Mustaqil fikrlash sog`lom manaviyat va tafakurning alohida sifatida


Download 58.67 Kb.
bet1/3
Sana07.02.2023
Hajmi58.67 Kb.
#1173043
  1   2   3
Bog'liq
Mamataliyev Halimjon Psixalogiya


Mustaqil fikrlash sog`lom manaviyat va tafakurning alohida sifatida
52-20 guruh talabasi
Mamataliyev Halimjon
Tafakkur – inson ongining bilish obyektlari hisoblanmish narsa va hodisalar o’rtasida murakkab, har tomonlama aloqalarning bo’lishini ta’minlovchi umumlashgan hamda mavhumlashgan aks ettirish shaklidir.
Tafakkur muammolari uzoq vaqtgacha o’zining murakkabligi bilan psixologlar nazaridan chetda bo’lgan, u asosan faylasuflar va mantiqshunoslar fikr yuritadigan masala hisoblangan. Psixologiya ilmining otaxoni hisoblanmish nemis olimi Vilgelm Vundt ham psixologiyani ikkiga: fiziologik psixologiya (eksperimental yo’l bilan bilish jarayonlarini o’rganuvchi fan) va xalqlar psixologiyasi qismlariga bo’lib, oxirgisining tarkibiga nutq va tafakkur psixologiyasini ham kiritgan.
Tafakkur qilishimizni ta’minlovchi organ – bu bizning miyamiz. Barcha hisob-kitob ishlari – eng elementar harakatlarni rejalashtirishdan tortib, murakkab mavhum teoremalarni isbot qilishga qaratilgan operasiyalar miyada sodir bo’ladi. Shuning uchun ham juda charchab turgan paytda odamdan biror qiyinroq masala xususida fikr bildirishini so’rasangiz, “hozir boshim og’rib turibdi, juda charchaganman, biroz o’zimga kelay, keyin fikrlashamiz”, deb javob beradi. Demak, miya faoliyati bilan fikrlash faoliyati o’zaro uzviy bog’liq ekan. Miyamizning fikrlash qobiliyati va imkoniyatlari shunchalik salmoqliki, ayrim olimlarning fikricha, uning ishlash qonunlari hozir biz ishlatayotgan kompyuterlar emas, yana 100-200 yillardan keyin paydo bo’ladigan murakkab, o’ta “aqlli” kompyuterlar faoliyatiga yaqin ekan.
Tafakkurning turlari - insonning fikrlash jarayoni tahlil qilinganda, uning qanday shakllarda kechishi ahamiyatli bo’lib, bu uning turlari va shunga ko’ra fikrlashdagi individuallik masalasidir. Hayot mobaynida o’qiganlarimiz, ma’lum shart-sharoitlarda konkret dalillar va nazariy bilimlar asosida mushohada qilgan bilim va g’oyalarimiz asosida yuritgan fikrlash jarayoni nazariy tafakkurdir. Undan farqli amaliy tafakkur bevosita hayotda va harakatlarimiz mobaynida hosil bo’lgan fikrlarimizga asoslanadigan tafakkurimizdir.
Ko’rgazmali-harakat tafakkuri amaliy tafakkurga mohiyatan yaqin bo’lib, uning xususiyati shundaki, u ham odamning real predmetlar xususiyatlarini o’rganish, ko’z bilan ko’rib, bevosita his qilish paytidagi fikrlash jarayonini nazarda tutadi.
Ko’rgazmali-obrazli tafakkur esa ko’rgan-kechirgan narsalar va hodisalarning konkret obrazlari ko’z oldimizda gavdalangan chog’da ularning mohiyatini umumlashtirib, bilvosita aks ettirishimizdir.

Download 58.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling