Mustaqil ish 1 Mavzu: Bilimlarni tasvirlashning tarmoqli modellari. Bajardi


Download 160 Kb.
bet1/5
Sana15.03.2023
Hajmi160 Kb.
#1269296
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Mustaqil ish 11


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
SAMARQAND FILIALI
Kompyuter injiniring ta'lim yo'nalishi

“Sun’iy intellekt” fanidan


MUSTAQIL ISH - 1

Mavzu: Bilimlarni tasvirlashning tarmoqli modellari.
Bajardi:105-19 guruh talabasi D.Xudoyorov
Tekshirdi: D. Bekmuratov

Samarqand – 2023
1. Kirish
2. Nazariy qism
2.1 Bilimlar tizimini boshqarish, bilimlar bazasi.
2.2 Sun'iy intellekt tizimlari va bilimlarni tasvirlash modellari.
2.3 Ekspert tizimlardan foydalanish va ularni yaratish.
3. Xulosa
4. Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Ma’lumotlar bazasi fani insonlarda axborot muhitida ma‟lum bir dunyoqarashni shakllantirishga hizmat qilishi bilan bir qatorda, uning axboriy madaniyatni egallashida asosiy rol o’ynaydi. Bugungi «Axborot» asrida yoshlarning kompyuter savodxonligini oshiribgina qolmay, balki ma’lumotlar bazalari bilan ishlash imkoniyatlarini oshiradi.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining faoliyat yuritishi ma’lumotlar bazasini tashkil qilishni ikki jismoniy va mantiqiy darajalarda olib borishga asoslangan. Bu ikki daraja ma’lumotlarni tashkil qilishning ikkita jihatiga mos keladi: ma’lumotlarni shaxsiy kompyuter xotirasida saqlash nuqtai nazaridan jismoniyga va ma’lumotlarda amaliy dasturlardan foydalanish nuqtai nazaridan mantiqiy bo’linadi. Ma’lumotlar bazasi haqidagi eng umumiy tasavvur quyidagilardan iborat: ma’lumotlar bazasi - bu, shaxsiy kompyuterning tashki xotirasida saklanadigan ma’lumotlarning katta hajmining majmuasidir. Shunday qilib, ma’lumotlar bazasi - bu, shaxsiy kompyuter xotirasida saqlanadigan va muammo soha holatini aks ettiruvchi, maxsus tartibda tashkil qilingan va o’zaro bog’langan ma’lumotlarning majmuidir. Ma’lumotlar bazasi yana ayrim foydalanuvchilarning axborotli zaruriyatlarini ta’minlash uchun ham mo’ljallangan.
Bilimlar tizimini boshqarish.
Bilimlar tizimi bu – asosan bilimlar bazasidir. Bilimlar bazasi biror sohada oldindan belgilangan shart-sharoitlarga javob bera oladigan ma'lumotlar bazasini yaratish va undan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Berilgan sohadagi bilimlar bazasidan foydalanish har bir foydalanuvchidan ma'lum darajadagi ko'nikma va malakalarni talab qiladi. Bunday ko'nikmalarga turli shakldagi aqliy faoliyat turlari: tahlil, sintez, umumlashtirish, abstraktlashtirish, qiyoslash, modellashtirish, strukturalash, o'xshashlik darajalarini o'rnatish va boshqalar kiradi. Bilimlar bazasini yaratishda quyidagi bosqichlar amalga oshiriladi:
1-bosqich. Predmet sohasini aniqlash. Bu bosqichda muayyan bilim sohasi tanlanadi.
2-bosqich. Bilimlar to'plamini yaratish. Berilgan mavzu bo'yicha materiallarga darslik, ma'lumotnoma, ilmiy maqolalar, jurnal, gazeta, yaratuvchining oldindan to'plagan xususiy bilimlari va boshqalar kiradi. Yaratiladigan bilimlar bazasining sifati va hajmi yaratuvchining birlamchi bilim manbalaridan oladigan axborotlari sifatiga bog'liq bo'ladi.
3-bosqich. Bilimlarni tizimga tushirish. Bu bosqichda asosiy tushunchalar va ularning xossalari, atamalarning mazmuni (tub mohiyati) aniqlanadi, tushunchalar mazmuni bo'yicha turlarga ajratiladi, ular o'rtasida mantiqiy bog'lanish o'rnatiladi. Axborotlarning tuzilishi tartibini to'g'ri belgilash undan foydalanish samarasini oshiradi.Materialni bilimlar bazasida ifodalash uchun tizimli tahlildan foydalaniladi. Materialni tizimga solish jarayonida, avvalo, ko'rilayotgan mavzuning iyerarxik modeli tuziladi, so'ngra elementlar orasidagi bog'lanishlar aniqlanadi. To'plangan materialning modelini yaratishda tahlil, turlarga ajratish, guruhlash, qiyoslashtirish, tartiblash, tizimlashtirish, formatlash, modellashtirish kabi usullardan foydalaniladi.
4-bosqich. Materialni shaklan tasvirlash. Tanlangan mavzu tushunchalari orasidagi o'zaro bog'lanish va asosiy yo'riqlarini aks ettiradigan materialning shakliy ko'rinishi grafik, jadval, matn, mantiqiy sxema, gipermatn kabi sxemalashtirilgan vositalar yordamida berilishi mumkin.
Bilimlar bazasini boshqarish uchun maxsus dasturlar tuziladi. Bunday dasturlarning vazifasiga quyidagilar kiradi:
• bilimlar bazasidagi ma’lumotlarga kirish;
• bilimlar bazasidagi axborotlarni modifikatsiyalash (yangilash);
• kompyuter o‘chirilganda yoki dasturlar ishi to‘xtab qolganda boshqarishning tezda qayta tiklanishi;
• bilimlar bazasidan bir vaqtda bir necha kompyuterning foydalanishi va foydalanuvchilarning bir - biriga xalaqit bermasligi;
• bilimlar bazasidagi ma’lumotlardan foydalanishning cheklanganligi va ularni tashqi ta’sirlardan himoyalanishi.
Bilimlar bazasi maxsus tashkil etilgan firmalar, guruhlar yoki yakka dasturchilar tomonidan yaratiladi. Foydalanuvchilar esa bu dasturlarni magnit yoki lazer disklariga yozib oladilar va ulardan foydalanadilar.

Download 160 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling