Mustaqil ish. Lapasov Javlon Mavzu: Qadimgi dunyo iqtisodiy talimotlari Reja: 1
Qadimgi Rimdagi iqtisodiy qarashlar
Download 175.5 Kb.
|
Mustaqil ish iqtisod
4. Qadimgi Rimdagi iqtisodiy qarashlar
Mark Terentsiy Varron (m.o. 11627) Rimning yirik siyosiy arbobi va yozuvchisi Katta Mark Portsiy Katon (m.av. 234149) ozining «Dehqonchilik togrisida» asarida qishloq xojaligini xalq xojaligidagi asosiy tarmoq deb hisoblaydi. Katon dehqonchilikni tashkil qilishning eng qulay usulini qollashga, qishloq xojaligi mahsulotlarini sotishni tashkil qilishga katta etibor berdi. U faqat ortiqcha mahsulotni sotish, xojalikda ishlab chiqarish mumkin bolmagan narsalarni esa sotib olish zarurligi togrisida fikr yuritdi. Zaytun yogini eng foydali mahsulot deb hisoblagan. Katon savdogarlar va sudxorlar faoliyatiga salbiy munosabatda bolgan. Katon tovar qiymatidan ortiqchasini foyda deb bilgan va qiymatni tola ravishda ishlab chiqarish xarajatlariga kiritgan. Masalan, uningcha, barcha «qiymat ozagini» material sarflari, usta va yordamchilarga tolanadigan haq tashkil etadi. Atoqli Rim yozuvchisi va olim Mark Terentsiy Varron (m.o. 11627) xalq xojaligida dehqonchilik va chorvachilikni asosiy tarmoq hisobladi. U «Qishloq xojaligi togrisida» degan asarida ozining iqtisodiy qarashlarini bayon etdi. Chorvachilikka katta etibor berib, bozor sharoitida uni eng foydali tarmoq deb bildi. Bunday xulosa qilishning asosiy sababi shundaki, osha davrda Italiyada don arzon bolgan, chunki u chet olkalardan ancha kop miqdorda olib kelinar edi, chorvachilik daromadi esa yuqori bolgan. Shu bilan birga, Varron, har bir xojalikning ozini-ozi taminlashining tarafdori bolgan, bozor uchun qishloq xojaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirishga esa uncha etibor bermagan. Rim yozuvchisi Yuniy Moderat Kolumella (m.o. I asr) «Qishloq xojaligi togrisida» degan kitobida inqiroz va kolonatning (yirik er egalari bilan bevosita ishlab chiqaruvchilar kolonlar ortasidagi ishlab chiqarish munosabatlari shakli) rivojlanishi davridagi Rim qishloq xojaligiga tavsif beradi. Uning fikricha, qullar erni yaxshi ishlatmaydilar, erdan yuqori hosil olish uchun qaygurmaydilar. Kolumella urugni sepishdan boshlab to hosilni yigib olishgacha bolgan davrda qullar isrofgarchilik qilishini, yaxshi ishlamasligini, ogrilik qilishini va pirovard natijada donni qabul qilishda uning miqdorini hisob daftarida notogri korsatishini aytib berdi. U qullar mehnatidan kora erkin mayda ishlab chiqaruvchilar mehnatining afzalligini isbotlab berdi. Qullarning imkon boricha erni ishlamaslikka intilishini korgan Kolumella, bunday erlarni erkin kolonlarga bolib berish, mayda tovar ishlab chiqarishga otish zarurligi togrisida fikr yuritadi. Bunday fikrning yuritilishi, Kolumellaning ishlab chiqarishni rivojlantirish savollarini nisbatan togri tushunganligidan dalolat beradi. Resublika davridagi Qadimgi Rimning jiddiy iqtisodiy muammolaridan biri erga bolgan mulkchilikning oqsuyak patrisiylar qolida toplanishi va italiyalik kopchilik dehqonlarning erdan mahrum bolishi hisoblanadi. Xonavayron bolgan mayda dehqonlarni aka-uka Tiberiy (m.o. 162-133 y.) va Gay (m.o. 153121 y.) Grakxlar himoya qilib chiqishdi. Patritsiylarning er mulkini cheklash va agrar masalalarni echish maqsadida Tiberiy Grakx m.av. 133 yilda qonun qabul qilishni taklif qilib chiqdi. Bu qonunga muvofiq, rimlik fuqarolarga davlatning haydaladigan eridan 500 yuger (125 gektar)gacha ijaraga olish ruxsat etilgan. Bundan tashqari, bir oila 1000 yugerdan ziyod erga egalik qilishi man etilgan. Barcha ortiqcha erlar davlat ixtiyorida bolgan va erga muxtojlarga avlodlariga qoldirish va uncha kop bolmagan soliq tolash sharti bilan 30 yugerdan bolib berilgan. Mark Tulliy Siseron (m.o.106–43 y.) Tiberiy Grakxning agrar loyihasi qisman amalga oshirildi va natijada on minglab dehqonlar er olishga muvaffaq boldilar. Tiberiy Grakx ataylab oldirilgandan keyin, uning ishini ukasi Gay Grakx davom ettirdi. Dehqonlarga er berish qaytadan boshlandi hamda shaharlik kambagallarga davlat xazinasidan past bahoda don sotish togrisida qonun qabul qilindi. Grakxlarning islohoti mayda dehqon er egaligi mavqeini kuchaytirish va aholi kambagallashuvining oldini olishga qaratilgan edi. Islohot ancha muvaffaqiyatli boldi va hatto Gay Grakx olimidan keyin ham konservatorlar muhtojlarni er bilan taminlash togrisidagi qonunni bekor qila olmadilar. Mark Tulliy Sitseron (m.o.106–43 y.) taniqli davlat arbobi va mashhur notiq. U yashagan davrda davlat ancha markazlashgan bolib, savdo-sotiq rivojlandi, sudxorlik boylik manbaiga aylandi. 2 History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 47-b. 3 History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 48-b. Download 175.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling