Mustaqil ish Bajardi: Nig’monov Abduqodirxon


Maxsus qobiliyatlar testi


Download 252.55 Kb.
bet6/7
Sana05.04.2023
Hajmi252.55 Kb.
#1274121
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqil ish psixologiya

Maxsus qobiliyatlar testi asosan kasbiy tanlov uchun qo‘llaniladi. Ayniqsa, sensor qobiliyatlar diagnostikasi xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz. Ko‘pgina, kasblar sensor sohaning xususan ko‘rish va eshitishning yuqori darajada rivojlanishini talab qiladi. Vizual qobiliyatlar testi muhim kasbiy belgilarga bog‘liq holda ko‘rish o‘tkirligini, ranglarni farqlay olish va ularning ichki xususiyatlari o‘rtasidagi bog‘liqliklar darajasini aniqlaydi. Eng keng tarqalgan ko‘z o‘tkirligini aniqlab beruvchi test - sinovda ishtirok etayotgan sinaluvchilarga bosma harflar tasvirlangan jadval ko‘rsatiladi va tadqiqotchi tomonidan ko‘rsatilayotgan harflarni aniqlash kerak bo‘ladi.Eshitish qobiliyatlarini aniqlashda ovoz, signal ko‘p hollarda odam ovozi eshittiriladi. Chuqurroq o‘rganilishi maqsadida masalan, musiqiy eshitish qobiliyatini aniqlash testlari qo‘llaniladi. Harakat qobiliyatlarini diagnostika qilish-harakat reaksiyalarini tasvirlash va koordinata tezligini aniqlash maqsadida qo‘llaniladi. Bunday hollarda biz sensomotor diagnostikasini nazarda tutishimiz kerak, chunki aksariyat hollarda bu ko‘rish orqali bajariladi. Chet elda barmoqlar mahoratini, buyumlarni o‘ynata olish tezligi, qo‘l mustahkamligi, reaksiya vaqti, qo‘l harakatining tezligini tahlil etuvchi testlar keng tarqalgan. Motor testiga misol keltiramiz. Bunda tadqiqotda ishtirok etayotganlarning oldiga ikki seriyadan iborat bo‘lgan to‘g‘ri burchakli taxta qo‘yiladi. Har qaysi seriyasida 48 tadan teshik bo‘lib, seriyalardan biridagi teshiklar silindrli sterjenlar bilan to‘ldirilgan. Sinaluvchilarga imkon qadar sterjinlarni boshqa seriyalardagi teshiklarga olib o‘tish taklif qilinadi. Bunday tadqiqotda ishtirok etayotgan kishi ma’lum vaqt davomida ishning qancha qismini bajara olgani hisobga olinadi. Shuningdek, ishchilar kasbiy tanlovida texnik qobiliyatlar testi muhim o‘rin egallaydi. Texnik qobiliyatlar deganda – murakkab intellektual qobiliyatlar tushuniladi. Bu qobiliyatlar o‘z ichiga keng tasavvurlar, texnik salohiyat va sensomotor malakalarini qamrab oladi. Texnik qobiliyatlar testi – injenerlar, mexaniklarni kasbiy tanlovida keng doirada qo‘llaniladi. Bu borada A.A.Beknet va Minnesotski testlari keng tarqalgan. Maxsus qobiliyatlarning so‘nggi guruhiga A.Anastazi kasbiylashgan qobiliyatlarni kiritadi. Ularni o‘lchash uchun tuzilgan testlar faoliyatning ma’lum kasb sohasida shakllantiriladi. AQShda Minnisota shtatida konselariya testi keng ommalashgan bo‘lib, tartibni qabul qilish tezligi, ishbilarmonlik atamalar ro‘yxatini bilishi, eshitishi, xabardorlik, savodxonlik chiroyli nutqqa egalik kabi qobiliyatlarni aniqlab beradi.


Download 252.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling