Mustaqil fikr teran aql


Quyida innovatsiontexnologiyadan biri “ Munozara” metodidan


Download 14.25 Kb.
bet2/2
Sana08.01.2022
Hajmi14.25 Kb.
#254977
1   2
Bog'liq
maqola

Quyida innovatsiontexnologiyadan biri “ Munozara” metodidan

namuna berib o’tamiz.

I bosqich



  1. Yetakchi munozara mavzusini tanlaydi, va qatnashuvchilarni taklif etadi.

  2. Qatnashuvchilarga muammo yetkaziladi va uni o’tkazish tartibini belgilaydi.

  3. Yetakchi bildirilgan g’oya va fikrlarni yozib berish uchun kotib tayinlash va guruh a’zolarining har biri o’z fikrini bildirishiga sharoit yaratib beradi.

II bosqich:

  • qatnashchilar bildirgan fikrlar guruhlashtiriladi;

  • tahlil qilinadi;

  • tahlil orqali qo’yilgan vazifani eng ma’qul bo’lgan yechimini topishga harakat qilinadi;

  • xulosalash;

  • natijalar e’lon qilinadi.

Aqliy hujum” interaktiv metodi

Biron muammoni yechishda guruh qatnashchilari tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to’plab, ular orqali ma’lum bir yechimga kelinadigan samarali metodlardan hisoblanadi. Bu me’tod talabani erkin, ijodiy va mustaqil fikrlashga o’rgatadi va shakllantiradi.

Qo’llash metodi:

Guruh ishtirokchilarini oldiga biror bir o’sha kuni o’tiladigan dars mavzusidagi g’aliz va tushunarsiz bo’lgan qismi muammoli vaziyat qilib qo’yiladi va qatnashchilardan mazkur muammoli vaziyatni yechish bo’yicha o’z yechimlarini isbotlashlari talab etiladi.



Qo’llashdagi asosiy talablar:

  1. Bildirilgan g’oya va fikrlar muhokama qilinmaydi, to’g’ri va noto’g’ri ekanligi aytilmaydi, baholanmaydi.

  2. Bildirilgan har qanday g’oya va fikrlar ularqanday bo’lsada hisobga olinadi.

  3. Qancha ko’p g’oya va fikrlar bildirilsa, shuncha yaxshi

  4. Bildirilgan g’oya va fikrlarni to’ldirish va yanada kengaytirish mumkin.

  5. G’oya va fikrlarni vaqt chegaralanib, aniq berilishi kerak.

Yuqorida qayd etilgan zamonaviy texnologiyalardan foydalanish orqali darsda quyidagi samaradorlikka erishiladi:

  • talabalar erkin fikrlaydilar;

  • o’zaro hamkorlikda ish yuritadilar;

  • ularda o’z-o’ziga ishonch paydo bo’ladi;

  • ma’suliyatni his etadi;

  • mustaqil fikraydilar;

  • bir-birlarini eshitadilar ;

  • bir-birlarini hurmat qiladilar;

  • ko’p ma’lumotga ega bo’adilar;

  • o’z bilimlariga baho bera oladilar.

Oliy o’quv yurtlarida talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishga doir uslubiy tavsiyalarimiz quyidagilar:

  1. Talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini o’stirishga doir bo’lgan yoshlar uchun o’quv metodik, ilmiy-ommabop, badiiy adabiyotlarning yangi avlodini yaratish;

  2. Mavjud adabiyotlarga har tomonlama ilmiy baho bera oladigan ilmiy salohiyatli mutaxassislarni jalb etish;

  3. Xalqimizning boy ijtimoiy, madaniy, tarixiy an’analarini, urf-odatlarini, umuminsoniy qadriyatlarini texnologiyalar irqali aks ettiruvchi o’quv qo’llanmalarini yaratish kabi vazifalarni amalga oshirish zarur deb hisoblaymiz.

Ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida, bir qator yangi pedagogik texnologiyalardan yuqorida misollar keltirib o’tildi. Ushbu texnologiyalardan darslarda pedagoglar o’z o’rnida unumli foydalansalar, ko’zlangan maqsadga erishadilar. Har bir fanni o’qitishda talabalar bilimidagi bo’shliqlarni to’ldirishida zamonaviy texnologiyalarning o’rni beqiyos. Darslarni bunday usullarda tashkil etish, ko’zlangan maqsadlarga erishishda muvaffaqiyat yo’lidir.

Adabiyotlar ro’yxati

  1. Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat engilmas kuch”. -2008 yil.

  2. Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojatnomasi. 29.12.2020 yil.

  3. O’zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni 1997 yil.

  4. Hasanboyev J., va boshqalar. Pedagogika-T., “Fan texnologiya”-2007 yil.

  5. Azizxo’jayev N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat–T.,-2006 yil.




Download 14.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling