Mustaqil ish Fan: Restovratsiya ishlari metodologiyasi


Yurtimizdagi noyob obidalar. Registon


Download 0.56 Mb.
bet3/6
Sana14.12.2022
Hajmi0.56 Mb.
#1001185
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Botirov Davron 104-19

2. Yurtimizdagi noyob obidalar. Registon
Qadimiy Samarqand shahrining rasmiy markazi Registon maydoni boʻlib, bu yerda uchta madrasa qad koʻtargan: Ulugʻbek, Sherdor va Tillakori madrasalari. Registon — qadimiy ilm, taʼlim muassasalari joylashgan joy boʻlib, sharqdagi shahar qurilishi sanʼatining eng koʻzga koʻrinarli namunalaridan biri hisoblanadi. U haqda Temuriylar faxr bilan: „Kim bizning kuch-qudratimizga shubha qilsa, kelib biz qurgan binolarni koʻrsin“, deganlar. 2001-yilda bu uch madrasa UNESCOning butun dunyo yodgorliklari roʻyxatiga kiritilgan.
Registon maydoni- tarixda shaharning ilm-fan, siyosat va diniy markazi bo’lgan. “Registon ” so’zi “qumloq joy” degan ma’noni anglatadi. Oʻrta asrlarda hamma katta shaharlarda markazlar “Registon” deb atalar edi. Shu nomdagi maydonlar BuxoroShahrisabz va Toshkentda ham bo’lgan. Samarqanddagi maydon esa Markaziy Osiyodagi eng mahobatli va tahsinga sazovor maydonlardan biri edi. Bu maydonda bir necha ming yillik tarix mujassam. Amir Temur hukmronligi davrida Registon Samarqandning markaziga aylantirildi. Ulug’bek davrida esa maydon bundan ham muhimroq ahamiyatga ega bo’ldi. Zamonaviy Registon ansambli o’zida Ulug’bek, Sherdor va Tillakori madrasalarini mujassam etadi.
Zamonaviy Registon ansambli o’zida Ulug’bek madrasasi (1417-1420), Sherdor madrasasi(1619-1636) va Tillakori masjid-madrasasini (1647-1660) mujassam etadi.Registonning janubiy tomonida xalq orasida “Childuxtaron” deb atalmish xonaqoh va maqbaralar joylashgan edi. Ularni Ko’chkunjihon (1527-1530) qurdirgan edi va Tillakori madrasasiga qo’sh qilib bunyod etilgan edi. U 1904-yilgi zilziladan so’ng xarobaga aylanib, 1910-yili butunlay buzilgan va o’rni maydon bo’lib qolgan. 100 yil orasida oxirgi ko’rinishini olgan bu Registonni ko’rish ishtiyoqida butun dunyo sayyohlari tashrif buyurishadi.
Oqsaroy
Tarixiy kitoblarda bitilishicha, ushbu mahobatli inshootni qurish uchun (1380—1404 yy.) yigirma yildan ziyod vaqt ketgan ekan. Ispan elchisi Rui Gonsales de Klavixo Oqsaroy haqidagi xotiralarida «Saroyning kirish yo‘li juda uzun va darvozasi ham juda baland. Katta darvozalardan so‘ng yana boshqa darvoza bor... Hovli o‘rtasida katta hovuz bo‘lib, hovlining eni uch yuz qadam. Hovli orqali saroyning eng katta binosiga o‘tiladi. Bu binoga kirishda ham juda katta baland eshik bo‘lib, u oltin, lojuvard va koshinlar bilan mohirona bezatilgan... Bu eshik orqali to‘rt burchak shakldagi qabulxonaga kiriladi... Bu yerdan elchilarni yuqori qavatlarga olib chiqadilar. Bu yerda xonalar shunchalar ko‘pki, ularni birdaniga tasvirlashning iloji yo‘q. Saroydagi bezash ishlarning barchasi oltin va qimmatbaho toshlardan qilinganki, bunga hatto Parijning ustalari ham qoyil qolishi mumkin...», deb yozgan.
Buyuk sohibqiron Amir Temur tomonidan bunyod ettirilgan ushbu mahobatli saroyning balandligi 70 metr bo‘lgan. Hozirgi kunda ushbu tarixiy majmuadan o‘tmish dolg‘alari natijasida balandligi 38 metrga teng ikkita bino qoldiqlari qolgan, xolos. Qashqadaryoga borgan har bir sayyoh Amir Temur davlatining salobatidan darak beruvchi Oqsaroyni ko‘rmasdan qaytmasligi kerak, deb hisoblaymiz.
Buyuk sohibqiron Amir Temur tomonidan bunyod ettirilgan ushbu mahobatli saroyning balandligi 70 metr bo‘lgan. Hozirgi kunda ushbu tarixiy majmuadan o‘tmish dolg‘alari natijasida balandligi 38 metrga teng ikkita bino qoldiqlari qolgan, xolos. Qashqadaryoga borgan har bir sayyoh Amir Temur davlatining salobatidan darak beruvchi Oqsaroyni ko‘rmasdan qaytmasligi kerak, deb hisoblaymiz.a

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling