Mustaqil ish mavzu: beruniyning “hindiston” asarida geografik omillar va geosiyosat bajardi: Norqulov F. Tekshirdi: Samadov A
II Bob. Beruniy “Hindiston” asarida geosiyosat
Download 120.29 Kb.
|
BERUNIYNING “HINDISTON” ASARIDA GEOGRAFIK OMILLAR VA GEOSIYOSAT
II Bob. Beruniy “Hindiston” asarida geosiyosat
2.1 Beruniyning “Hindiston” asarida geosiyosiy munosabatlar. «Avesto»da yozilishicha, Afrosi yobning o’g’li yoki nevarasi bo’lgan arjasp yovuzlik tangrisi Ahriman sharafiga yuz tuya, ming yilqi, o’n ming qo’y-qo’zini qurbonlikka so’yib, Zardo’shtni jazolash uchun yordam so’raydi. Turon hukmdori Arjasp eng kuchli lashkarboshi Brator Vaxshni Bahd i (Baxtarzamin)ga, Zardo’shtni yo’qotishga yuboradi. Zardo’sht podshoh Gushtasp davlatida kohinlar boshlig’i (mubadon-mubad) bo’lib, Markaziy Otashkada (ibodatxona)da Mitra nuridan olov yoqadigan paytida Baratar Vaxsh uni pichoqlab o’ldiradi 1. Arjasp bu bilan kifoyalanmay, yana yuz tuya, ming yilqi, o’n ming qo’y-qo’zi qurbonlik qilib, «Zardo’sht o’ldi, lekin uning dini tirik» deb zardo’shtning urug’-avlodini yo’qotishni Ko’k Tangridan iltijo qiladi. Qadimiyatning ikki buyuk davlati (Turon va Eron) siyosiy gegemonlik talashuvi, zardushtiylik e’tiqodining ilk vaqtlarda katta qarshilikka uchraganligini sezish mumkin. Eron-Yunon urushlari davomida, Grek -Makedoniya bosqinidan keyin, milodning I asrida Parfiya davlati hozirgi O’rta Osiyo Hudadlaridagi eng kuchli iqtisodiy -harbiy qudratga ega bo’lib, o’sha zamonda bu davlat Rim imperiyasining sharqdagi istilochilik harakatlarini to’xtatib qolishga kuchi etgan yagona davlat qurilishi edi. Kuchli xalqaro siyosiy mavqeyga erishgan Parfiya madaniy taraqqiyot darajasi yuksalgan, u bir jihatdan qadimgi Xorazm, Hindiston, Eron, Grek -Baqtriyada yorqin ko’ringan Elladaparastlik -ellinizm madaniyatlarining vorisi edi. Parfiyada buddaviylik bilan birga yoki oldinma -keyin zardo’shtiylik va elladaparastlik-ellinizm mafkuralari o’zaro aloqaga kirishib, sintez qilingani qadimgi arxeologik yodgorliklar orasida Budda ibodatxonalari, zardushtiylik otashkadalari, Zevs va Nika haykallari, yunon uslubidagi haykalchalari mavjudligidan bilinib tu radi. Mahmud Gʻaznaviyning Hindistonga qilgan yurishlaridan birida shohga hamroh boʻlgan Beruniy, u yerda sanskrit tilini puxta oʻrganishi hind madaniyati, adabiyoti va Hindistonning oʻsha davr olimlari bilan yaqindan tanishishga hamda bu mamlakat haqida oʻlmas asar yaratishga imkon berdi. “Hindiston” asari yozib tugatilgan yili Mahmud Gʻaznaviy vafot etdi va uning oʻrniga taxtga oʻgʻli Masʼud oʻtirdi. Bu davrda Beruniyning ahvoli ancha yaxshilandi. Astronomiyaga oid “Masʼud qonuni” asarini sulton Masʼudga bagʻishladi. Oʻsha asr olimlaridan biri Yoqutning yozishicha: “Masʼud qonuni” kitobi matematika va astronomiya boʻyicha ungacha yozilgan hamma kitoblar izini oʻchirib yuborgan”.
Download 120.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling