Mustaqil ish. Lapasov Javlon Mavzu: O’rta osiyodagi temuriylar davrigacha bo’lgan iqtisodiy ta’limotlar reja: «Buyuk ipak yo’li»


Download 316.5 Kb.
bet2/6
Sana26.02.2023
Hajmi316.5 Kb.
#1233809
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
iqtisod mustaqil ish

Abu Nasr Farobiy (870–950)
Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda, bir karvonda 500-1000 tagacha odam, ot, tuya, boshqa ulovlar, savdogarlar bilan birga diplomatlar, elchilar, xajga boruvchilar, harbiy qo’riqchilar bo’lgan. Butun yo’l boshidan-oxirigacha 120-150 kun davomida bosib o’tilgan.


2. O’rta Osiyodagi iqtisodiy g’oyalar
O’rta Osiyo Evropani Osiyo bilan bog’lovchi yirik moddiy-madaniy va savdo markaziga aylandi. Bu jarayonlar bir-biridan minglab chaqirim uzoqlikdagi davlatlar, xalqlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni shakllantirdi. Axir, Osiyodagi va Evropadagi tovarlarga bo’lgan talab va taklifni (bozorning asosiy unsurlarini) yaxshi bilmay turib, uzoq va xatarli yo’lga chiqish mumkinmidi, katta karvonlarni tog’u toshlardan , qum cho’llardan olib o’tish osonmidi, buning uchun ma’lum qoidalarga, amallarga tayanib ish ko’rish kerak bo’ldi. Evropaga qancha va qaysi tovarlarni olib borish, u erdan nima olib qaytish, karvon yo’lidagi davlatlar, xalqlar talab-etiyojini yaxshi bilish talab etilgan. Oqibatda turli bilim sohalari, matematika (al-jabr), geometriya (xandasa), astronomiya (falakiyot ) va boshqa ko’pgina fanlar rivojlandi. Bu davrda butun dunyoga tanilgan Xorazmiy , Farg’oniy, Ibn Sino, Ibn Ro’shd, Yusuf Xos Hojib, Nizomulmulk va boshqa ko’plab mutafikkirlar yashab, ijod qilishdi. Ularning asarlarida muhim iqtisodiy g’oyalar ham o’z aksini topgan. Sharq uyg’onishi davridagi olimlar shu davrdagi tijorat, mulkdorlik sirlarini bayon etganlar. Ularning ko’plari hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini saqlab kelmoqda.


A.Forobiyning iqtisodiy fikrlari.
O’rta asr davrida ilg’or iqtisodiy fikrlarni ilgari surgan buyuk mutafakkirlardan biri, Aristotelning izdoshi, uning asarlarini tahlil qilgan «ikkinchi muallim» Abu Nasr Farobiy (870–950) hisoblanadi. U ko’p qirrali olim bo’lib, o’z bilimini oshirish yo’lida tinmay mehnat qilgan, qaysi yurtda mashhur olim borligini eshitishi bilan, suhbatlashib undan saboq olish uchun yo’lga chiqqan.
Forobiy bir asarni bir marta o’qib tushunolmasa, uni qayta-qayta o’qirdi. Aristotelning «Jon haqida» asarining Forobiy o’qigan nusxasi topilgan bo’lib, kitob chetiga uning tomonidan «Men bu kitobni yuz marta o’qidim», boshqa bir kitobda esa «Bu kitobni qirq marta o’qidim, lekin yana o’qishim kerak», deb yozilgan. Forobiy Aristotel asarlarini o’qib o’rganish bilan birga, ularga sharhlar ham yozgan. Buyuk alloma Ibn Sino Aristotelning «Metafizika» asarini Forobiy yozgan sharhlar yordami bilangina to’liq tushunganligi haqida yozgan.
Farobiy bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan moddiy ehtiyojlar to’g’risida ta’limot yaratdi. Uning fikricha, odamlarning ehtiyoji jamiyat shakllanishining asosiy sababidir. «Tabiatan har bir odam shunday yaralganki, u yashashi va kamol topishi uchun ko’p narsalarga ehtiyoj sezadi. Ularni u bir o’zi topa olmaydi va ularga erishish uchun kishilar jamoasiga muhtoj bo’ladiki, uning har biri u ehtiyoj sezayotgan narsalardan biron-birini beradi. Bunda har bir odam boshqalarga nisbatan xuddi shunday holatda bo’ladi». Jamiyat shakllanishi uchun moddiy ehtiyojlar to’g’risida bunday tushuncha o’sha davrdagi ilg’or fikrlardan hisoblanadi. Shu bilan birga, moddiy boylik yaratishdagi mehnat va mehnat qurollarining ahamiyatini, har xil hunar turlarini uqtirib o’tgach, qullikka keskin qarshi chiqdi.
Forobiy Platonga o’xshab ideal tuzum to’g’risida fikr yuritdi. U kelajak haqida o’ylab, baxtga erishishning zarur va birlamchi shartini tashkil etuvchi o’zaro yordam va do’stlik tufayli bo’ladigan shaharni ideal shahar deb hisoblagan; er yuzida barcha xalqlarning o’zaro yordami asosida bir butun yagona jamiyat qurish mumkinligi to’g’risida, mahsulotlarni adolatli taqsimlash haqida fikrlar bildirgan. Ammo Forobiy mazkur o’zaro yordamning iqtisodiy asosi – mehnat mahsulotlarini ayirboshlashning zarurligini ko’rsatib bera olmadi. Shu narsani qayd qilib o’tish kerakki, Forobiy iqtisodiy savollarni ikkinchi o’ringa surib qo’ydi. Bu, ayniqsa, uning davlat to’g’risidagi talqinida ko’rinadi, unda adolat o’rnatish, ommani ma’rifatli qilish uning asosiy funktsiyalaridan deb e’tirof etiladi.
Forobiyning mulkchilik to’g’risidagi qarashlari. Abu Nasr Forobiy mulkchilik haqida fikr yuritib, mulkka egalik qilish, undan maqsadga muvofiq foydalanish, o’ziga to’q yashash to’g’risidagi ilg’or fikrlarni ilgari suradi. U odamlarga, avlodlarga zarar keltirmaydigan mol-mulk orttirish foydali ish ekanligi, boshqalar uchun zarar keltiradigan boylik to’plash, mol-mulk orttirish esa yomon odat ekanligini aytib o’tadi.
Forobiy kishilarni mulkiy qonunlar asosida tarbiyalash masalasiga alohida e’tibor beradi. Uningcha, ma’rifatli, qonun asosida ish yuritadigan, huquqiy madaniyatli kishilar jamiyat taraqqiyotida muhim rol o’ynaydilar va aksincha “...shahar aholisi ma’rifatsiz, tajribasiz odamlar va bolalardan iborat bo’lsa, u holda ular qonun o’rnatgan tartib va boshqaruv usulini qabul qilmaydilar”. Ko’rinib turibdiki, qonun-qoidalar asosida ish yuritishga alohida e’tibor qaratilgan. Huquqiy tarbiya, madaniyat mulkni to’g’ri tasarruf etish, undan unumli foydalanish va mulkni ko’paytirishga undaydi. Forobiyning ta’kidlashicha, “Mulk orttirishda unchalik xavf yo’q... Mulkni ehtiyot qilib saqlab, o’z ehtiyoji uchun ishlatsa, bu yomon hisoblanmaydi”.
Forobiyning mulkchilik to’g’risidagi iqtisodiy fikrlarining to’g’ri ekanligini hayotning o’zi ko’rsatib berdi. Mamlakatimizda mulkdorlar sinfining shakllanib, ularning soni ko’payib, iqtisodiyotni rivojlantirishda roli ortib borayotgan hozirgi davrda Forobiyning mulk va unga egalik qilish haqidagi g’oyalari yana ham faollashib bormoqda.
Forobiyning taqsimotga bo’lgan iqtisodiy qarashlari. Taqsimot Forobiyning iqtisodiy qarashlarida o’ziga xos usulda talqin etiladi. Uningcha, jamiyat va kishilar qo’lidagi mol-mulkini, noz-ne’matlarni to’g’ri taqsimlash davlat miqyosidagi asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Taqsimot maqsadga muvofiq amalga oshirilmas ekan, ko’pchilik kishilar bachkanalashib ketadi, odamlar faqir ahvolga tushib qoladi.
Shu narsa ayonki, mavjud narsalar taqsimlanadi. Shu bois maqsadga muvofiq taqsimotni amalga oshirish maqsadida Forobiy mavjud bo’lgan barcha boyliklarni to’g’ri hisobga olishni nazrda tutadi. U shunday yozadi: “Avvalo er va joylarning miqdori, keyin ularning egalari va tutgan o’rinlari, so’ngra nihoyatda zarur narsalar bo’lgan oziq-ovqatlar, ekiladigan erlar, saroy va shaxsiy uylar miqdori hisobga olinishi zarur”. Forobiy Platonning: “Taqsimot juda qiyin ish, lekin juda zarur ishdir”, – degan fikrini alohida ko’rsatib o’tadi. Biz bundan Forobiy taqsimot muammosining qiyinligini, uni to’g’ri hal etish jamiyat hayotida muhim ahamiyatga ega ekanligini yaxshi tushunganligini ko’ramiz.

Download 316.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling