Mustaqil ish Bajardi: Nig’monov Abduqodirxon


Download 252.55 Kb.
bet3/7
Sana05.04.2023
Hajmi252.55 Kb.
#1274121
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqil ish psixologiya

Biografik usul – shaxs hayot yo‘lini o‘rganish va loyihalashtirish usullari, hayotiy dasturlar, kasbiy rejalar, kasbiy shaxsiy shakllanishining ssenariylarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan. Biografik usullarga tarjimai hol, ma’lumotlarni o‘rganish, kasbiy mehnatdan qoniqish va boshqalarni kiritish mumkin. Kauzometriya – Ye.I.Golovaxa va A.A.Kromiklar tomonidan taklif etilgan usul bo‘lib, u shaxsning psixologik vaqti va hayotiy sub’ektiv holatlarini tahlilini tadqiq etish metodi hisoblanadi. Bu intervyu quyidagi jihatlarni o‘z ichiga oladi: biografik savol-javob, muhim voqealar ro‘yxatini tuzish, voqealarni keltirib chiqargan sabablarini aniqlash va boshqalardir. Intervyu natijalari kavzometriya shaklida tasvirlanadi. Kauzometriya kasbiy muammo va inqirozlarni yechish uchun qo‘llaniladi. Psixobiagrafiya –shaxslarning hayot yo‘lini psixologik o‘rganish metodi hisoblanadi. Avval psixobiografiya siyosatchilarining obro‘-e’tiborini, kishilarning individual kasbiy biografiyalarini o‘rganish maqsadida qo‘llanilgan. Kasb psixologiyada psixobiografiyani qo‘llash orqali shaxsning kasbiy maqsadlarining paydo bo‘lishi, kasbiy shakllanishdagi inqirozlar haqida qimmatli ma’lumotlarni olish imkonini beradi. Anamnez metod – bu insoning mehnat sub’ekti sifatida rivojlanish tarixi xaqidagi ma’lumotlarni yig‘adi. Bu usul Ye.A.Klimov tomonidan batafsil ko‘rib chiqilgan. Kasbiy anamnez mehnat motivlarini o‘rganish, tanqidiy voqealarni aniqlash, kasbiy faoliyatda obro‘-e’tibor qozonishni oldindan tashxis qilishda qo‘llaniladi. Anamneztik tadqiqot o‘z ichiga suhbat tizimini olgani uchun, suhbat metodiga qo‘yiladigan talablar bu usulga ham tadbiq etiladi. Praksimmetrik metodlar guruhi. Faoliyat mahsulotlari va jarayonlarini tahlil etish yo‘llari bo‘lib, unga B.G.Ananev xronometriya, profesiografiya, bajarilgan ishlar va buyumlar bahosini izohlashlarni kiritadi. Kasbiy psixologiyaning bu guruhidan quyidagi metodlar muhim ahamiyatga ega. Topshriqlar tahlili – bu kuzatilayotgan inson va uning yashirin kasbiy xulqining yo‘nalganligini psixologik jihatlarini tadqiq qilish metodidir. Topshiriqlarni tahlil etish metod F.Teylor tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, tasvirlash va tahlil etish maqsadida qo‘llanilgan.Topshiriqlarni tahlil etish hamda bajarilgan ishlarni tahlil etish metodi ham muhandislik psixologiyasida keng qo‘llaniladi.Ye.Mak-Kormik va uning kasbdoshlari metallurgiya sanoatiga xos bo‘lgan 250 ta kasb turlarini tahlil etish uchun faoliyatlar ro‘yxatini ishlab chiqishdi. Olingan ma’lumotlarni omilli tahlil qilish yo‘li bilan qayta ishlash orqali 14 ta omil ajratildi va bu omillar “pozitsion tahlil so‘rovnomasi”ni loyihalashtirishga asos bo‘ldi (RAQ).


Download 252.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling