Birinchi bosqich —«Auditorlik faoliyati to‘g'risida» gi qonun. Ushbu qonun M D H davlatlari ichida birinchi bo‘lib, 1992-yil 9-dekabrda (keyingi talirirlar bilan) qabul qilingan va bu qonun Respublikadagi xo‘jalik huquqini tartibga soluvchi asosiy qonun hujjatlar qatoriga kiradi. Bu qonun auditorlik faoliyatini moliya —xo‘jalik faoliyatining ajralmas qismi sifatida ifodalaydi. Ushbu qonun 29 moddadan iborat bo‘lib, unda auditorlik faoliyati va auditorning m oliiyati, auditorning vazifasi va majburiyati, auditorlik firmasini tuzish tartibi, auditorlik firmalarining huquqlari, javobgarügi va majburiyatlari, auditorlik faoliyatini litsen- ziyalash masalalari bayon etilgan.
Ikkinchi bosqich - barcha auditorlik subyektlar uchun majburiy bo'lgan auditorlik faoliyatini tartibga solishning umumiy masalalarini belgilovchi qonunchilikka oid va m e’yoriy hujjatlar. U lar qatoriga quyidagilar kiradi:
«Auditorlik tashkilotlari tog‘risidagi Nizom», 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 4-apreldagi 615-son qarori bilan tas- diqlangan;
«Auditorlarga malaka sertifikatini berish to ‘g‘risidagi Nizom».
Uchinchi bosqich - Moliya vazirligi tom onidan ishlab chiqilayotgan va 0‘zbekistonRespublikasi Adüya vazirligi tom onidan tasdiqlanayotgan auditorlik faoliyatining milliy standartlari. Ushbu standartlarda audit tekshiruvini rejalashtirish va hujjatlashtirish, muhimlik va audit riski, kom pyuterlarda ishlangan m a’lum otlarning auditi, auditda tanlab tekshirish uslubi, audit dalillari, auditor hisoboti va xulosasi kabi masalalar yoritilgan. Auditor shu standartlar asosida tekshiruv ko‘lam i va vaqtini, mos keluvchi tekshiruv uslubiyatini belgilash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Standartlar, shuningdek, audit tekshiruvi sifatini baholash uchun asosiy m e ’zo n bo‘lib hisoblanadi.
Respublikamizda hozirga qadar qabul qilingan va aud ito rlar tom onidan tekshiruv o‘tkazish jarayonida am al qilinishi lozim bo‘lgan auditorlik faoliyatining milliy standartlari 2 .1-jadvalda keltirilgan:
Auditorlik faoliyatining milliy standartlari
Do'stlaringiz bilan baham: |