Mustaqil ish bajardi: Nusratova Mahliyo
Download 16.16 Kb.
|
MUSTAQIL ISH 2 (1) [Автосохраненный]
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Ego" – bu "Men" degani!
"Id" doimo "Men" va "Super-men" bilan murosasiz jang olib boradi, chunki ular "Id"ni doimo nazorat qilishga intiladi-da. "Id" kuchli quvvatga ega bo'lsa-da, "Men" uni ong ostidan suzib chiqishiga yo'l qo'ymaydi. Shuning uchun ham "Id" tajovuzkordir. "Men" nazoratni to'la qo'lga olgunga qadar instinktlar go'yoki odamning hayot tarzini, yaʻni xulq-atvorini belgilab bergan. "Men"ning rivojlanishi odamning hayot tarzini o'zgartirib yubordi va uning xulq-atvorini nazorat ostiga oldi. Shunga qaramasdan, psixoanalitiklar "Id"ga odamning hayot tarzini belgilab beruvchi asosiy manba sifatida qarashadi. "Id" o'zgarmas, "Men" esa rivojlanib va o'zgarib boradi. "Ego" – bu "Men" degani! Odam boshqa jonzotlardan aql-zakovat, yaʻni ongning borligi bilan farq qiladi. Demak, ong "Men" demakdir. Agar odam faqat "Id»" qonuniyatlariga bo'ysunib yashaganida edi, uning hayot tarzi hayvonlarnikiga o'xshab qolardi. Vaholanki, odam faoliyati ongli jarayon ekan, u o'z xatti-harakatlarida ham, asosan, ongga tayanadi. Biroq bu xatti-harakatlarni "Id" belgilab beradi. Psixoanalitiklar odamni, aniqrog'i, uning ruhiyatini tirik hujayraga o'xshatishadi. Bunda hujayraning tashqi pardasi "Men" bo'lsa, uning ichki tarkibi "Id"dir. Hujayraning ichida moddalar almashinuvi natijasida katta energiya to'planadi va kuchli energiyaga ega bo'lgan "Id" tashqariga yorib chiqqisi keladi. Bunga esa hujayraning tashqi pardasi, yaʻni "Men" yo'l qo'ymaydi.Ong va ruhiyat (psixika). Ong psixik in’ikosning o’ziga xos, yuksak shaklidir. Ammo, bu psixika va ong tushunchalarini aynanlashtirish uchun asos bo’la olmaydi. Negaki, psixika hayvonlarga ham xosdir. Gap inson psixikasi haqida ketganda ham, u ong tushunchasiga nisbatan keng qamrovlilik kasb etishini unutmaslik lozim. Z. Freyd fikricha, psixika ongsizlik, ong osti hodisalarini va ongning o’zidan iborat uch qatlamdan tashkil topgan. Inson xayoti va faoliyatida ong bilan bir qatorda ongsizlik va ong osti hodisalari ham muhim ahamiyatga ega.Psixologlar fikricha, inson farzandining kamol topa borishi bilan bir qatorda ko’plab funksiyalar ong nazorati ostidan chiqib avtomatik harakter kasb etishi bilan harakterlanadi. Aytaylik, birinchi marta mashinaga o’tirganimizda, birinchi marta surat olayotganmizda deyarli barcha harakatlarimiz ongning qattiq nazorati ostida bo’ladi. Vaqt o’tishi bilan esa ko’pgina harakatlarni ongsiz tarzda, anglamagan holda bajara boshlaymiz.Download 16.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling