Mustaqil ish. Lapasov Javlon Mavzu: O’rta osiyodagi temuriylar davrigacha bo’lgan iqtisodiy ta’limotlar reja: «Buyuk ipak yo’li»


Download 316.5 Kb.
bet1/6
Sana26.02.2023
Hajmi316.5 Kb.
#1233809
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
iqtisod mustaqil ish


MUSTAQIL ISH. Lapasov Javlon


Mavzu: O’rta osiyodagi temuriylar davrigacha bo’lgan iqtisodiy ta’limotlar
REJA:

  1. «Buyuk ipak yo’li»ning Markaziy Osiyoda iqtisodiy munosabatlar rivojlanishidagi o’rni.

  2. O’rta Osiyodagi iqtisodiy g’oyalar:

  1. A.Forobiy va Abu Rayhon Beruniyning iqtisodiy fikrlari.

  2. Ibn Sinoning iqtisodiy qarashlari.

  3. Yusuf Xos Hojibning iqtisodiy fikrlari.

1. «Buyuk ipak yo’li»ning Markaziy Osiyoda iqtisodiy munosabatlar rivojlanishidagi o’rni.

Xitoy, Hindiston, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, Evropa davlatlarini bog’lovchi qadimgi savdo yo’li - Buyuk ipak yo’lidir. Bu yo’l orqali asosan ipak eksport qilinganligi sababli «Ipak yo’li» nomi bilan shuhrat qozongan. Bu yo’l m.a. II asrdan to milodiy XV asrgacha, suv yo’llari rivojlanguncha Xitoy, Hindiston, Markaziy Osiyo, Eron, Yaqin Sharq hamda O’rta Er dengizi mamlakatlari o’rtasidagi savdo-sotiq va madaniy aloqalarning rivojida muhim rol ’ynagan.


Manbalarga qaraganda, Sariq dengiz qirg’oqlaridan Xuanxe daryosidagi Sian shahridan boshlangan dastlabki yo’l Lanchjou orqali Dunxuanga kelgan (Xutan), u erda ikkiga ajralib, biri shimoli-g’arbga ikkinchisi janubi-sharqqa yo’nalgan. Karvon yo’lining umumiy uzunligi 12 ming chaqirim atrofida bo’lgan. i.
Shimoliy yo’l Turfon orqali Tarim vohasiga va bu erdan qashg’ar Dovon (Farg’ona vodiysi) ga borgan. U erdan So’g’dning markazi Samarqand va Marg’iyona (Marv) ga yo’nalgan. Ipak yo’li Farg’ona vodiysida yana juft tarmoqqa bo’lingan. Janubiy qismi O’zgandan O’sh, Quva, Marg’ilon, Qo’qon orqali Xo’jand, Samarqand, Buxoro sari uzaygan. Keyingisi Axsi (Andijon) va Qamchiq dovonidan o’tib, Iloq vohasi hamda Toshkent tarafga engan. Demak, qamchiq tarixiy yo’lning uzviy bo’lagi hisoblangan. Bu yo’l Sharq va G’arbni turli jabhalarda bog’lovchi yo’ldir (savdo-sotiq, diplomatiya, madaniyat va boshqalar).
Shu karvon yo’l orqali Xitoydan ipak, xitoyga esa har xil gazlamalar, gilam va poloslar, oyna, metall, zeb-ziynat buyumlari, qimmatbaho tosh va dorivorlar keltirilgan
XV-XVI asrlardan bu yo’lning ahamiyati ancha pasaydi, ammo Markaziy Osiyo respublikalarining siyosiy mustaqillikka erishuvi tufayli, bu yo’lni yanada jonlantirishga katta ehtiyoj tug’ildi. Xitoy, Qirg’iziston, O’zbekiston, Turkmaniston, Kaspiy dengizi orqali Ozarbayjon, Qora dengiz orqali Evropa (Parij, Rotterdam) ga etkazuvchi yo’l loyixasi ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda.
Endi esa, moziyga qaytib, O’rta Osiyoning Buyuk ipak yo’li o’rni va eksport potentsialiga e’tiborni qarasak. Markaziy Osiyoga, xususan, hozirgi O’zbekiston hududiga qiziqish avvaldan ma’lum va bu har tomonlama (siyosiy, iqtisodiy jihatdan) ahamiyatli bo’lgan. Tarixiy va hozirgi ma’lumotlarga ko’ra, bu hudud, er, suv, iqlim, tabiati, geografik o’rni, qazilma boyliklari, hayvonot dunyosi jihatidan ajralib turgan. Aholining mehnatsevarligi, mirishkorligi, bunyodkorligi, kasb-hunarga mehr qo’yganligi va ijodkorligi muhim ahamiyatga ega.
Hudud zaminida turli-tuman boyliklar, ayniqsa oltin, kumush, boshqa rangli metallar va javohirlarning mavjudligi hamda serobligi shu soha hunarmandchiligi rivojida hal qiluvchi rol o’ynaydi.
Shu sababli bilim, ilm makoni bo’lgan kitob savdo-sotig’i etakchi o’rinni egallagan. Hozirgi davrda ko’plab taniqli mutafakkirlarimizning asarlari xorij davlati kutubxonalardan topilmoqda va o’z vatani O’zbekistonga qaytarilmoqda. Bu shundan dalolat beradiki, o’z davrida kitob savdosi Buyuk ipak yo’lining asosiy faoliyatidan biri bo’lgan hamda bu erdan chetga ko’plab ilm va san’at asarlari chiqarilgan.
Mamlakatimizda qishloq xo’jaligida paxta etishtirish va paxtadan olinadigan mahsulot asosiy o’rinda turgan. Polizchilik (ayniqsa, qovunchilik), bog’dorchilik (uzum) yaxshi rivojlangan. Agar bizga ipak etishtirish Xitoydan kirib kelgan bo’lsa, xitoyliklar bizdan zotli otlar sotib olgan, uzum va beda etishtirishni o’rganishgan.



Download 316.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling