Mustaqil arafasida sobiq sssr va o’zbekiston sssrdagi


Download 169.09 Kb.
bet5/6
Sana07.02.2023
Hajmi169.09 Kb.
#1174721
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MUSTAQIL ARAFASIDA SOBIQ SSSR VA O’ZBEKISTON SSSRDAGI

Ikkinchidan, respublikadagi o‘ziga xos ma’naviy-ruhiy vaziyatdan kelib chiqib ish tutildi. Chunki O‘zbekiston aholisi va mehnat resurslari yildan yilga o‘sib boruvchi mintaqa hisoblanadi. Ushbu omilning ahamiyatiga e’tibor berar ekan, Prezident shunday dedi: «Xalqimizning 60 va hatto, undan ko‘proq foizi qishloq joylarida istiqomat qiladi va ularning asosiy qismi dehqonchilik sohasida ishlaydi. O‘zbek zoti borki, o‘tirgan joyini sovitgisi kelmaydi. Bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib yurishga xushi yo‘q. Mehnat resurslari va ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirishda xuddi Shu vaziyatni ham e’tiborda tutish kerak.
Xulosa Shuki, qishloq joyda va tuman markazlarida mavjud bo‘lgan ortiqcha ishchi kuchini shaharga olib kelish shart emas, balki yangi, ixcham, zamonaviy korxonalarni qishloq joylariga, tuman markazlariga olib borib qurishimiz zarur. Sodda qilib aytganda, odamlarni ishxonaga emas, ishxonani odamlarga yaqinlashtirish lozim».
Uchinchidan, O‘zbekiston taraqqiyot yo‘lini ishlab chiqishda respublikaning qulay jug‘rofiy-siyosiy imkoniyati hisobga olindi.
Darhaqiqat, tarixan O‘zbekistonning hozirgi hududi juda ko‘hna savdo yo‘li - Buyuk ipak yo‘li tutashgan, mag‘rib-u mashriqni bir- biriga bog‘lab turgan, turli qarashlardagi xalqlarni yaqinlashtirgan, jo‘shqin tashqi aloqalar va turli madaniyatlaming bir-birini o‘zaro boyitish jarayoni kechgan hududdir. Ana Shu boy, tarix sinovlaridan o‘tgan tajribalarni davom ettirish, undan samarali foydalanish yo‘li tutildi. Demakki, mintaqalararo aloqalar, dunyoviy integratsiyani yo‘lga qo‘yishga kirishildi.
To‘rtinchidan, O‘zbekistonning bozor munosabatlariga o‘tishida ijtimoiy ong, ijtimoiy psixologiya masalasini hisobga olish lozimligi ham ko‘rsatib berildi.
Chunki, sho‘rolar davrida kishilar ongida ijtimoiy tenglik tu- Shunchasi, ya’ni yaxshi ishlasam ham, yomon ishlasam ham davlat baribir boqadi, degan fikr shakllanib, boqimandalik kayfiyatiga tushib qolgan, mulkka egalik tuyg‘usidan uzoqlashgan edi. Bu, albatta, kishilarning mehnatga intilishini so‘ndirar, ish natijasi uchun mas’uliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatar edi. Ularda boqimandalik, tekinxo‘rlik illatlarini chuqurlashtirar edi. Shuning uchun, bozor munosabatlariga o‘tishda odamlardagi mana Shu kayfiyatni e’tiborga olish kerak, deb hisoblandi. Islohotlar davrida xususiylashtirish jarayonining chuqurlashishi, mamlakatda mulkdorlar sinfini shakllantirish sari dadil qadamlar qo‘yilishi mana Shu omildan kelib chiqqan xulosadir.

Download 169.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling