Mustaqil ish Bajardi: Nig’monov Abduqodirxon
Download 252.55 Kb.
|
Mustaqil ish psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Psixometrik metodlar guruhi. Psixometriya
Psixologiyada guruhiy jarayonlarning shaxs xulq-atvoriga ta’sirini o‘rganish maqsadida bevosita ichkaridan kuzatuv tashkil qilinadi, bunda kuzatuvchi shaxs o‘sha guruh hayotiga tabiiy ravishda qo‘shiladi va zimdan kuzatish ishlarini olib boradi. Shu yo‘l bilan olingan ma’lumotlar bir tomondan tabiiyligi va mufassalligi bilan qimmatli bo‘lsa, ikkinchi tomondan, agar kuzatuvchida konformizm xislati kuchli bo‘lsa, o‘zi ham guruh hayotiga juda kirishib ketib, undagi ayrim hodisalarni sub’ektiv ravishda takrorlaydigan bo‘lib qolishi ham mumkin. Guruhiy fenomenlarni tashqaridan kuzatish buning aksi – ya’ni kuzatuvchi guruhga yoki kuzatilayotgan jarayonga nisbatan chetda bo‘ladi va faqat bevosita ko‘zi bilan ko‘rgan va eshitganlari asosida fikr-mulohaza yuritadi. Kuzatish metodining ijtimoiy hayot, professional ko‘rsatkichlarni qayd qilishda so‘zsiz afzalliklari bor, lekin shu bilan birga kuzatuvchining professional mahorati, kuzatuvchanligi, sabr-qanoatiga bog‘liq bo‘lgan jihatlar, yana to‘plangan ma’lumotlarni sub’ektiv ravishda tahlil qilish xavfi bo‘lgani uchun ham biroz noqulayliklari yuzaga kelishi mumkin. Shuningdek, tadqiqot jarayonida ba’zida turli hodisalar ko‘p uchraydi va kuzatilayotgan voqealarga aralashib ketadi. Ayrim vaziyatlarda esa sinovchilarga tadqiqot vazifalari haqida ma’lumot berishga to‘gri keladi, bu esa ularning kasbiy xulqi va faoliyatini suniy ravishda o‘zgartirishiga olib keladi. Kuzatuv metodi kamchiliklarini tartibga solish maqsadida 1973 yilda AQShda kuzatuv so‘rovi2 ishlab chiqiladi. Mazkur kuzatuv so‘rovining amerika va nemes standart variantlari kasbiy talablar, kvalifikatsiya, kasbiy qiziqish, mehnatdan qoniqish, ish joyi va tashkilotni tahlil qilish uchun ishlab chiqilib, u 194 savollardan iborat. Kuzatuv so‘rovining tadqiqot ob’ektlari 4 blokga bo‘lingan: 1) axborot to‘plash va qayta ishlash; 2) mehnatga oid harakatlarni bajarish; 3) shaxslararo va professional munosabatlar; 4) murakkab va maxsus mehnat sharoitlari.Psixometrik metodlar guruhi. Psixometriya-psixik voqea va hodisalarning miqdoriy tomonining nisbati va tavsiflarini o‘rganadi. Psixometriyaning muhim belgisi psixik jarayonlarning individual farqlar, empirik dalillar dinamikasini, parametrlarini o‘lchash texnologiyasining standartlashganligidir. Psixometriya ishonchliligi bilan ajralib turuvchi psixodiagnostik metodikalarini yaratishga yo‘naltirilgan. Psixometrik usullar tarkibiga psixologik test ham kiradi. Test – psixologik diagnostika metod bo‘lib, u ma’lum ma’noga ega bo‘lgan standart savol va masalalardan iborat. Test intellektual va maxsus qobiliyatlarini, shaxsning psixofiziologik xususiyatlari va sifatlarining rivojlanishini, kasbiy layoqatni aniqlash, kasbiy ekspertiza va reabilitatsiya shuningdek, kasbiy maslahatlar jarayonida qo‘llaniladi.Test o‘tkazish 3 bosqichga ajratiladi: - test, savolnomasini tanlash (tadqiqot masalasi bilan belgilanadi); - test o‘tkazishda etika normalariga rioya qilgan holda ko‘rsatmaga muvofiq tashkil etish; - olingan ma’lumotlarni qayta ishlash va natijalarni o‘rganish. Kasbiy psixologiyada maxsus qobiliyatlarning diagnostikasi va kasbiy yutuqlar muhim ahamiyat kasb etadi. An’anaviy intellektual testlar akademik qobiliyatlarni o‘rganishga qaratilgan. Vakant (bo‘sh) o‘rinlarga nomzodlarni kasbiy tanlovi uchun ishonchli usullarga bo‘lgan ehtiyoj psixologlarni maxsus qobiliyatlarni diagnostika qilish uchun test ishlab chiqildi. Ishlab chiqarishning turli sohalari ishchilarning oldiga o‘ziga xos talablarni qo‘yadi. Kasbiy tanlov, kasbiy maslahat, kadrlarni joylashuvi, vakant ishchi o‘rinlarini to‘ldirish maqsadida muhim kasbiy psixofiziologik xususiyatlar, psixologik sifatlar, kasbiy malakalarni aniqlash imkonini beruvchi testlar bo‘lishi lozim.Download 252.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling