Mustaqil ish 1 Mavzu: Bilimlarni tasvirlashning tarmoqli modellari. Bajardi
Download 160 Kb.
|
Mustaqil ish 11
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Ekspert tizimlardan foydalanish
Hatto, hozirda katta EHM da ham, kichik EHM da ham yaxshi ishlaydigan ekspert tizimlar, odam ekspertga nisbatan ma'lum chegaralanishga ega. 1. Ko'pchilik ET foydalanuvchi tomonidan ishlatishga yaroqli emas. Agar siz bu tizimlar bilan avvaldan ishlamagan bo'lsangiz, unda siz katta qiyinchiliklarga duch kelishingiz mumkin. Ko'pchilik tizimlar faqatgina bilimlar bazasidan yaratuvchi ekspertlar tomonidan foydalanishlari mumkin. 2. Odatda bu tizimlarda qo'llaniladigan savol-javob rejimi, yechimni olishni qiyinlashtiradi. Masalan, MYCIN tizimidan foydalanmagan vrach, tizimdan foydalanganga nisbatan yechimga tezroq ega bo'lishi mumkin (ko'pgina hollarda shunday bo'ladi). 3. Ekspertiza seansidan keyin tizimni ishlata bilish darajasi o'zgarmaydi. 4. Ekspertlardan olingan bilimlarni mashinada effektiv holda ishlatadigan ko'rinishga keitirish haligacha muammoligicha qolmoqda. 5. ET larni o'qitish mumkin emas, ular ongli fikrlay olmaydi. Uy mushugi maxsus o'rgatmasdan ham oddiy vazifalarni bajarishi mumkin, yosh bolaning idishdagi suvni ustiga ongli holda to'ka olmasligi tabiiy holdir, lekin Komp’yuter klaviaturasiga kofeni to'ka boshlasangiz, uning klaviaturani tortib olishga «aqli» yetmasligi aniqdir. 6. ET larni katta predmet sohada qo'llab bo'lmaydi. Ulardan foydalanishda ekspert bir necha minut yoki bir necha soatda yechimni bera olishi mumkin bo'lgan kichik predmet sohalar bilan chegaralangan. 7. Ekspertlar bo'lmagan soha (masalan, astrologiya) da ET lardan foydalanib bo'lmaydi. 8. ET larni faqat kognitiv masalalarni yechish uchun jalb qilish maqsadga muvofiq. Tennis, velosiped poygasi ET uchun predmet soha bo'la olmaydi, lekin bu tizimlarni futbol komandalarini tahrirlashda ishlatish mumkin. 9. Agar natijaning formal usullari yoki shu masalaga o'xshash masala bo'lmasa, inson-ekspert yechimni topish uchun masalaga ongli yondashadi. 10. Yechim ming xil hodisa va vaqt o'tishi bilan o'zgarib turadigan o'zgaruvchilarga bogiiq bo'lsa, bilimlarga asoslangan tizimlar to'liq tahlil uchun yaroqsiz ekanligi kelib chiqadi. Bunday hollarda oddiy tildagi ma'lumotlar bazasi interfeysini ishlatgan ma'quldir. Xulosa Bilimlar tizimi bu – asosan bilimlar bazasidir. Ekspert tizimlar uchun ishlaydigan ma’lumotlar bazasi. Bilimlar tizimi sun’iy intllektlarda ham mavjud. Bilimlar bazasiga asoslangan holda ishlaydi. Bilimlar bazasi qanday tuzuladi? Faraz qilaylik, biologiya yoki zoologiyadan bilimlar omborini tuzish lozim. Xo'sh, ishni nimadan boshlash kerak? Albatta, dastlab biologiyaning asosiy tushunchalarini o'z ichiga oladigan ma'ruzalar matni tayyorlanadi va u kompyuter xotirasiga kiritiladi. Ikkinchi navbatda inson a'zolari yoki hayvon tiirlariga oid rasmlar majmui hosil qilinadi va ular xotirada biror fayl sifatida saqlanadi. Keyingi bosqichlarda jadvalli va diagrammali axborotlarning qismlari yaratilib, xotiraga joylashtiriladi. Hozirgi zamon mutaxassisi kerakli axborotni topish, ajratib olish, tahlil qilish, tashkillashtirish, saqlash hamda kerakli ko’rinishda tasvirlashni bilishi kerak. Bu esa undan tahlil va sintez qilish, umumlashtirish, abstraksiyalash, modellashtirish, o‘xshashliklarni topish va shunga o‘xshash boshqa aqliy faoliyat ko‘nikmalarini egallashini talab qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. .A.A.Abduqodirov, A.G’.Hayitov, R.R.Shodiyev “Axborot texnologiyalari” 2. Gulomov S. S., SHermuxamedov A. T., Begalov B. A. Iqtisodiy informatika 3. Sh. Nazirov, A. Ne’matov, “ Ma’lumotlar bazasi ” , Toshkent 2007 4. http://Aim.uz 5. hppt://www.orbita.uz 6. http://library.ziyonet.uz Download 160 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling