Mustaqil ish Guruh- 313. Hasanova Mashhura. Mavzu: Organizm rivojlanishiga irsiyat va muhitning ta’siri. Akseleratsiya,retardatsiya


Download 45.1 Kb.
bet3/7
Sana23.12.2022
Hajmi45.1 Kb.
#1046400
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqil ish 1

A kseleratsiya sabablari. 
Akseleratsiya sabablariga nisbatan 
hozirgacha umumiy ravishda qabul qilingan biror fikr shakllanma- 
gan.
Ko'pchilik olim larning fikricha rivojlanishning barcha o ‘zga- 
rishlarida asosiy aniqlovchi rolni oziqlanishning 
0
‘zgarishi deb 
hisoblaydilar. Buni esa to ‘la qimmatli oqsillar va natural yog‘lar- 
ni aholi jo n boshiga iste’mol qilishni ortishiga b o g ‘laydilar, shu­
lar qatoriga sabzavot va mevalarni yil davom ida doim iy ravishda 
iste’mol qilinishini, ona va bola organizmini vham inlanishini or­
tishini qo‘shdilar.
Akseleratsiyaning gameogenli nazariyasi bola organizmiga 
quyosh nurlarining ta ’sir ko‘rsatishiga jiddiy o ‘rin berilgan, ho­
zirda bolalar quyosh radiatsiyalari ta’siriga ko‘proq uchramoqda. 
Akseleratsiya jarayoni shimoliy mamlakatlarda, janubiy mamlakat- 
lardagiga qaraganda bir xil tezlikda borayotganligi hisobga olinsa, 
yuqorida qayd qilingan fikr unchalik ham ishonarli chiqmaydi.
Kam dozadagi ionlantiruvchi nurlanishni organizm uchun 
stimullovchi xususiyatga ega ekanligi haqida ham m a’lumotlar bor.
Oziqlanishning yaxshilanishi bilan bir qatorda tibbiyotning 
umumiy yutug‘i bilan bog‘liq bo‘lgan chaqaloqlik va bolalikda ka- 
sallanishlarning umumiy pasayishini ham asosiy sabablardan biri 
deb hisoblaydilar.
Fan va texnikaning rivojlanishi odamlar organizmiga ko‘plab 
yangi omillarning ta ’sirini yuzaga chiqishiga olib keldi, ya’ni ushbu 
omillarning xususiyatlari va ta’siri amalda haligacha to ‘liq aniqlan- 
magan (bu yerda gap sanoatda, qishloq xo‘jaligida qo ‘llanilayotgan 
kimyoviy moddalar, dorivor vositalar va boshqalar haqida bormoq- 
da).
Ayrim mualliflar akseleratsiyaga tarbiyalash va o‘qitishning 
yangi shakllari va usullari, ilgarigiga nisbatan doimimy va tez-tez 
o‘g‘il va qizlar o‘rtasidagi muloqot, sport, jismoniy madaniyatlarga 
jiddiy e ’tibor berilmoqda.
Shahar hayotining ta ’sir tempining qo‘zg‘atuvchanlik xususiya­
tini ham akseleratsiya bilan bog‘lamoqdalar. Bunga keng miqyos-
33

dagi sun’iy yoritisli (reklamalarni ham qo'shib), radio va teiev zion 


stansiyaiami ishiashi paytida yuzaga keluvchi elektromaj nitli 
toiqinlarning stimullovchi ta ’siri shaharning va harakatlami v'chi 
transportlar shovqini, radio, kino va televideniyelarning inte lek- 
tual va seksual rivojlanishlarning erta boshlanishiga ta’siri.
Akseleratsiyaning kelib chiqish sabablarini genetik jiha dan 
izohlash uchun izlanishlar olib borilmoqda. Yevropa, Amerik; va 
Osiyoning iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarida te?inik 
progressning katta shaharlarda aholining konsentratsiyalaniilhi- 
ga olib keldi. Transport va aloqani rivojlanishi ilgari juda uioq 
b o ig a n masofalar yaqin b o id i. Turmushga chiqish, ya’ni oila |u -
rish geografyasi kengaydi, genetik jihatdan izolatsiyalar buzilmAq- 
da. Bu esa, o‘z navbatida, irsiyatning o'zgarishi uchun qulay imkpn 
yaratmoqda. Yosh avlod ota-onasidan bo'yi jihatidan uzun va elta 
yetiladi. Ko'plab mamlakatlarda olib borilgan tadqiqiotlar shuni 
ko'rsatdiki, yaxshi ta ’minlangan oilalarning bolalarida jinsiy ye|;i- 
lishi tabiiy muddatidan ancha oldin boshlanadi.
Akseleratsiya muammosi qanchalik munozarali bo'lishidanqa^’i 
nazar, faqat bir narsa aniq, u ham bo'lsa, uning aniq ko'rsatkichlar- 
ga ega ekanligidir. Bu yerda gap mebelning, poyabzalning yoki k|- 
yim-kechaklarning standartlarining o'zgarishi haqida borayotgaiji 
yo'q, aksincha, bola va o'smirlarning tashqi muhit shart-sharoi 
lari ta’siri ostida antropometrik ko'rsatkichlarni o'zgarishi haqid 
boradi, shu sababli akseleratsiya o'quv-tarbiyaviy jarayonlarn 
mehnat va dam olish tartiblarini tashkil qilishda hisobga olinish| 
zarur; u esa, o'z navbatida, turli yosh davrlarida tarbiyaning shak 
va usullarini jiddiy darajada o'zgarishiga olib keladi. Bolalar jui 
erta jismoniy yetilsalarda, ish bajarash qobiliyati ularning jismoni 
yetilishidan orqada qoladi; ko'pgina m a’lumotlarning ko'rsatishi-' 
cha ijtimoiy yetilish bolalaming jismoniy rivojlanishi singari o'sha 
masshtabda akseleratsiyalanmaydi. Akseleratsiya bilang bog'liq 
holda o'quvchilarni jinsiy tarbiyalash muammosi muhim dolzarb- 
likni oladi.
34

Bolaning organizmi tinim siz o ‘sadi va rivojlanadi. Ontogenez 


jarayonida maxsus anatom ik va funksional xususiyatlar yuzaga ke­
ladi va ular yoshga oid yoki xos b o ig a n o'zgarishlar deb ataladi. 
Shunga mos holda, odam ning hayot sikli davrlarga yoki bosqichlar- 
ga bo iinishi mumkin. Bu davrlar orasida aniq bir chegara y o 'q va 
ular jiddiy darajada shartlidir.
Ammo bu davrlarni qismlarga b o ‘lish zarur, chunki bir vaqtda
lekin turli biologik yosh bilan tug‘ilgan bolalar sport va mehnat yuk- 
lamalariga turlicha reaksiya qiladi, bu paytda ulam ing ish qobiliya­
ti yuqori yoki past b o 'lish i mumkin, bu esa, o 'z navbatida, m aktab­
dagi o'quv-tarbiyaviy jarayonlarni, uni o 'rab turgan atrof-muhitni 
tashkil qilishning am aliy muammolarini yechish uchun muhimdir.
Pasportda ko'rsatilgan yoshdan farqli o'laroq, yoshlar orasidagi 
interval bir yilga teng bo'lganida, odamning biologik yoshi (yoki 
anatomo-fiziologik yosh) odam hayotining bir necha yilini qam­
rab oladi, ya’ni bu muddat ichida ma’lum biologik o'zgarishlar yuz 
beradi.
Yoshning davrlarga b o ‘lishda qanaqa va qaysi mezonlar asos 
qilib olinadi? Bu muammo bo‘yicha bironta ham u yoki bu dara­
jada kelishilgan fikr yo'q. Ayrim tadqiqotchilar davrlarga bo'lish 
uchun asos qilib jinsiy bezlaming yetilishini, to'qim a va a ’zolar­
ning o'sish tezligini va tabaqalanishini olsalar, ayrimlari esa skelet- 
ni yetilish (suyaklar yoshi), ya’ni rentgenologik y o 'l bilan skeletda- 
gi suyaklanish nuqtalarini va suyaklami harakatsiz birikishi bosh- 
lanishini aniqlashdan foydalanish yoki qo'llashni tavsiya qiladilar. 
Davrlarga bo'lislining mezoni sifatida markaziy asab tizimining 
rivojlanishini, jumladan, bosh miya po'stlog'ining rivojlanish da­
rajasidan ham ko'rsatkich sifatida foydalanish mumkinligini ilgari 
suradilar.
Rubner o ‘zining «yuzaning energetik qoidasi» nazariyasida 
mezon sifatida turli yosh davrlarida energetik jarayonlarning xu­
susiyatlaridan foydalanishni tavsiya etdi. Ayrim hollarda yoshni

Download 45.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling