Mustaqil ish 1 Mavzu: Bilimlarni tasvirlashning tarmoqli modellari. Bajardi
Ekspert tizimlardan foydalanish va ularni yaratish
Download 160 Kb.
|
Mustaqil ish 11
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekspert tizimni qollash mezoni
Ekspert tizimlardan foydalanish va ularni yaratish
Ekspert tizimlar — bu sun'iy intellektning yorqin va tez rivojlanadigan sohalaridan biridir. Sun'iy intellektning mashina sanoati va iqtisodda qo'llanishi ETlarga asoslangan. Ular yordamida mahsulot sifatini oshirish va vaqtni tejash, shuningdek ish unumi va mutaxassis malakasini oshirish yaxshi natijalar bermoqda. Mahsulot tizimlari uchta asosiy komponentlardan iborat: Bilim bazalari yoki qoidalar to'plami; Ishchi xotira; Chiqarish mexanizmi. Bu tizimda biror masala yechilganda: bilimlar bazasida kerakli qoidalar to'planadi, muayyam masalaga taalluqli to'plangan bilimlar, qoidalar asosiy ishchi xotirasida ishlanadi va yangi qonun-qoidalar natija sifatida chiqarish mexanizmi orqali olinadi. Odatda, logika masalalarini yechishda ikkita usul qo'llaniladi: birinchi usulda ishchi xotiralardagi boshlang'ich informatsiyani olish, boshqa yordamchi narsalardan foydalanib, qoidalarni qo'llash ishlari bajariladi. Bu usul to'g'ri zanjirli fikrlash deyiladi. Ekspert tizimni qo'llash mezoni Bir qator masalalar borki, ularni bilimlarga asoslangan tizimda yechimini topish istalgan boshqa yo'llar bilan topishdan oson kechadi. Bu tizimlardan foydalanilganda quyidagi mezonlarga asoslangan holda ish yuritiladi: • Ma'lumot va bilimlar ishonchli, vaqt o'tishi bilan o'zgarmaydi; • Bo'lishi mumkin yechimining ko'lami katta emas; • Masala yechimini topishda formal fikrlamaydi. Bilimlarga asoslangan tizimlar borki, ular masala yechimini abstrakt tushunchalar yordamida yecha olmaydilar. Masala yechimi protsedura tahliliga bog'liq bo'lgan hollarda bilimlarga asoslangan tizimlarga nisbatan, oddiy dastur mahsulotlari yaxshiroq natija beradi. Bilimlarga asoslangan tizimlar ko'proq formal fikr yuritish kerak bo'lgan hollarda yaxshi natija beradi; • hech bo'lmaganda, o'z bilimlarini shakllantirib, ularni masala yechishdagi usullarini asoslab bera oladigan bitta bo'lsa ham ekspert bo'lishi kerak. ET larni quyidagi masalalarni yechishda qo'llash maqsadga muvofiq emas: 1. Oddiy matematik usul bilan, formal o'zgartirish va protsedura tahlili yordamida yechiladigan masalalarda; 2. Aniqlash masalalarida, chunki ular raqamli usullar yordamida yechiladi; 3. Yechimi haqida ma'lumot bo'lmagan masalalarda. Download 160 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling