Mustaqil ish Bajardi: Nig’monov Abduqodirxon


Download 252.55 Kb.
bet4/7
Sana05.04.2023
Hajmi252.55 Kb.
#1274121
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqil ish psixologiya

RAQ 187 elementdan iborat bo‘lib, ular mehnat xulqining asosiy shakllari hamda turli jihatlarini o‘z ichiga oladi. Ayrim jihatlarga tegishli misollarni keltiramiz: yozma topshiriqni ko‘rsatmasiga asoslangan holda bajarish, klaviaturadan foydalanish, konsultatsiyalarda qo‘l ostidagi ishchilar miqdori va boshqalar. RAQ metodi asosida to‘plangan ma’lumotlarni tahlil etishda tadqiqotchi har bir bo‘limlar bo‘yicha javoblarni oladi. Ta’kidlash kerakki, RAQ – topshiriqlar emas, balki bajarilgan ishlar tahlili metodi bo‘lib, ishchilarni tanlash muammosini hal etishda qo‘llaniladi. RAQ ishchilarni o‘qitish, malaka oshirish va ma’muriy jihatdan o‘zgarishlarida qo‘llaniladi. Kasbiy tahlilning yana bir muammosi kritik voqealar metoddir. Uning mohiyati shunda-ki, tadqiqotchi ishchining qoniqarsiz xulqini tasvirlaydi. Hujjatlarni o‘rganish – mehnat jarayoni ishchilar tarkibi, ularning kasbiy tayyorgarligi va malakasi to‘g‘risidagi ob’ektiv ma’lumotlarni yig‘ish metodi hisoblanadi. Bu ma’lumotlar quyidagi hujjatlardan olinadi: - Ishchilar harakatlarini tasvirlovchi texnologik kartalar, ishning bajarilish usullarini sifatiga quyiladigan talablar; - Insonga psixofiziologik va psixologik ta’sir ko‘rsatadigan asbob-uskunalarning texnik tavsifnomasi; - Yoshi, staji, ma’lumoti, kasbiy tayyorgarligi, kadrlar qo‘nimsizligi uning sabablari va hokazolar xaqidagi ma’lumotlar; - Ishlab chiqarishdagi avariyalar va travmalar shuningdek, ishchilar sog‘ligining holati to‘g‘risidagi ma’lumot. Mehnat metodi – bu kasbiy faoliyatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish joyida o‘rganishga qaratilgan tadqiqot metodidir. Kasbiy faoliyatni egallagan va bajaruvchisi sifatida psixolog ham tadqiqotchi ham ishchi sifatida faoliyat olib boradi. Har bir ish kunidan keyin standartlashgan sxema bo‘yicha bayonnoma to‘ldiriladi. Ish joyida tadqiqot olib borish usullari samaraliroq hisoblanadi. Tadqiqotchi standart kuzatish chizmasi asosida ishchining faoliyatini o‘rganadi. Bu usullarning afzalligi kasbiy realikka maksimal darajada yaqin bo‘lishidadir Kuzatish metodi tabiiy metodlar jumlasiga kirib, bunda tashqi kuzatuv mohiyatan kuzatiluvchi xulq-atvorini bevosita tashqaridan turib kuzatish orqali ma’lumotlar to‘plash usuli bo‘lsa, o‘z-o‘zini kuzatish esa odam o‘zida kechayotgan biror o‘zgarish yoki hodisani o‘zi o‘rganish maqsadida ma’lumotlar to‘plashdir. Erkin kuzatuvda ko‘pincha biror ijtimoiy hodisa yoki jarayonni o‘rganish maqsad qilib qo‘yiladi. Masalan, dars jarayonida ta’lim oluvchilarning u yoki bu mavzu yuzasidan umumiy munosabatlarini bilish uchun ham ba’zan erkin kuzatish tashkil etilishi mumkin. Standartlashtirilgan kuzatuv esa, buning aksi bo‘lib, nimani, qachon, kim va kimni kuzatish qat’iy belgilab olinadi va maxsus dastur asosida kuzatuv olib boriladi.


Download 252.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling