OʻZBEKISTAON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ANGREN UNIVERSITETI
MUSTAQIL ISH
Fan: Iqtisodiyotda information-kommunikatsion texnologiyalar
MAVZU: MOBIL INTERNET TEXNOLOGIYALARI
BAJARDI: I-105 guruhi talabasi Saidova Nargiza
TEKSHIRDI: katta oʻqituvchi
Uralov Sirojiddin
Angren - 2023
Reja:
1. Internet tarmogʻi. Internetga bogʻlanish usullari. Internetda adres tushunchasi va uning turlari;
2. Web-saytlar va ularning turlari. Web-sahifa va uning tuzilishi. Web-brouzer dasturlari va ularning imkoniyatlari.
3. Internet tarmogʻi qidiruv tizimlari. Axborotlarni qidirish usullari. Internet axborot resurslari. Giperbogʻlanish. Domen tushunchasi. Internet xizmatlari.
4. Mobil internet texnologiyalari. Elektron pochta xizmati.
5. Pochta serverlari va mijozlar, qayd yozuvi va elektron pochta manzili.
Internet tushunchasi. Internet - bu yagona standart asosida faoliyat koʻrsatuvchi jahon global kompyuter tarmogʻidir. Uning nomi ikki xil talqin qilinadi, ya’ni “International Network” – xalqaro tarmoq va “Interconnected networks” «tarmoqlararo» degan ma’noni anglatadi. U mahalliy (lokal) kompyuter tarmoqlarni birlashtiruvchi axborot tizimi bo’lib, oʻzining alohida axborot maydoniga ega boʻlgan virtual toʻplamdan tashkil topadi.
Internet tarmogʻi, unga ulangan barcha kompyuterlarning o’zaro ma’lumotlar almashish imkoniyatini yaratib beradi. Internet tarmog’ining har bir mijozi o’zining shaxsiy kompyuteri orqali boshqa shahar yoki mamlakatga axborot uzatishi mumkin. Masalan, Vashingtondagi Kongress kutubxonasi katalogini ko’rib chiqish, Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyining oxirgi ko’rgazmasiga qo’yilgan suratlar bilan tanishish, xalqaro anjumanlarda ishtirok etish, bank muomalalarini amalga oshirishi va hatto boshqa mamlakatlarda istiqomat qiluvchi Internet tarmog’i mijozlari bilan shaxmat o’ynash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |