hamda uni sifat jihatidan farq qiluvchi bozor tizimiga almashtirilishini anglatar ekan, bunday turdagi o‘zgarishlarni tizimiy islohotlar deb atash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Download 169.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling