Mustaqil ish Fan: Restovratsiya ishlari metodologiyasi


Download 0.56 Mb.
bet4/6
Sana14.12.2022
Hajmi0.56 Mb.
#1001185
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Botirov Davron 104-19

Mir Arab madrasasi
Mir Arab madrasasi qariyb besh asrdan buyon Sharqu G’arbga ilm nurini taratishdek ezgu yo’lda hizmat qilmoqda.
Tarixiy manbalarda madrasa 111 hujradan iboratligi koʻrsatilgan. Biroq hozirgi mualliflar hujralar sonini Qurʼon suralariga muvofiq 114 ta hujra deya axborot berishmoqda.
Madrasaning umumiy tarhi 68,5x51,8 m, hovli 35,4x31,3 m, darsxona 8x8 m. Hovlisi toʻrtburchak shaklida boʻlib, atrofini oldi ravokli, ikki oshyonli 114 hujra oʻrab turadi. Tomonlar oʻrtasidagi 4 baland peshtokli darsxona — ayvon hovli mahobatini oshiradi. Tuzilishi jihatidan naqshinkor jan. peshtoqning dastlabki qiyofasi saqlanib qolgan, bu naqshlarning tarkibiy qismida yulduzsimon bezaklar uchraydi. Undagi bezaklarning saqlanib qolgan ayrim parchalaridan naqshlar gʻoyat nafis va nozik boʻlganligini bilish mumkin.
Miri Arab madrasasi bugungi kunda Kalon masjidi va minorasini hamda Amir Olimxon madrasasini o‘z ichiga olgan Poyi-Kalon me’moriy ansamblining bir qismidir. Madrasaning old qismi Kalon minorasi tomonga qaragan. Madrasaga kiraverish ulug‘vor va chuqur bezatilgan peshhtoq bilan bezatilgan, o‘zining old tomonida ulkan minoralari joylashgan.

Mir Arab madrasasi har doim islomiy ma’naviy ta’lim markazi hisoblangan; uning devorlarida butun islom olamining taniqli ruhiy arboblari va muftiylari o‘qigan. Madrasa faoliyati 1920-yilda Buxoro amirligi bolsheviklar tomonidan qo‘lga kiritilganda to‘xtatildi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng sovet hukumati dinga munosabatini o‘zgartirib, asta-sekin ma’naviyat institutlarini ochishga kirishdi..

  • Mir Arab madrasasi har doim islomiy ma’naviy ta’lim markazi hisoblangan; uning devorlarida butun islom olamining taniqli ruhiy arboblari va muftiylari o‘qigan. Madrasa faoliyati 1920-yilda Buxoro amirligi bolsheviklar tomonidan qo‘lga kiritilganda to‘xtatildi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng sovet hukumati dinga munosabatini o‘zgartirib, asta-sekin ma’naviyat institutlarini ochishga kirishdi..

 Pahlavon Mahmud maqbarasi
Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (18101913). Maqbara majmuasining umumiy hajmi 50x30 m boʻlib, dastlab Pahlavon Mahmud qabri ustiga 1664-yilda moʻʼjaz sinchkori imorat qurilganDarvozaxona eshigidagi yozuvga koʻra, P. Pahlavon Mahmud majmuasining qurilish sanasi 1701 yilda Shohniyozxon qurdirgan vaqtdan hisoblanadi. 182535 yillarda uning oʻrnida gʻishtin toqu ravoqli serhasham maqba-ra (17,5x25,5 m), ziyoratxona (9X9 m) va xonaqoh (4x4 m) qad koʻtargan. Keyinroq Xiva xonlari (Abulgʻozixon1643— 63; Shohniyozxon, 16951702Muhammad Rahimxon I1807— 26Temurgʻozixon185758 va boshqalar) ham shu yerga dafn etilgan. 1913 yilda usta Qurbonniyoz boshchiligida hovlining gʻarb tomoniga ikki oshyonli qorixona, qarshisiga oʻymakori ustunli ayvon qurilgan. Majmuaga jan. tomondagi darvozaxona orqali kiriladi, ichkari sahniga gʻisht terilgan. Chetida quduq, kichik hovli qarshisida pesh-tokli honakohmaqbara, oʻngda ayvon, soʻlda supa va qorixona joylashgan. Xonakoh peshtogʻidagi gʻishtlar orasida sirkor bandlar bogʻlangan, ikki chekkasidagi guldasta morpech shaklida. Gumbazning naqshin bezaklari, asosan, moviy rang sirli sopollardan terilgan. Bino ichkarisi nafis bezatilgan. Uning izorasidan tortib gumbazli qub-basigacha oq va moviy naqshli.
Bezaklar orasidagi kitobaga Paxlavon Mahmud ruboiylari bitilgan. Xonaqohning gʻarbiy eshigi orqali ziyoratxonaga oʻtiladi. Unda Pahlavon Mahmudning sirkor sagʻanasi joylashgan. P.Pahlavon Mahmud majmuasidagi asosiy binolar Odina Muhammad Murod boshchiligida qurilgan. Bezaklarini Mulla Nurmuhammad K,alan-dar oʻgʻli, Soʻfimuhammad Abdujabbor oʻgʻli va Abdulla "jin"lar bajargan. Ziyoratxona eshigi (1810), tashqari eshik (1894) usta Nurmuhammad tomonidan ishlangan. 1960 yilda usta Roʻzimat Masharipov ishtirokida qorixona va ayvon taʼmir etilgan. P.Pahlavon Mahmud majmuasida 19-asr Xiva meʼmorligi us-lubi yorqin namoyon boʻlgan.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling