Mustaqil ish Fan: Iqlim o’zgarishi va ekologik moslashuv Mavzu: Biologik xilma-xillik va ekotizmda o`zgarishlar Bajardi
Biologik xilma – xillik tushunchasi
Download 0.77 Mb.
|
Biologik xilma-xillik va ekotizmda o`zgarishlar
Biologik xilma – xillik tushunchasi
Biologik xilma – xillik atamasi nisbatan yangi hisoblanadi. Bioxilma – xillik deganda sayyoramizdagi barcha tiriklikning xilma – xilligi yoki hayvonlar o`simliklar mikroorganizmlar, barcha genotiplar va ekotizmlarning xilma-xilligi. Biologik xilma-xillik ham jahon hamjamyati uchun, ham har bir davlat uchun muhum hayotiy manba hisoblanadi. U iqtisodiy faoliyatning va yashash uchun manba topishning asosida yotibdi. Uni saqlash va samarali foydalanish esa inqirozsiz rivojlanish uchun mutloqo zarurdir. Uni himoya qilish va qo`llab-quwatlash kelajak avlodlar ijtimoiy foniga hissa qo`shish bilan barobar, negaki hatto go`yo insonga mutlaqo foyda keltirmaydigan hayot shakllari ham hayot sharoitlarini o`zgartirishda muhim bo`lishi mumkin. Bioxilma-xillikning shunday yovvoyi va xonaka yoki madaniylashgan biologik turlari tarkibi oziq-ovqatlarning va ko`pgina dori-darmonlaming shuningdek, sanoat mahsulotlarining almashlab bo`lmaydigan yagona manbai hisoblanadi. AQSH kabi industirial rivojlangan davlatlar Yalpi Milliy Mahsulotning (YaMM) 4,5% ga yaqini faqatgina yovvoyi turlardan foydalanishdan oladi. Kam rivojlangan davlatlar uchun bu raqam ancha yuqori bo` lishi mumkin. Madaniy o`simliklar turlari va xonakilashgan hayvonlaming zamonaviy tijorat ahamyati ancha yuqori, masalan 0 `zbekistonda qishloq xo`jalik mahsulotlari YaMMning 45%ni tashkil etadi. Ayniqsa, kam rivojlangan davlatlar uchun bu borada ko`p daromad olish iqtisodiy ko`rsatkichlar bilan belgilanmasada, ular xalqlar uchun hayot kechirish manbai hisoblanadi. Misol uchun Ganada aholining 4/3 qismi uchun yovvoyi tabiat iste`mol qilinadigan oqsilning asosiy manbayi hisoblanadi, rivojlanayotgan davlatlardagi deyarli 80% kishilar uchun yovvoyi hayvonlar va o`simliklardan olinadigan an`anaviy dori-darmonlar sog`liqni saqlashning asosiy birinchi chora-tadbirlari hisoblanadi. Hattoki zamonaviy farmokopiya dori-darmonlaming 14 qismi tarkibida o`simIiklaming foydalaniladigan faol tarkibiy qismlari mavjud bo`lib undagi topilmagan imkoniyatlar foydali moddalaming kichik bir qismini tashkil etadi. Biologik xilma-xillik biosferani shakllantiradi, unda boshqa biologik turlar bilan birga inson ham istiqomat qiladi va yashovchanlik va muvaffaqiyat uning holatiga bog`liq 0 `tishmishda insoniyat faoliyati tabiat jarayonlari miqyosiga taqqoslanganda unchalik keng emas edi. Hozirgi vaziyat boshqacha bo`lib insoniyat XXI asrga yaqinlashgani sari yuz berayotgan iqlimiy o`zgarishlar, , cho`llanish, yer degratsiyasi va boshqa xavflar biz o`z kelajagimiz asosiga ham milliy darajada ham jahon miqyosida talofat yetkazayotganimizni ko`rsatmoqda Markaziy Osiyo mintaqasining noto`g`ri rivojlanishi oqibatida yuzaga kelgan Orol inqirozi bunday rivojlanish alohida mintaqalar ham umuman sayyoramiz uchun unchalik xavfli oqibatlarga olib kelishining yaqqol misolidir. Bioxilma – xillik uchta darajada tahlil qilinadi. Barcha turlarning xilma-xilligi-o`simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar va shu jumladan zamburug`lar. Genetik xilma-xillik tur ichida genetik materiallarning xilma-xilligi Ekotizmlar xilma-xilligi barcha landshaftlarning xilma-xilligi Yuqorida ko`rsatilgan darajalar bioxilma – xillik komponentlarini shakllantiradi. Biologik xilma – xillik bu jamiyatning iqtisodiy, ekologik va madaniy-estetik talablarni qondiradi. Hozirgi zamonda bioxilma – xillikga antropogen ta`siroti natijasida eksponensial kuchayib borayapti va bu jamiyatning barqaror rivojlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda. O`zbekiston Respublikasi «Biologik xilma-xillikni saqlash» Milliy strategiya va xarakat dasturi qabul qilib (1998), xalqaro hamjamiyat oldida o`zining milliy biologik resurslarini muhofaza qilish uchun javobgarligini e`lon kildi. O`zbekistonda saqlab qolingan to`qayli maydonlarda barpo qilingan uchta qo`riqxonaning biri - Zarafshon qo`riqxonasidir. U 1975 yilda tashkil etilgan bo`lib, uning maydoni Samarqand viloyatining Cho`pon-Ota tepaliklaridan boshlanib, Zarafshon daryosining o`ng qirg`ogi bo`ylab oqimga qarshi 47 kilometrga cho`zilgan. Eni esa 300-1500 metrlar oralig`ida. Qo`riqxonaning yer maydoni 2352 ga bo`lib, shundan 851 gektari o`rmon bilan qoplangan. Qo`riqxonaning tashkil etilishidan maqsad, yo`qolib borayotgan kenja tur - Zarafshon tillarang qirg`ovuli sonini ko`paytirish, qimmatbaho dorivor o`simlik hisoblangan chakandani hamda to`qay landshaftlarini himoyaga olishdan iborat. Zarafshon qo`riqxona biologik xilma-xilligini zamburug`lar, lishayniklar, mikroorganizmlar, o`simliklar, hayvonlarni o`z ichiga oladi Qo`riqxona hududida 300 ga yaqin o`simlik turlari mavjud bo`lib, shulardan 59 turi dorivor, 23 turi esa texnik o`simliklar hisoblanadi. Bular qirg`ajiyda, chakanda, echkitol, majnuntol, suvtol, yulg`un, qizil do`lana, jing`il va boshqalar. Nam yerlarda shirinmiya, qo`g`a, kendir qamishi va boshqalar uchraydi. Boychechak va sarvinjon o`simliklari o`zbekiston Respubiikasi "Qizil Kitob" iga kiritiigan. Qo`riqxonaning hayvonot olami xilma-xildir. Qo`riqxonada 30 tur sutemizuvchilar, 190 tur va kenja tur qushlar yashaydi. Sudralib yuruvchil;ar tarkibi 8 turni, suvda va quruqlikda yashovchilar esa 2 turni tashkil qiladi. Qo`riqxona xududidan o`tuvchi ko`p sonli kanallar va irmoqlardagi baliqlar 8 turdan iborat. Qalin chakandazorlarda tulki, chiyabo`ri, sahro va qamish mushuklari, tolay quyoni, jayra, bo`rsiq, tipratikan, qum sichqon va boshqalar yashaydi. Sudralib yuruvchilardan suv iloni, guldor chipor ilon, o`q ilon, chol toshbaqasi, sariq ilon va ko`pgina kaltakesak turlari mavjud. Zarafshon qo`riqxonasi ba`zida ornitologiya qo`riqxonasi deb ham atashadi, chunki uning asosiy faunasi qushlardan tashkil topgan. Qo`riqxonada uchraydigan 190 tur qushlardan 10 tasi doimiy yashaydi, 30 tur qushlar esa u yerda uya qurib yashaydi va ko`chadi, 36 tur qushlar u yerda qishlaydi, 108 turi uchib utish davrida doimiy ravishda qunim topadi va 6 turi esa ba`zida-ba`zida qunib o`tadi. Hozirgi vaqtda qo`riqxonada qo`riqlash rejimi tashkil qilingan, biotexnik tadbirlar o`tkazilmoqda , ilgari insonlar xo`jalik faoliyati ta`sirida buzilgan o`rmonlarning aloxida qismlari qisman o`z holiga tiklanmoqda. Lekin bu tadbirlar o`simliklar va hayvonot dunyosini saqlab qolish uchun yetarli bo`lmayyapti. Boshqa faqat qo`riqxonalari kabi Zarafshon qo`riqxonasida ham xududning qurishi sodir bo`lmoqda, bu esa daraxt va butalarning qurib qolishiga olib kelmoqda. Qo`riqxona tashkil qilinishiga qaramasdan antropogen xususiyatga ega bo`lgan salbiy omillar qirg`ovullarga hamon ta`sir qilishda davom etib kelyapdi. Jumladan, ular uya qo`rish va tuxum qo`yish davrida dalalarda mol boqishi, noqonuniy ovlash ayniqsa qo`riqlanadigan zonada va undan tashqarida ko`p ovlanadi, qirg`ovullar esa qo`riqxona xududidan tez-tez chiqib turadi. Kimyoviy preparatlarning jadal qo`llanilishi ayniqsa g`o`za deffolyatsiyasi davrida ko`plab qushlarning qirilib ketishiga olib keladi. Ba`zi yillarda xatto oziqa muhiti yetarli bo`lgan sharoitda ham chakanda va jiydalarning hosildorligi kam bo`lsa (qorli davrlarda uning asosiy qishki oziqasi) qirg`ovullarning noqulay qishlashiga olib keladi. Bu yillarda o`simlik zararkunandalarining ko`payishi natijasida bu o`simliklar hosildorligi kamaymoqda va bu oziqa muhitiga raqobat ko`chaymoqda. Ushbu ekologik muammolarni echish yullaridan biri va eng muhimi bu–ekologik–oqartuv ishlarni yulga quyishidir. Bu yuo`nalishining mohiyati ekologik ta`lim va tarbiyani, madaniyat rivojlantirishga jamiyatning ekologik ongini qayta qurishdek asosiy vazifani bajarish bulib xisoblanadi. Jamiyatning ekologik ongni har doim, insoniyat tarixiy rivojlanishining hamma bosqichlarida mavjud bo`lib, ma`lum vaqtda inson va tabiat urtasidagi o`zaro munosabatlar to`g`risidagi tushunchalarni ob`ektiv tarzda ifodalangan. Ekologik ongning aynan shu turi olimlarning fikricha odamlarning tabiat olami bilan o`zaro ta`siri xususiyatlarni aniqlangan. Yuqorida aytilganini inobatga olib xulosa qilish mumkin, Zarafshon qo`riqxonasi atrofidagi yashovchi aholining urtasida ekologik madaniyatni shakllantirish maqsadida ekologik ta`lim va tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish kerak. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling