Mustaqil ish mavzu: axborot texnologiyalarining rivojlanish tendensiyalari


AKT sohasida 2019 yilda muhim ijtimoiy loyiha amalga oshirildi


Download 0.64 Mb.
bet4/4
Sana24.04.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1393506
1   2   3   4
Bog'liq
Axborot texnologiyalarining rivojlanish tendensiyalari

AKT sohasida 2019 yilda muhim ijtimoiy loyiha amalga oshirildi. Xitoy kompaniyasi bilan umumiy qiymati 11,8 million dollar miqdorida shartnoma imzolanib, Toshkent tibbiyot xodimlariga zamonaviy AKT va tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan 150 dona tez tibbiy yordam avtomobillari (reanimobil) yetkazib berildi va avtomatlashtirilgan tez tibbiy yordam xizmati boshqaruv tizimi joriy etildi.




Hozirda Xitoyning yirik kompaniyalari bilan hamkorlikda 1 bosqichda Toshkent shahrida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda “Xavfsiz shahar” loyihasining yagona texnologik platformasini yaratish ishlari amalga oshirilmoqda.




2020 yil axborot texnologiyalari sohasida muhim yil bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisiga Murojaatnomasida 2020 yilni “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”, deb e’lon qilinishi hamda shu bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgani ham axborot texnologiyalari sohasiga muhim ahamiyat berilayotganini ko‘rsatmoqda.
Bu, o‘z navbatida, yosh avlodning zamonaviy bilim olishi, bemorlarga sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatish salohiyatini oshirishi bilan ahamiyatlidir.
Jizzax erkin iqtisodiy zonasida Janubiy koreyalik hamkorlar bilan birgalikda 11 million dollarga teng, yillik quvvati 50 ming kilometr optik tolali kabel mahsulotlarini ishlab chiqarish zavodi ishga tushirildi.
Bugungi kunga qadar telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish ishlari asosida 7 906 ta xalq ta’limi, 5 182 ta maktabgacha ta’lim
va 2 988 ta sog‘liqni salash ob’ektlari optik tolali aloqa liniyalari asosida yuqori tezlikdagi Internet xizmatlaridan foydalanishga imkoniyati yaratildi.
Qolaversa, Operator va provayderlarga Internet xizmatlari uchun tarif o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 36,1 foizga arzonlashtirilib, 1 Mbit/s. uchun 45,0 ming so‘mni (4,3 doll.) tashkil etdi.
Mamlakatimizda AKT sohasidagi eng ilg‘or texnologik ishlanmalarni joriy etishga muhim e’tibor qaratiladi. 2019 yil sentyabrdan ikkita mahalliy mobil operator — “UZMOBILE” va “Ucell” 5G texnologiyasini test sinovidan o‘tkazishni boshlagani va bugungi kunda Toshkent shahrida 15 ta baza stansiya test tartibida ishlab turgani shundan dalolat beradi.
IT-Parkning hududiy filiallari binolari Andijon (“Dijital siti” texnoparki), Farg‘ona (IT-Park Marg‘ilon filiali), Sirdaryo (IT-Park Guliston filiali) Qashqadaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida foydalanishga topshirildi, Andijon filialida 10 ta va Marg‘ilon filialida 7 ta rezident faoliyat yuritmoqda.
Bugungi kunda pochta aloqasini rivojlantirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilib, “O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan pochta aloqasini yanada rivojlantirish maqsadida 10 ta yangi qo‘shimcha xizmat turlari joriy etildi.
1000 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda. Professor-o‘qituvchilarning 57 nafari fan doktori hamda 259 nafari fan nomzodi bo‘lib, shundan 2020 yilda 16 nafar professor-o‘qituvchilar doktorlik ishini himoya qildi. 2020 yilda TATU va uning hududiy filiallari professor-o‘qituvchilari tomonidan xalqaro Skopus, Veb of Sayns ilmiy jurnallarda 103 ta ilmiy maqolalar chop etildi.
TATUda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi 7 ta ixtisoslik bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalar himoyalarini o‘tkazadigan 2 ta ilmiy kengash faoliyat yuritmoqda.
Prezidentimiz tomonlaridan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 3-tashabbusi doirasida Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan, shuningdek, ularni axborot texnologiyalari sohasida tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish maqsadida respublika bo‘yicha 102 ta Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etildi.

Zaynidinova Xumora

13

10

1993

Anorboyeva Maftuna

22

7

1992

Samatova Dinora

28

4

1998

Tolanov Umidbek

6

2

2021

Qurbonova Oqila

1

4

1974





ф,и.о

тарих

Инг.тили

информатсия

Ортача бал

1

Ниезова.О

5

4

5

112

2

Мамажонова

5

5

5

120

3

Исмоилова

1

5

4

80

4

Кадиркулова

5

4

5

112

5

Сардорова

5

5

5

120

6





0

7





0






Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Korneev IK, KDIDOPULO G.N., Mashurtsev V.A. Axborot texnologiyalari: qo'llanma. M 2007 yil.
2. Keorev I.K., Mashurtsev V.A. Axborot texnologiyalari
boshqaruvda. M.: Infra-M, 2001 yil.
3. Maksimova O.V., Nevzorova V.I. Iqtisodchilar uchun axborot texnologiyalari: darslik. Rostov-Don-Don .: Fenikh, 2004 yil.
4.Simonov Yu.F. Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari. Rostov-Don-Don .: Feniks, 2003 yil.
Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling