Mustaqil ish №1 Bajardi: Tohirov. A qabul qildi: sattarov m. A samarqand – 2023 Mavzu: Simsiz tarmoq standartlari Reja


Maъlumotlarni real uzatish tezligi


Download 0.86 Mb.
bet5/8
Sana31.03.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1314193
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mustaqil ish

Maъlumotlarni real uzatish tezligi


Maъlumotlarni real uzatish tezligi doimo kanalli tezlikdan past bo‘ladi. Wi- Fi uchun ma’lumotlarni real uzatish tezligi odatda kam tomonga ikki marttadn ortiqqa farqlanadi.
Bundan tashqari, real o‘tkazish qobiliyatini cheklaydigan yana bir necha omillar mavjud:
Kanal doimo mijozlar orasida bo‘linadi;
Xizmat trafigini uzatish bilan ulanish nuqtasi doimo minimal tezlikda ishlayotgan mijozga sozlanadi ;
Halaqitlarning mavjudligi (ulanish nuqtasining yonida ishlaydigan mikroto‘lqinli pechlar, “radio-enagalar”, bluetooth-qurilmalar, radiotelefonlar).
Taъkidlash kerakki, 802.11b standartda ishlashda yoki u bilan moslashadigan rejimnitaъminlashda faqat uchta bir-birlarini qoplamaydigan, yaъni bir-birlariga halaqit qilmaydigan (odatda 1-nchi, 6-nchi va 11-nchi) kanallar mavjud bo‘ladi. Ya’ni, agar devorning ortida qo‘shnida ulanish nuqtasi 1-nchi kanalda ishlayotgan bo‘lsa, sizda esa uyda 3-nchi kanal bo‘lsa, u holda bu ulanish
nuqtalari bir-birlariga halaqit qiladi, bu bilan maъlumotlarni ulanish tezligini pasaytiradi.

Ikkkita chastotalar diapzonlari


802.11n standart bo‘yicha qurilmalar 2,4 yoki 5 GGs diapzonlarini ishlatishi mumkin, bu radiochastotali halaqitlar taъsirini kamaytirish bilan aloqaning ishonchliligini oshiradi. 2008 yilda 802.11n standartining deyarli barcha mijozlari CardBus va ExpressCard asosida faqat 2,4 GGs diapazonda ishlay oladi, har ikkala diapazonlarni esa ayrim o‘rnatiladigan adapterlar qo‘llaydi.

40 MHz kenglikdagi kanal


802.11n spetsifikatsiyada 20 MGs kenglikdagi standart kanallar, shuningdek 40 MGs keng polosali kanallar ko‘zda tutilgan. Bu echim o‘tkazish qobiliyatini oshiradi. Taъkidlash kerakki, 2,4 GGs diapazonda faqat ikkita kesishmaydigan keng polosali kanalni joylashtirish mumkin.
802.11n standarti muhim yangi joriy etish MIMO (ingl. Multiple Input, Multiple Output — «ko‘p kirishlar, ko‘p chiqishlar») kiritadi, u yordamida fazoviy multiplekslash – bir necha axborot oqimlarini bitta kanal bo‘yicha bir vaqtda uzatish, shuningdek signalni etkazilishi uchun halaqitlar taъsiri va maъlumotlarni yo‘qotilishini minimallashtiradigan, lekin bir necha antennalarning bo‘lishini talab qiladigan ko‘p nurli tarqatishdan foydalanish amalga oshiriladi. Aynan maъlumotlarni bir vaqtda uzatish va qabul qilish 802.11n qurilmalarining o‘tkazish qobiliyatini yuqoriroq qiladi.
2013 yilning boshlanishiga kelib ishlab chiqaruvchilar taklif etayotgan ulanish nuqtalarining ko‘pchiligi MIMO 2×2 yoki 1×1, yaъni SISO (bir oqimli uzatish) rejimni qo‘llaydi. Mobil qurilmalarga o‘rnatilgan Wi-Fi-adapterlar odatda SISO rejimni qo‘llaydi.
Nazariy jihatdan, n ta uzatish va n ta qabullash antennalarili MIMO-tizimi SISO tizimiga qaraganda n marttaga katta maksimal o‘tkazish oralig‘ini taъminlashi mumkin. Bu uzatkich maъlumotlarni oqimini mustaqil bitlar ketma- ketliklariga bo‘lishi va ularni antennalar massividan foydalanish bilan qayta uzatishi orqali erishiladi. Bunday uzatish texnikasi fazoviy multiplekslash deyiladi.
Taъkidlaymizki, barcha antennalar maъlumotlarni bir-birlariga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘sha bir chastotalar dipazonida uzatadi.
n ta uzatish va n ta qabullash antennalaridan iborat bo‘lgan MIMO-tizimini ko‘rib chiqamiz (9-rasm).



9-rasm. MIMO texnologiyasining ishlatilishi prinsipi


Bunday tizimda uzatkich n ta o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan signallarni n ta antennalarni qo‘llash bilan uzatadi. Qabullash tomonida m ta antennalardan har biri barcha uzatish antennalaridan n ta signallarning superpozitsiyasi hisoblanadigan signallarni oladi. Shunday qilib, birinchi antenna qabul qiladigan R1 signalni quyidagi ko‘rinishda berish mumkin:





Har bir qabullash antennasi uchun bunday tenglamani yozish bilan quyidagi tenglamalar tizimini olamiz:
Yoki bu ifoda matritsali ko‘rinishda yozilsa:

bu erda [H] — MIMO-aloqa kanalini tavsiflaydigan o‘tkazish matritsasi.


Qabullash tomonida dekoder barcha signallarni qayta tiklay olishi uchun u avvalo m x n uzatish kanallaridan har birini xarakterlaydigan hij koeffitsientlarni aniqlashi kerak. hij koeffitsientlarni aniqlash uchun MIMO texnologiyasida paket preambulasi ishlatiladi.
Matritsaning koeffitsientlarini aniqlash bilan uzatilgan signalni oson qayta tiklash mumkin:



bu erda [H]–1 — [H] o‘tkazish matritsasi teskari matritsa.


Taъkidlash muhimki, MIMO texnologiyasida bir necha uzatish va qabullash antennalarining qo‘llanilish bir necha fazoviy surilgan nimkanallarni ishlatilishi hisobiga aloqa kanalining o‘tkazish qobiliyatini oshirishga imkon beradi.



Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling