Mustaqil ish bajardi: 1B-2022 Konchilik ishi talabasi O’rozmatov Akmal Nukus-2022


Download 211.01 Kb.
bet11/11
Sana06.04.2023
Hajmi211.01 Kb.
#1331184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Konchilik 7MI

Ikkilamchi xomashyolardan foydalanish faqatgina ularning yer ostidagi zahiralarini iqtisod qilib qolmay, balki u atrof muhitning tabiatiga yetkaziladigan ziyonni ham kamaytiradi. Shu bilan birga bunday usul iqtisodiy jihatdan ancha arzonga tushadi. Masalan, 1 tonna metallomni eritib, undan metall prokati olishda rudadan eritib olishga qaraganda atmosferaga chiqariladigan chiqindilar 86% ga, suvga tashlanadigan chiqindilar 70% ga, metallning qoldiq chiqindilari esa 97% ga kamayadi. 1 tonna eski pokro`shkalarni qayta ishlashdan 400 kg. sintetik kauchuk tejaladi, 1 tonna eski polietilen plenkasini qayta ishlash 1,1 tonna etilen va 3 tonna benzinni tejaydi, 1 tonna qog`ozni makulaturadan ishlab chiqish 4,5 m. kub yog`ochni, 100 kg. oltingugurtni va 350 kilovatt elektroenergiyani tejaydi, bunda atmosferaning ifloslanishi 85%ga, suvning ifloslanishi esa 40% ga kamayadi.

Ishlab chiqarishning bunday turi «regeneratsion ishlab chiqarish» nomi bilan butun jahonga ma'lum bo`lib, bu ishga dunyo bo`yicha 60-yillarda kirishildi. 1975 yilga kelib dunyoda ishlab chiqilgan jami nikel va kumushning yarmi, po`lat va misning 35% alyuminiyning 20% ana shu yo`l bilan ikkilamchi xomashyolardan olindi. Hozirgi kunda Yaponiyada ishlab chiqiladigan gazeta qog`ozining yarmi, Germaniyada ishlab chiqiladigan po`latning 75%, misning 375 va qo`rg`oshinning 45% regeneratsiya yo`li bilan olinmoqda.

Sanoat ishlab chiqarilishda foydalanadigan yerlarning unumdor qatlamini ular foydalanishdan oldin to`plab saqlab qo`yish va keyin uni yoyib yerning unumdorligini qayta tiklash ya'ni rekultivatsiya qilish ishi ham dunyo miqyosida, shu jumladan bizning mamlakatimizda ham qonun bilan belgilab quyilgan.

O`zbekistonning qazilma boyliklari va ulardan foydalanish

O`zbekistonning qazilma boyliklari va ulardan foydalanish

O`zbekiston respublikasining zamini juda katta miqdordagi turli-tuman qazilma boyliklarga ega. Bu zaminda Mendeleyev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Respublika hududida hozirgacha 2700 dan ziyod foydali qazilma konlari va ular namoyon bo`lgan joylar aniqlangan. Aniqlangan bu konlarda 100 ga yaqin xom ashyo turlari mavjud bo`lib, ularning umumiy miqdori 3,3 trillion AQSH dollarga baholanadi. Fakatgina neft va gaz zahiralarining qiymati 1 trillion dollarga teng. Aniqlangan konlardan 900 tasi topilgan va o`rganilgan bo`lib, ulardagi zahiralar qiymati 970 mlrd. dollarga teng. Hozirgi kunda respublikada foydalanayotgan konlar soni 400 ga yaqin. Har yili bu konlardan 5,5 mlrd. dollarlik qazilma boyliklar olinmoqda va qo`shimcha 6-7 mlrd. dollarlik yangi zahiralar topilmoqda.


Download 211.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling