Mustaqil ish Bajardi: Nig’monov Abduqodirxon
Download 252.55 Kb.
|
Mustaqil ish psixologiya
Genetik metodlar guruhi. Genetik metodlar uzoq vaqt davomida shaxs kasbiy rivojlanishining o‘zgarishlarini tadqiq etish uchun mo‘ljallangan. Kasb psixologiyada longityud metod, psixobiografiya, individning kasbiy shaklanishini monografik tasvirlash usullaridan keng foydalaniladi. Longityud metod – bir xil yoshdagi sinaluvchilarning ularni rivojlanishi jarayonini ko‘p marotabali tizimli ravishda o‘rganishdan iborat. Longityud metodi insonlardagi turli xususiyat va sifatlarni o‘rganish maqsadida yillar davomida o‘tkaziladi. Longityud metodi psixologiyada XX asrning 20-yillarida shakllana boshladi va asosan psixik genezisi va bolalar, yoshlar psixik bashoratini ilmiy jihatdan asoslab berish uchun qo‘llanilgan. Keyingi yillarda (20-30 yil davomida o‘tkazilgan) davomli longityud tadqiqotlari jarayonida deyarli qo‘llanilmagan.Longityud metod bir vaqtning o‘zida boshqa metodlarni qo‘llanilishini ham nazarda tutadi. Jumladan, kuzatish, savol-javoblar, test, psixografiya, praksimmetriya va hokazo. Longityud metodi yordamida olingan natijalar shaxsning yoshiga, ish stajiga, tadqiqot o‘tkazilgandagi ijtimoiy iqtisodiy sharoitlariga hamda kasbiy faoliyat turiga bog‘liq bo‘ladi. Longityud metodini kasbiy psixologiyada qo‘llash orqali shaxs kasbiy shakllanishining individual o‘zgarishlarini o‘rganish imkonini beradi shuningdek, kasbiy faoliyatda rivojlanish, obro‘-e’tibor qozonishning yo‘l-yo‘riq va vositalarini aniqlash imkonini beradi. Longityudni qo‘llashdagi qiyinchiliklardan biri sinovda ishtirok etayotganlarni tanlash hamda ularning sonining ko‘pligi va kamligida bilinadi. Keyingi muammo o‘lchovlar o‘rtasidagi oraliq masofalar hisoblanadi. Bu metod orqali insonlarda tadqiqotlar gohida bir yil ayrim vaqtlarda esa undan ham uzoq vaqtlar oralig‘ida o‘tkazilgan. Shaxsning kasbiy shakllanishini o‘rganishda tadqiqot intervali sifatida kasbiy rivojlanish fazalari va bosqichlarini ajratib olish mumkin. Longityud metodidagi muammolardan biri uning davriyligini belgilash bo‘lib, bunda u 5-yildan 50 yilgacha davom etishi mumkin. Klassik longityud sifatida 1928 yildan bugungi kungacha davom etib kelayotgan Kaliforniya longityudini misol sifatida keltirish mumkin. Longityud metodning kamchiligi uning davriyligidadir. Shaxsiy va kasbiy o‘zgarishlar tasodifiy yoki drammatik voqealarga bog‘liq bo‘lishi mumkin.Download 252.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling