Mustaqil ish. Lapasov Javlon Mavzu: Qadimgi dunyo iqtisodiy talimotlari Reja: 1
Aristotelning iqtisodiy qarashlari
Download 175.5 Kb.
|
Mustaqil ish iqtisod
Aristotelning iqtisodiy qarashlari.
Antik dunyodagi iqtisodiy fikrlarning yirik namoyandalaridan biri Aristotel (m.o 384322) hisoblanadi. Oz mamlakatida shakllangan natural-xojalik munosabatlarini himoya qilgan bu qadimgi grek mutafakkiri boshqa zamondoshlariga qaraganda, iqtisodiy muammolarga chuqurroq kirib borishga muvaffaq bolgan. Uning iqtisodiy savollar boyicha fikr yuritgan asosiy asarlari «Nikomaxova etikasi» va «Siyosat» hisoblanadi. Bu erda Aristotel, xuddi Platonga oxshab, ideal davlat loyihasini ilgari suradi. Aristotel loyihasining oziga xosligi shundan iboratki, unda xojalik va kishilar faoliyatining barcha turlari har bir toifa yashash vositalaridan foydalanishi va boylik topish nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Shu erda Aristotel boylik topish va ehtiyojlarni qondirish usullari togrisida fikr yuritib, ekonomika va xrematistika tushunchalari farqini ajratib korsatib beradi. Aristotel nafaqat ozining falsafiy tafakkuri balki, sotsialistik iqtisodiy goyalarni rivojlantirishga qoshgan hissasi bilan ham ajralib turadi. Aristotelning iqtisodiy tafakkurga qoshgan asosiy hissasi tovarlar almashuvi va bu almashuvda puldan foydalanish bilan bogliq munosabatlarni chuqur yoritganligida edi. Uning fikricha, odamlarning ehtiyoji, ortacha, lekin odamlar-ning istaklari cheksizdir. Shundan kelib chiqib, ehtiyojni qondirish uchun tovarlarni ishlab chiqarish tabiiy, cheksiz istaklarni qoniqtirish uchun tovarlarni ishlab chiqarish notabiiy holat. Aristotelning fikricha, tovarlar bozorda sotish uchun ishlab chiqarilganida, bu faoliyat ehtiyojni yoki istaklarni qondirish uchun amalga oshirilganligini aniqlash qiyin; lekin uning fikricha, agar bozordagi almashuv barter shaklida bolsa, bu tabiiy ehtiyojni qondirish uchun amalga oshirilgan va bundan iqtisodiy foyda kozlanmagan. Lekin, pul vositasida almashuvning asosiy maqsadi Aristotel tomonidan qoralangan daromadni olish ekanligi kozda tutiladi. Aristotel Platon va kopchilik boshqa grek olimlarining iqtisodiy faoliyatini kengroq miqyosda organdi. Aristotel korsatib otgan qiziqarli masalalardan biri shundan iboratki, etishmovchilik muammosini istemolni kamaytirish, odamlarning munosabatini ozgartirish yoli bilan hal qilish mumkin. Bu etishmovchilik asosida yotadigan toqnashuvlarni bartaraf etib jamiyatdagi toqnashuvlarni tugatish orzusida bolgan utopistlar va sotsialistlar uchun kuchli goya boldi.3 Ekonomika Aristotel tushunchasi boyicha bu, eng avvalo, dehqonchilikdagi kishilarning hamda hunarmandchilik va mayda savdo bilan band bolganlarning asosiy va sharafli faoliyatidir. Uning maqsadi insonning eng muhim ehtiyojlarini qondirish hisoblanadi, shuning uchun unga davlat gamxorlik qilishi kerak. Xrematistika bu yirik savdo yoli bilan boylik orttirish mahoratidir. Aristotelning qayd qilib otishicha, bunday boylik orttirish maqsadiga erishishning cheki bolmaydi. Bunday maqsad boylik va pul topishdir. (Shu boisdan uning chegarasi yoq). Ekonomikadan farqli ravishda, xrematistika zarur hisoblanmaydi va tabiat qonunlariga zid deb korsatiladi. Shunday kelib chiqqan holda, Aristotelning xitob qilishicha, «ekonomika maqtovga sazovor, xrematistika esa tanbehga». Qadimgi grek mutafakkirlarining ekonomika va xrematistikaga bolgan bunday munosabati, uning natural xojalik mavqeda bolganligini yaqqol korsatib turibdi. Aristotel ozining ekonomika va xrematistika kontsepsiyasi doirasida quldorlik davlat tuzilishini ideallashtirib, xojalik hayotining eng muhim unsurlarini suniy ravishda «soddalashtirdi». Masalan, Aristotel fikri boyicha, «haqiqatan ham narsalar shu qadar turli-tumanki, ularni tenglashtirib (taqqoslab) bolmaydi». Shunga kora xulosa qilinadi: «5 qondoq = 1 uyga», chunki ularni taqqoslash faqat goyoki pul tufayli amalga oshirilishi «kundalik hayotda» ancha qulay. Tovar sifatidagi pulning ozi esa, olimning fikricha, stixiyali ravishda emas, balki odamlar ortasidagi kelishuv natijasida kelib chiqqan va uni (pulni) «istemolga yaroqsiz» qilib qoyish «bizning ixtiyorimizda». Aristotelning ekonomika va xrematistika konseptsiyasi «kamchiligiga» ayirboshlashning ikkiyoqlama tavsifini ham kiritish mumkin. Bu erda gap shundaki, bir joyda ayirboshlash ehtiyojni qondirishda asosiy bitim sifatida koriladi va tovarning istemol qiymatini iqtisodiyot sohasining kategoriyasi sifatida talqin qilish imkonini beradi, ikkinchi bir joyda aksincha, ayirboshlash boylik orttirish sifatida qaraladi va tovarning almashuv qiymatini xrematistika sohasining kategoriyasi deyishga asos bola oladi. Nihoyat, shu kontseptsiya nuqtai nazardan Aristotel savdo shakllari evolyutsiyasi bosqichlarini va pul muomalasini biryoqlama tahlil qilib, ozining yirik savdoga va ssuda operatsiyasiga salbiy munosabatda ekanligini namoyon etdi. Xususan, togridan-togri tovar ayirboshlash va pul vositasi orqali tovar ayirboshlash kabi savdoning dastlabki shakllarini u ekonomika sohasiga kiritadi, savdo kapitalining harakatini, yani tovar ayirboshlash jarayonida dastlabki avanslangan pulni kopayishini xrematistika sohasiga kiritadi. Xuddi shunga oxshash, Aristotel pul muomalasi shaklini tadqiq qiladi va pulning qiymat olchovi va muomala vositasi tarzida aks ettilishini ekonomika sohasiga, pulning foydani kopaytirish vositasi sifatida ishlatilishini esa xrematistika sohasiga kiritadi. Download 175.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling