Mustaqil ish Bajardi: Nig’monov Abduqodirxon
Download 252.55 Kb.
|
Mustaqil ish psixologiya
Kasbiylashgan qobiliyatlarga shuningdek, badiiy, musiqaviy, tadqiqiy konstruktorlik, ishbilarmonlik, ijtimoiy va ijrochilik qobiliyatlari kiradi. Kasbiy yutuqlar testi faoliyatning ma’lum bir turini egallash darajasini o‘lchash yoki kasbiy tayyorgarlik natijalarini tashxis qilish maqsadida qo‘llaniladi. Yutuqlar testi sinovdagilarning ma’lum bilim, ko‘nikma va malakalarini egallanganlik darajasini aniqlab beradi. Iqtidor testlaridan farqli ravishda ular maxsus ta’lim dasturlarining kasbiy tayyorgarlikning ma’lum samaradorligiga, kasb egallashga bo‘lgan ta’sirini o‘lchaydi. Boshqacha qilib aytganda, yutuqlar testi asosan individning ta’lim yakunidagi so‘nggi muvaffaqiyatlarini baholashga yo‘naltirilgan. Insonlarda yutuqlar testining 3 ta shaklini qo‘llashadi: harakat testlari, yozma va og‘zaki testlar. Bu testlarda aniq kasbiy faoliyatda eng muhim bo‘lgan bir qator topshiriqlarni bajarish talab etiladi. Harakat testlari idoraviy kasblarda (texnik kotiba, mashinistka, stenografist va hokazolarda) keng qo‘llaniladi. Yutuqlarning yozma testlari maxsus bilimlar ya’ni, savodxonlik uchun muhim bo‘lgan kasblarda ishlatiladi. Mazkur testlar asosiy tushunchalar, mavzulardagi sinfiy belgilar, texnik tavsiflar, formulalarni o‘rganilganligini o‘lchashga yo‘naltirgan. Standartlashgan baholash shakli ob’ektiv harakatga ega bo‘lib, guruhiy ishlashga imkon beradi va ko‘p vaqtni talab etmaydi. Kasbiy yutuqlarning og‘zaki testlari – maxsus kasbiy bilimlarga tegishli bo‘lgan standartlashgan savollar seriyasidan iborat. Savollar kasbiy faoliyatni tahlil etish, malakali ishchilarni kuzatish va har qaysi savolning muhimliligi asosida tanlanadi. Yutuqlar testlarini kasbiy salohiyatni baholash maqsadida qo‘llanishi AQShda psixologlar attestatsiyasi tajribasidan ko‘rish mumkin. Yutuqlar testining keng tarqalishi ular mutaxassislarga, ishchi kasbiy tayyorgarlik darajasini aniqlash hamda shaxsda kasbiy tanlashni kuzatish va kasbiy yutuqlarni bashorat qilish imkonini beradi.Download 252.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling