Mustaqil ish. Lapasov Javlon Mavzu: Orta osiyodagi temuriylar davrigacha bolgan iqtisodiy talimotlar reja: «Buyuk ipak yoli»
Abu Rayhon Beruniy Muhammad ibn Ahmad
Download 316.5 Kb.
|
iqtisod mustaqil ish
Abu Rayhon Beruniy Muhammad ibn Ahmad - XI asr qomusiy olim Beruniy juda yoshligidan ilm va fanga qiziqadi. U sevgan fanlar - astronomiya, matematika, geodeziya, geografiya va mineralogiya bolgan.
Beruniyning matematikaga va fanning boshqa sohalariga qoshgan hissasini yozib qoldirgan 100 dan ortiq asaridan ham korish mumkin. Ulardan eng yiriklari “Hindiston”, Yodgorliklar”, “Qonuni Masudiy”, “Geodeziya”, “Mineralogiya” va “Astronomiya”. Qolganlarini quyidagicha taqsimlash mumkin: matematikaga doirlari -22 ta; astronomik asboblar haqida -10 ta; astrologiklari -21 ta; turli fanlar (fizika, mineralogiya, adabiyot, tarix va boshqalar) -38 ta; turli tillardan tarjima asarlar -21 ta. Beruniyning bu asarlaridan atigi 30 ga yaqini bizning kunlargacha etib kelgan. 995-yilgacha u astronomiya, geografiya, geodeziya amaliy masalalarini hal etish bilan birga er va osmon globusini yasadi hamda astronomiyaga oid bir necha kitoblar yozdi. Olimning ana shunday asarlaridan biri “Geodeziya 1025-yilda yozib tugatilgan. Bu asar Shaharlar orasidagi masofalarni aniqlash uchun joylarning chegaralarini belgilashga doirdir. Kitobning 4-bobi oxirida Beruniy er aylanasining kattaligini olchash haqida fikr yuritgan. Qadimdan insonlar erning shakli va kattaligini bilishga qiziqqanlar va turli xalqlar er shaklini turlicha tasavvur qilishgan. Miloddan avval otgan Pifagor, Arastu, Arximed kabi buyuk olimlar er dumaloq va shar shaklida degan fikrni aytganlar. Bagdodda tashkil topgan Donishmandlik uyi nomli osha davrning fanlar akademiyasida Orta Osiyolik olimlardan Xorazmiy, Fargoniy, Habash Xasib, Marvaridiy kabi olimlar turli sohalarda ish olib borganlar. Beruniy ham shu Donishmandlik uyining azosi bolib, u erda 7 yil ishlagan. Olimning muhim asarlaridan biri Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar uning Jorjon saroyida xizmat qilgan davrida yaratiladi. 1000-yili tugallagan bu asar muallifning kop qirrali olim ekanini namoyish etdi va unga katta shuhrat keltirdi. Muallifning ilmiy adabiyotlarda qisqacha Geodeziyadeb yuritiladigan Turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun joylarning oxirgi chegaralarni aniqlash nomli astronomiya va geografiyaga bagishlangan asari 1025-yilda yozib tugatildi. Beruniyning Munajjimlik sanatidan boshlangich tushunchalar asari ham 1029-yilda Gaznada yoziladi. Oradan bir yil otgandan song u ozining Hindiston nomi bilan tanilgan Hindlarning aqlga sigadigan va sigmaydigan talimotlarini aniqlash kitobini yakunlaydi. Bunda Beruniy hozirgi Amerika qitasini mavjudligini Kolumbdan bir necha asr avval ilmiy asoslab bergan. Olim yashagan davrdagi munosabatlar, ishlab chiqarishning yuksalganligi, savdo-sotiqning rivojlanishi, sugorish inshooatlarining ishga tushirilishi ana shu davr uchun xos edi. Shu asosda Beruniyda kishilik ehtiyojlarining paydo bolishi va uni qondirish asoslari, mehnat va hunarga munosabatlari uygunlashib ketadi. Uning fikriga kora, kishilar oz zaruriy ehtiyojlarini qondirish uchun uyushgan holda yashash va ishlashga majburdirlar. Ehtiyojlar turli-tuman va kop bolganligi uchun insonlar birlashgan holda turar joy va shaharlar yaratishga intiladilar, deb hisoblaydi. Shuningdek, u davlatning paydo bolishini ham ehtiyoj tufayli deb oylagan. eng muhim goya shuki, barcha qimmatli narsalar inson mehnati bilan yaratiladi va insonning qadr-qimmati uning avlod-ajdodlarining kim bolganligi emas, balki uning mehnati, aqliy va jismoniy mahorati bilan belgilanadi. Har bir davrning urf-odatlari oziga xos boladi va inson ahli ularga rioya qilmogi darkordir, aks holda nizom va bir xillik yoqolsa, tartib ham yoq boladi, deb uqtiradi buyuk donishmand. Olimning fikrlariga tayanib shunday muhim qisqacha xulosalar chiqarish mumkinki, inson erdagi bunyodkor va yaratuvchi kuchdir. Inson avvalo halol mehnati bilan uluglanadi, kishilik jamiyatining asl ibtidosi ham mehnatdandir. Beruniy qayd etishicha, bilimlarni egallamoq va hunar organmoq uchun mehnat qilish zarur, bu esa doim davom etadigan va takomillashib boradigan jarayondir. U mehnatni turlarga ajratib, ularning har qaysisi alohida talab va ehtiyojlar asosida vujudga kelishini korsatib berdi. Binokor, komir qazuvchi, hunarmand, fan sohiblari mehnatini ogir mehnat deb biladi. Ilm, marifat zagmatkashlari mehnatiga tarif berish, ilm olish, oqish eng kerakli mehnat ekanligini isbotlaydi. Shunga kora olimlarning mehnatini qadrlash turli ilmlar kopayishiga olib keladi. Olim jamiyatning asosini moddiy nematlar uchun bolgan harakatlarda, mehnatda deb biladi. Mehnatkashlarning xohish-irodasiga qarshi, ularni majburlab ishlatishga qarshi bolgan, chunki bunday mehnat samarasi pastdir. Meros bolib avloddan avlodga otib keladigan hunarlar yuqori baholangan. Beruniy ogir jismoniy mehnat qiluvchilar, yani konda ishlovchilar, er ostida gavhar qidiruvchilar, dehqonlar togrisida, ularga berilishi kerak bolgan imtiyozlar va ish haqi haqida «Minerologiya» asarida keng mulohaza yuritadi. Ayniqsa ochiq va er ostidagi kon ishlariga alohida etibor beriladi, er osti konlarini mustahkamlash (falokat oldini olish uchun), er osti suvlarini chiqarib tashlash, olingan rudani yuqoriga olib chiqish uchun maxsus moslamalardan foydalanish tavsiya etiladi. Kon atrofida konchilar qishlogini barpo etish zarurligi korsatiladi. Er osti boyliklarini qazib olish ishlari katta jismoniy mehnat, ixtirochilik, aqliy mehnat va bilim sarflashni talab etadi. Bu murakkab va ogir ishlarni bajarish maxsus maktab, ularda talim-tarbiya berish asosida yolga qoyilmogi kerak, deydi olim. Xuddi shu orinda Beruniy ilm ahllari, olimlar, tarbiyachilarning mehnati jamiyat uchun naqadar kerakli va zarurligini alohida uqtiradi. Beruniy ustalarning ahvoli, shogirdlarning faoliyati, ish haqlari borasida ham qimmatli goyalarni ilgari suradi, ish haqi miqdori samaradorlik bilan bevosita boglanadi. Olimning yozishicha: «Basrada billurdan idish-tovoq va boshqa narsalar yasaydilar. Ish joyida belgilab-olchab beruvchi usta bolib, uning oldida billurning mayda va katta bolakchalari toplangan. U ana shulardan chiroyli va keraklisini olib, undan eng chiroyli va yaxshi buyum yasashni oylab olchab belgilab chiqadi. Shundan keyin uni yasovchi hunarmandga beradi, bu birinchi usta aytganidek qilib buyumlarni yasay boshlaydi. Olim shu erda mehnat taqsimoti va uning ahamiyatini korsatadi. Olim va mutaxassislar mehnatini mamlakat boshqaruvchilari tomonidan ragbanlantirib turish foydali ekanligi alohida takidlanadi. Bu aslini olganda manfaatdorlik tamoyilining xuddi ozidir. Uningcha, ayniqsa, erga ishlov berib, rizq-roz yaratuvchilarga mehribon bolish kerakligi korsatiladi. Ana shu gamxorlik oqibatida erga yaxshi ishlov beriladi va er hosildor boladi, moddiy nematlar yaratiladi, ishlovchi va jamiyat manfaatlari bab-baravar himoya qilinadi (bu fikr XVIII asrda Adam Smit tomonidan tolaroq isbotlab berilgan). Moddiy nematlar esa tiriklik asosi. Ana shunday qilinganda hokimiyat ham mustahkam boladi, deydi olim (bu erda davlatning iqtisodiyot bilan munosabati masalasi kotariladi). Agar kishilar toq bolsa, davlat ham kuchlidir. Hukmdorlarning vazifasi yuqori tabaqalar bilan quyi tabaqalar ortasida haqiqatni, kuchli bilan kuchsiz ortasida tenglikni ornatishdan iboratdir, deb uqtiradi olim. Mehnatning ixtiyoriyligi, ozodligi, erkinligi kishilar ortasida hulq-atvor, hurmat-etibor uchun muhim va zarurdir. Bozor iqtisodiyotining eng zarur tamoyillaridan biri- bu tanlash va tadbirkorlik erkinligi masalasi ilgari surilgan. Beruniy ogitlaridan: Har bir yangi narsada lazzat bor. Nematning qadri u yoqolgandagina bilinadi. Asalarilar ham oz jinsidan bolaturib ishlamay, uyadagi asalni bekorga yeb yotadiganlarini oldirib tashlaydilar. Ikkala davogar rozi bolishibdi-yu, qozi rozi bolmabdi. Tenglik hukm surgan joyda sotqin, aldamchi ehtiroslar, gam-gussa bolmaydi. Haddan ortiq gazab vahshiylik keltiradi va bevaqt qilingan lutf obroni ketkazadi. Download 316.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling