Mustaqil ish Bajardi: Nig’monov Abduqodirxon
Download 252.55 Kb.
|
Mustaqil ish psixologiya
Mustaqil ishBajardi: Nig’monov AbduqodirxonGuruh: 85-20Tekshirdi: Galdiyeva MexribonMavzu: Kasb psixologiyasining tadqiqot metodlari.Kasbiy psixologiya fanida quyidagi tadqiqot metodlarining tasnifidan foydalaniladi.Tadqiqiy metodlar (usullar) – bu psixikaning xususiyatlari, qonuniyatlari va mexanizmlari haqidagi yangi ob’ektiv bilimlar olishga yo‘naltirilgan maxsus tarzda tashkil topgan faoliyat usullaridir.Sub’ektiv yangi bilimlar (dalillar, baholar, ko‘rsatkichlar, belgilar, psixologik yordam, maslahat, korreksiya uchun muhim) omillarga qaratilgan psixologiya usullarini umumiy, pragmatik usulublar deb ataladi.Kasbiy psixologiya metodlari asosan ikkita metodologik tamoyillarga asoslanadi: Sub’ektiv tamoyil – o‘zini o‘zgartirishga qaratilgan kasbiy shakllanishga erishishni ta’minlovchi tamoyil. Ob’ektiv tamoyil – psixik hodisalarni tashqi tomonlama anglashning turli tadqiqiy vositalari orqali kasbiy shakllanish belgilarini o‘rganishni nazarda tutuvchi tamoyil.Tadqiqiy metodlarning 2 ta turi mavjud;1. Longityud2. KesimliLongityud metodi – ma’lum kishilar guruhi yoki aniq kishilarning bir xil belgilariga ko‘ra psixik xususiyatlarini davomli va muntazam o‘rganishni nazarda tutadi. Kesimli metod – ma’lumotlarni tadqiqotda qatnashuvchilarning turli guruhlariga nisbatan taqqoslash xosdir. Bu metod orqali sinovdan o‘tayotgalarning ko‘p miqdorini qisqa vaqt ichida qamrab olishi mumkin. Kesimli tadqiqotlarni o‘tkazishda savol-javob usullari, testlar tajribalarkeng qo‘llaniladi. Longityud metodi – kasbiy shakllanishda individual yo‘lni o‘rganishga yordam beradi. Mazkur metod yordamida shaxsning obro‘ orttirishi uning faoliyatidagi turli xildagi tanqidiy holatlarini aniqlaydi.Psixologiyada qo‘llaniladigan tadqiqot usullari kelib chiqishiga ko‘ra umumpsixologik ko‘rinishga ega, lekin spetsifik xususiyatiga ega emas. Kasbiy psixologiya yosh psixologiyasiga yondosh ekanligini hisobga olsak, bu o‘z navbatida shakllanib bo‘lgan metodlarni o‘zlashtirishga olib keladi. Barcha tadqiqotlarda keng doirada metodlarni qo‘llash o‘ziga xos tadqiqiy metodlarni yaratilishiga olib keladi. Kasbiy psixologiya tadqiqot metodlarining tizimlanishi, ularning qo‘llanishi sohasini aniqlash shuningdek, sifat, xususiyatini ko‘rib chiqish zaruriyatini keltirib chiqaradi.Download 252.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling