Mustaqil ish. Lapasov Javlon Mavzu: Qadimgi dunyo iqtisodiy talimotlari Reja: 1
Download 175.5 Kb.
|
Mustaqil ish iqtisod
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Qadimgi Sharqdagi iqtisodiy fikrlar
- «Mesopotamiya»
- Koxna Bobil iqtisodiy fikrlari.
- Eshnun Podshohi qonunlari (m.o. XX asr.) va Xammurapi qonunlari (m.o. XVIII asr.)
MUSTAQIL ISH. Lapasov Javlon Mavzu: Qadimgi dunyo iqtisodiy talimotlari Reja: 1.Qadimgi Sharqdagi iqtisodiy fikrlar 2. Qadimgi Xitoy iqtisodiy goyalari. 3. Qadimgi Gretsiyadagi iqtisodiy fikrlar 4. Qadimgi Rimdagi iqtisodiy qarashlar 1. Qadimgi Sharqdagi iqtisodiy fikrlar Kishilik jamiyatining dastlabki davrlaridan boshlab xojalik yuritish togrisida u yoki bu korinishdagi iqtisodiy fikrlar amal qilib kelgan. Lekin osha paytdagi iqtisodiy fikrlar togrisidagi malumotlar bizning davrimizga etib kelmagan. Chunki ularni avlodlardan-avlodlarga, asrlardan-asrlarga olib otuvchi vosita yozuv bolmagan. Yozuv qachon paydo bolgan? Yozuv bundan olti ming yil avval, miloddan tort ming yil oldin osha davrning madaniyat ochogi hisoblangan Mesopotamiyada ijod qilindi. Qadimgi grek tarixchilari hozirgi Iroqdagi Dajla va Frot daryolarning oraligidagi joylarni «Mesopotamiya» deb atagan. Bu grekcha soz bolib, «ikki daryo oraligi» manosini bildiradi. Dajla va Frot daryolari hozirgi Turkiya chegarasidan boshlanib, sharq tomon oqib Fors korfaziga quyiladi. Bu ikki daryo atrofidagi joylarning tuprogi unumdor, suvi kop bolib, qishloq xojaligi ishlab chiqarishiga juda qol kelardi. Koxna Bobil iqtisodiy fikrlari. Qadimgi Sharqda ancha rivojlangan davlatlardan biri Bobil bolgan. Unda xususiy mulkchilik va tovar-pul munosabatlari nisbatan tez rivojlana boshladi. Jamiyatdagi kishilar borgan sari koproq tovar ayirboshlashga jalb qilinardi. Ularning bazilari sudxorlar toriga ilinib, xonavayron boldi va qullarga aylandi. Tola huquqli bolmagan (qaram) kishilar qatlamining ancha kochayib borishi vujudga kela boshladi. Harbiylar va soliq tolovchilardan ajralib qolishga olib keluvchi bunday jarayon davlatni zaiflashtirgan. Jamiyatdagi erkin kishilarni sudxorlardan himoya qilish maqsadida (ularning mulkini himoya qilish, savdo, ijara va boshqa shartlarini qonuniy ravishda rasmiylashtirish) xususiy, huquqiy munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solinishi zaruriyati kuchaydi. Davlat bu vazifalarni qonunchilik yoli bilan hal qilishga uringan. Bu borada iqtisodiy fikrlar nuqtai nazardan Eshnun Podshohi qonunlari (m.o. XX asr.) va Xammurapi qonunlari (m.o. XVIII asr.) ancha diqqatga sazovor. Eshnunn qonunlari matni asosiy mahsulotlarga qatiy baho ornatishdan boshlanadi: 1 gur (olchov birligi, bazi malumotlarda 300, bazilarda esa 252,6 l. teng) arpa (sotilishi kerak) 1 sikl (8,4g) kumushga 3 ka (1 ka 0,84 l. teng) birinchi sortli yog (sotilishi kerak) 1 sikl kumushga, 1 sut (5 l., bazi malumotlarda 8,4 l.) va 2 ka kunjut yogi (sotilishi kerak) 1 sikl kumushga va boshqalar korsatilgan. Birinchi paragrafda arpa, yog, teri, tuz, mis va boshqalarning kumushdagi narxi ornatilgan (mahsulotlar shunday miqdorda olinishi kerakki, ularning qiymati 1 siklga teng bolsin); ikkinchi paragrafda har xil turdagi yogning arpadagi narxi korsatilgan. Demak, asosiy umumekvivalent sifatida arpa bolgan. Buning ustiga, ushbu ekvivalentlar ortasida qatiy muvofiqlik ornatilgan. Birinchi navbatda arpaning kumushda ifodalangan narxining korsatilishi tasodifiy emas. Qatiy narxning ornatilishi qonun tuzuvchilarga yollanma va ijara haqi darajasini, jarima miqdorini, foiz meyorini tarbiya uchun tolov va boshqalarni aniqlash imkonini beradi. Yillik foiz meyori kumushda 20 % va donda 33 % ni tashkil etgan. Shu narsani qayd qilib otish kerakki, Qadimgi Misrda hatto keyingi davrlarda (XVIII asr m.o.) sudxorlik foiz meyori tez-tez 100 % gacha kotarilib turgan. Eski Bobildagi uncha kop bolmagan foiz meyori davlatning nafaqat mamlakat xojaligi hayotiga aralashuvidan dalolat beradi, balki tovar-pul munosabatlarining ancha rivojlanganligini ham aks ettiradi. Qadimgi Misr iqtisodiyoti Yaqin Sharqdagiga nisbatan ancha natural bolgan. Demak, podsho qonunlari tovar-pul munosabatlarining rivojlanishida ijobiy rol oynagan. Qonun matni kirish qismdan, hozirgi tasniflash boyicha 282 moddani oz ichiga olgan asosiy qismdan va xulosadan iborat. Unda xojalik hayotiga oid iqtisodiy fikrlar ham aks ettirilgan. Shu narsa diqqatga sazovorki, bir guruh moddalarda Bobil fuqarolarining mulkini himoya qilish, ijara, sudxorlik va ishga yollash masalalari korib chiqilgan. Qonundagi asosiy narsa Bobil fuqarolarining mulkini himoya qilish yoki shunday sharoit yaratishdan iboratki, unda kuchlilar kuchsizlarni surib chiqarmasinlar. Bunda asosiy etibor saroy, ibodatxona mulkini hamda bobillik fuqarolar va davlat xizmatchilarining, birinchi navbatda, harbiylarning mulkini himoya qilishga qaratilgan. Xammurapi qonunlarida ularning ulushi (erlari) sotilishi man etiladi. Sipoh yoki soliq tolovchiga tegishli bolgan dala, uy, bog, deyiladi qonunda, kumushga sotilishi mumkin emas. Bundan tashqari, qonunda oz mamlakati tashqarisida qul sifatida sotib olingan bobillik fuqarolar oz vataniga qaytgach, erkinlikka erishishi zikr etilgan. Qonunda sudxorlar zoravonligiga qarshi qaratilgan moddalar ham mavjud. Hosil kam bolgan paytlarda qarzlarni tolash muddatini bir yilga chozishga ruxsat berilgan (qoshimcha foiz tolovisiz). Xammurapi qonunlarida sudxorlar oz holicha, qarzdorlarning ruxsatisiz qarz evaziga ularning hosilini tortib olishi man etilgan. Ular qatiy ravishda puldagi (20%) va natural shakldagi (33% ) foiz meyorini aniq belgilab bergan. Xammurapi kodeksida tutqunlarga nisbatan yomon munosabatda bolgani uchun sudxorlarni hatto jazolash (shu jumladan, qonuniy yol bilan ham) kozda tutilgan. Sudxorlikning keng rivojlanishiga tosqinlik qiluvchi asosiy omillardan biri qarzdorlik uchun qullik muhlatining uch yil bilan cheklanishidir (tortinchi yili unga erkinlik berilishi lozim bolgan). Biroq sudxorlikka qarshi qonunchilikda izchillik bolmagan. Xususan, qarzdorni ozod etishda uni ishlab chiqarish yoki yashash vositalari bilan taminlash nazarda tutilmagan. Hech qanday vositasi bolmagach, ozod etilgan qarzdor yana qaytib sudxorga murojaat qilishga majbur bolgan. Xammurapi qonunlarida yollanma munosabatlarni tartibga solishga katta etibor berilgan. Uning juda kop turdagi shakllari korib chiqilgan bolib, hatto yollanma mehnat uchun tolov miqdori ham aniq qilib korsatib berilgan. Asosiy maqsad ishlab chiqarishni, birinchi navbatda, qishloq xojaligini rivojlantirishni qollab-quvvatlash, mehnatsiz daromad toishga qarshi kurashish bolgan. Umuman, xususiy mulkchilik, shu jumladan, erga bolgan xususiy mulkchilik tan olingan. Birovning xususiy mulkiga koz olaytirgan, unga zarar etkazganlar iqtisodiy jihatdan jazolangan. Shunday qilib, eski Bobil podsholigi qonunlarida davlat tartiblashining va aholi iqtisodiy faoliyatini nazorat qilishning turli shakllari kozda tutilgan. Ular real iqtisodiy jarayonlarga, tovar-pul munosabatlarini rivojlanishiga, fuqarolar mulkini himoya qilishga ozining ijobiy tasirini korsatdi. Shu bilan birga bu qonunlar Osiyodagi boshqa mamlakatlarda iqtisodiy fikrlarning rivojlanishida katta rol oynadi. Download 175.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling