Mustaqil ish mavzu: Bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda mttning o’rni Guruh: mtt-103 bajardi: Bohodirova Husnora tekshirdi: Angren 2023 Kirish


Bitiruv malakaviy ishning ilmiy farazi


Download 37.07 Kb.
bet2/2
Sana08.04.2023
Hajmi37.07 Kb.
#1341847
1   2
Bog'liq
Bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda MTTning o’rni

Bitiruv malakaviy ishning ilmiy farazi, agar:

  • milliy istiqlol g‘oyasi asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida vatanga e’tiqodni tarbiyalashning mohiyati, uni dars jarayonida amalga oshirish jihatlari, maqsadlarini belgilash, milliy istiqlol g‘oyasi asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida vatanga e’tiqodni tarbiyalashni amalga oshirish usullari aniqlansa va bayon etilsa;

  • milliy istiqlol g‘oyasi asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida vatanga e’tiqodni tarbiyalashning yo‘llari belgilab berilsa, uni o‘rganishga keng yo‘l ochilsa va u har tomonlama rivojlantirilsa;

  • milliy istiqlol g‘oyasi asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida vatanga e’tiqodni tarbiyalashning mohiyatini anglashga erishilsa;

  • milliy istiqlol g‘oyasi asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida vatanga e’tiqodni tarbiyalash muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, davr taqozo etayotgan talablar doirasida ma’naviy barkamol, vatanga e’tiqodli yoshlarni tarbiyalashga erishiladi.

Ma’naviyat — arab tilidagi "ma’no" yoki "ma’naviyatun", "ma’noi g‘oya" so‘zlaridan olingan bo‘lib, "ruhiy holat" degan ma’noni anglatadi.
G‘oya-insonlarning ezgu niyatlar, fikri asosidagi amalga oshirilayotgan jarayonlar, ishlar, istiqbol rejalari, tamoyillaridan iborat.
Milliy g‘oya deganda, ajdodlardan avlodlarga o‘tib, asrlar davomida e’zozlab kelinayotgan, shu yurtda yashayotgan har bir inson va butun xalqning qalbida chuqur ildiz otib, uning ma’naviy ehtiyoji va hayot talabiga aylanib ketgan, ta’bir joiz bo‘lsa, har qaysi millatning eng ezgu orzu-intilish va umid-maqsadlarini o‘zimizga tasavvur qiladigan bo‘lsak, o‘ylaymanki, bunday keng ma’noli tushunchaning mazmun-mohiyatini ifoda qilgan bo‘lamiz.
Milliy istiqlol g‘oyasi asosida yoshlarda vatanga e’tiqodni tarbiyalash milliy istiqlol mafkurasining maqsad va vazifalarini chuqur o‘rganish bilan bevosita bog‘liq, shuning uchun mafkura maqsadlarini bilish muommoli masalalardan biridir.
Chunki, har qanday mafkura o‘z oldiga muayyan maqsadlarni qo‘yadi. Bu maqsadlar pirovard natijaga erishishning yo‘llari, vosita va usullarini belgilaydi. Mafkuraning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

  • odamlarni muayyan g‘oyaga ishontirish;

  • shu g‘oya atrofida uyushtirish;

  • g‘oyani amalga oshirish uchun safarbar etish;

  • kishilarni ma’naviy-ruhiy jihatdan rag‘batlantirish;

  • g‘oyaviy tarbiyalash;

  • g‘oyaviy immunitetni shakllantirish;

  • harakat dasturi bo‘lish.


Milliy g‘oyamizning asosiy mazmunini ifoda etadigan yo‘nalishlar haqida gapirganda, hech shubhasiz, biz Vatan ravnaqi va taraqqiyotini o‘zimizga tasavvur qilamiz.
O‘z kindik qoni to‘kilgan, ota-bobolari xoki yotgan ona yurtni dunyoda tengsiz, muqaddas Vatan deb biladigan odamning maqsad-muddaolari aniq, g‘urur va iftixori yuksak bo‘ladi.1
Mana shunday masalalardan birini milliy istiqlol g‘oyasining tarixiy ildizlarini yoshlarga, ayniqsa o‘quvchilarga to‘g‘ri tushuntirish tashkil qiladi. Chunki har qanday g‘oya, mafkura o‘z-o‘zidan vujudga kelmaydi. Ularning ma’lum manbalari, negizlari, ildizlari bo‘lishi mumkin. Milliy istiqlol g‘oyasining tarixiy ildizlari masalasi to‘g‘risida professorlar B. To‘rayev va J.Ramatovlar shunday fikr bildirgan: «Milliy istiqlol mafkurasining tarixiy ildizlari-xalqimizning moziy sinovlaridan o‘tib kelayotgan boy madaniy va ma’naviy merosi, milliy qadriyatlari, urf-odat va an’analari, qo‘shiqlari, bayram va marosimlaridagi ozodlik, erkinlik uchun kurash ruhi, ota-bobolarimizning mustaqillik yo‘lida ko‘rsatgan jasorati, bunyodkorlik ishlari hamda ularni amalga oshirishda ma’naviy ruh bergan tafakkur tarzida namoyon bo‘ladi. U asrlar mobaynida yillar sinoviga dosh berib, sayqallanib, takomillashib kelgan».2
Oliy o‘quv yurtlari uchun «Milliy istiqlol g‘oyasi» darsligida esa: «O‘zbekiston xalqining tarixi, turmush tarzi, urf-odat, an’analari, madaniyati bilan bog‘liq milliy-madaniy merosi bo‘lib, bu uning asosi, bosh negizi, tayanchi xisoblanadi».3 deyilgan.
Bizning fikrimizcha Milliy istiqlol g‘oyasining tarixiy negizlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1. Haqqoniy yozilgan tarix; 2. Xalq og‘zaki ijodi; 3. Yozma manbalar; 4. Qadimgi obidalar, osori atiqalar: 5. Xalqning tarixiy xotirasi; 6. San’at va adabiyot durdonalari; 7. Milliy qahramonlar hayoti, faoliyati va merosi; 8. Milliy davlatchilik an’analari; 9. Buyuk mutafakkirlarning merosi va boshqalar. Boshlang‘ich ta’lim jarayonida milliy g‘oyani o‘quvchilar ongiga singdirishda ushbu tarixiy negizlarni asos qilib olish lozim. Shu nuqtai nazardan biz boshlang‘ich sinf darsliklarini tahlil qilishga harakat qildik:
1-jadval
Boshlang‘ich sinf darsliklarida milliy g‘oyaga oid materiallarning mavjudlik darajasi: (% hisobida)

Darsliklar nomi

1-sinf

2-sinf

3-sinf

4-sinf

O‘qish kitobi

64

59

60

61

Odobnoma

63

62

65

72

Boshlang‘ich ta’lim jarayonida milliy istiqlol g‘oyasi asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida vatanga e’tiqodni tarbiyalashda darsdan tashqari tadbirlarning o‘rni katta. Shuning uchun o‘qituvchilar darsdan tashqari mashg‘ulotlar mavzulari buyicha kecha va uyinlarning ssenariyalari ishlab chiqishlari va o‘quvchilar bilan o‘tkazishlari lozim.


Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining faoliyatlarini tashkil qilishga yu-naltirilgan sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarning asosiy xususiyati, o‘quvchi kundalik hayotining namoyon bo‘lishidir. O‘quvchi kundalik ishlarining davomi sifatida sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarda bevosita ishti-rok etadi, turli mazmundagi suxbatlar, savol-javoblarda qatnashadi, kecha-larni tashkil kilishda ishtirok etadi, rollarni bajaradi, tinglaydi, qola-versa bular, orkali ma’naviy dunyosi boyib boradi. Ayniqsa, ular bugungi kunda o‘quvchilarning milliy merosimizga nisbatan qiziqishlarini o‘stirish maqsadida tashkil qilinadi. Har kanday sinfdan tashqari mashg‘ulot oldiga turli tarbiyaviy vazifalarni qo‘yadi. Ularning har biri o‘zga xos belgilarni, bir-biridan farq qiluvchi shakllarni, vositalarni, ijodiy, mehnatni talab qiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tashkil qilinadigan tarbiyaviy tadbirlarni quyidagicha izohladik:
а) boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan tashkil qilinadigan tarbiyaviy tadbirlar muxim sanalarga, yurtimizda nishonlanadigan bayramlarga bag‘ishlanadi va o‘tkaziladi;
b) boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘tkaziladigan sinfdan tashqari tarbiya-viy tadbirlarning senariysi bir-biridan farq qilish lozim. Aks hollarda o‘quvchilarda zerikishni kuzatish mumkin;
v) har qanday tarbiyaviy tadbir qiziqish, ehtiyoj, o‘quvchilarning faolligini oshirish maqsadida tashkil qilinadi;
g) ular doimiy izchillikda o‘tkazib boriladi.
Milliy milliy istiqlol g‘oyasi asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida vatanga e’tiqodni tarbiyalashda tarbiyaviy tadbir uchun material tanlashda kuyidagilarga amal kilishni lozim deb topdik:

  1. tarbiyalashga xizmat qilmog‘i lozimligi;

  2. tarbiyaviy tadbir mavzusi o‘quvchining yoshi, ruxiy xolatiga mosligi inobatga olishi;

  3. har bir tarbiyaviy tadbir darsda olgan bilimlarni mustahkamlashga xizmat qilishi;

  4. tarbiyaviy tadbir boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini Vatanga e’tiqod ruhid tadbirlarni rejali va maqsadga yunaltirilgan holda puxta tashkil hilish orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilari, jamoatchilik, uyushqoqlik, ijodkorlik, o‘zaro yordam kabi axloqiy sifatlarni yuzaga kelashiga erishish.

Boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari tadbirlarni tashkil etish usuli quyidagi bosvichlarga tayanadi:

  1. Tadbirni rejalashtirish;

  2. Tadbir yuzasidan o‘quvchilarga tushuncha berish;

  3. Tadbirni tashkil kilish jarayonida sinf o‘quvchilarining barchalarini ishtirok etishini ta’minlash;

  4. O‘quvchilarning imkoniyatlari darajasidan kelib chiqqan holda ishlarni taksimlash;

  5. Tadbirni amalga oshirish va uning bajaralishi yakunini baholash.

Bosqichlarning har biri o‘qituvchi tomonidan oldindan chuqur o‘rganilgan bo‘lishi lozim.
Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish uchun yordam beradigan quyidagi metodik tavsiyalarni bayon etishni lozim topdik:
1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining sinfdan tashqari tadbirlariga rahbarlik kilishda, avvalo milliy qadriyatlarga, ularning ahamiyatiga, ijtimoiy xarakteriga e’tibor berish kerak (masalan, A.Navoiy, A.Temur, Bobur yoki milliy bayramlar “Navruz”, “Mustaqillik kuni”, “Bilimlar kuni”, va shu kabilar);
2. Yaxshi ishtirok etgan o‘quvchilarni, sinfni maktab jamoasi oldida moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirish;
3. Darsdan tashqari tadbirlar orkali o‘quvchi shaxsidagi axloqiy sifatlarni rivojlantirish yullarini izlash;
4. Sinfdan tashqari mag‘ulotlarga rahbarlik qilishda milliy qadriyatlar ta’siri vositasida ba’zi o‘quvchilarda mavjud salbiy xususiyatlarni bartaraf qilib borish;
5. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bunday tadbirlarda zo‘r ishtiyoq bilan qatnashadilar. Ba’zan hamma o‘quvchilar xam birdek talabga javob bera olmaydilar, shu sababdan ularning ishtirokiga asta-sekinlik bilan erishish.
Mazkur ishlarni amalga oshirishda har bir boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi eng avvalo, tashkil kilinadigan tarbiyaviy tadbirlarning mazmunini chukur urganishi, uning natijalariga jiddiy e’tibor berishi va bu bilan o‘quvchi shaxsiga ijobiy ta’sir etishga intilmog‘i, Vatanga e’tiqod, milliy gurur, Vatan ravnaqi uchun xizmat kilish, qolaversa, ona tabiatni asrash kabi sifatlarni yanada rivojlantirish yullarini izlamog‘i lozim.
Milliy istiqlol g‘oyasi asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida vatanga e’tiqodni tarbiyalash jarayonini yanada takomillashtirish, o‘quvchilarni milliy qadriyatlar bilan chukurrok tanishtirish, ularning darsda olgan bilimlarini amalda isbotlash maqsadida turli ertaliklarni, kechalarni, bellashuvlarni o‘tkazishni maqsadga muvofik deb bildik. Buning uchun, avvalo milliy qadriyatlarimizni, bayramu-sayillarimiz va urfodatlarimiz xaqida bolalarda tushuncha hosil qilishimiz, Vatan haqidagi she’rlarni yod olishni, o‘quvchilarning o‘zlari chizgan Vatan manzarasi tasvirlangan suratlar namoyishini tashkil qilish, milliy urf-odatlarimiz aks etgan ko‘rinishlarni tayyorlash bilan ertaliklarga tayyorgarlik ko‘riladi.
Milliy bayramlarimizni boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan birgalikda nishonlash, avvalo o‘quvchilarda ona-Vatanga, tabiat va jonzotlarga nisbatan mexr-muxabbat, gurur va iftixor xissini tarbiyalaydi. Bu kabi ishlarning natijasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining lug‘at boyligi oshadi, dunyoqarashi kengayadi, asosiysi darsda olgan bilimlarini mustahkamlaydi, xotirasida uzoq vaqt saqlab qoladi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, o‘quvchilarni birdamlikka, jamoa bo‘lib ishlashga o‘rgatadi.
Shu boisdan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarda sinfdan tashqari mag‘ulotlarda milliy qadriyatlarimiz namunalarini o‘rganish yuzasidan ertaliklar o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.
Ertaliklar bolalar uchun juda qiziqarli, tarbiyaviy va axloqiy jihatdan ahamiyatga ega bo‘lgan tarbiya vositalaridan biridir. Ertaliklarda deyarli barcha sinf o‘quvchilari ishtirok etadilar. Ularga tayyogarlik ko‘rishning uziyoq bolalarda qiziqishni uygotadi. Bolalar ertalik munosabati bilan she’r, qo‘shiqlar yodlashi, raqs tushishi va albatta milliy qadriyatlarimiz namunalari bilan tanishishi har tomonlama foydalidir.
Biz kuzatishlar olib borayotgan maktablarning aksariyat qismida ertaliklarni o‘tkazishga kam e’tibor beriladi, ba’zi sinflarda umuman o‘tkazilmaydi. Bu sohadagi talab va istaklarni o‘rganib chiqib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida bir-necha bor ertaliklar uyushtirdik.
Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar kulamini kengaytirish maqsadida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining 4-sinflari o‘rtasida savol-javob kechalarini o‘tkazishga qaror qildik. Aynan 4-sinf o‘quvchilarini tanlaganimizdan maqsad, ular bu borada anchagina bilim va ko‘nikmaga egalar. Ayniksa, ular o‘z sinfi «sha’nini» himoya qiladigan darajaga yetganlar. Ta’lim-tarbiya jarayonida bunday tadbirlarning o‘tkazilishi alohida ahamiyatga ega. Birinchidan, bolalarning bekorchi vaqtlari chegaralanadi, shahar maktablarida ta’lim olayotgan bolalarning tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ikkinchidan, bolalar dars davomida olgan bilimlarini mustaxkamlaydilar. Uchinchidan esa, uyushqoqlikka, bilim olishga xavaslari yanada ortadi. Ana shunday bellashuvlardan biri «Mening ona - Vatanim» nomli mavzuda o‘tkazdik. Avvalo sinf o‘quvchilarini ikki guruxga ajratib, ular urtasida, keyinchalik, sinflar o‘rtasida savol-javob kechalarini o‘tkazishga qaror qildik. Bu tadbirni tayyorlash uchun kamida bir oy talab qilinadi. Har ikkala tomon kecha o‘tkaziladigan kunni belgilab olgach, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, maktab direktor va yordamchilari bilan birgalikda kechaning shartlarini belgilab olinadi. Biz ushbu kechani o‘tkazishda quyidagicha shartlarni taklif kilamiz:

  1. Sinflarning o‘zaro tabrigi. (tabriklar Vatan mavzusi asosida tuziladi);

  2. Ifodali o‘kish. (Vatan xaqidagi shoirlarning she’rlarini ifodali o‘qib berish, har bir sinfdan bitta bola o‘qiydi. SHe’rda albatta vatanga e’tiqod tuyhusi ifodalanishi kerak);

  3. Yosh rassomlar ko‘rigi. (ma’lum vakt davomida har bir sinfning bittadan yosh rassomi Vatan manzarasi aks etgan suratni chizib berishlari shart);

  4. Guruh ishtirokchilarining o‘zaro maqollarning aytishuvi (bellashuv Vatan mavzusidagi maqollardan iborat bo‘lishi lozim. Bu bellashuvda guruhning barcha ishtirokchilari qatnashadalar);

  5. Milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarmiz ask etgan ko‘rinish (tanlangan mavzu Vatanga, milliy qadriyatlarga nisbatan hurmatni, e’tiqodni tarbiyalashga qaratilgan bo‘lishi shart. Ko‘rinish davomida uzbek xalq laparlaridan, allalaridan, yor-yorlaridan foydalanish inobatga olinadi);

  6. 5 minut ichida 15 ta savolga javob qaytarish. (savollar O‘zbekiston, uning tarixi, boyliklari, tabiati to‘g‘risida bo‘lishi shart) ya’ni: quyidagi savollar bilan murojaat etildi:

- O‘zbekistonning poytaxti qayer?
- O‘zbekistonda nechta viloyat bor?
- O‘zbekiston madhiyasi kachon va kim tomonidan yozilgan?
- O‘zbekiston madhiyasi musiqasini kim bastalagan?
- O‘zbekiston bayrog‘ida nimalar tasviri va qanday ranglar mavjud?
- O‘zbekiston gerbida nimalar tasviri tushirilgan?
- Amir Temur kim bo‘lgan?
- Bulbul chamanni sevar,
Maqolining davomini ayting ?

  1. - Alisher Navoiy qachon va kayerda tavallud topgan?

  2. - Shiroq kim bo‘lgan?

  3. - Navro‘z bayrami qachon nishonlanadi?

  4. - Qarshi shahridagi tarixiy obidalarni ayting?

  5. - Nega ona – vatan deyiladi?

  6. - Jaloliddin Manguberdi kim ?

  7. - “Kamalak” bolalar tashkilotining vazifalarini ayting ?

  8. Guruhlarning erkin sharti.

Bellashuv biz kutgandan ko‘ra qiziqarliroq o‘tdi. O‘quvchilar qo‘llaridan kelganicha sinflarining g‘alabasi uchun kurash olib bordilar. Ular bellashuv bahonasida ko‘plab Vatan, vatanparvarlik to‘g‘risidagi she’r va maqollarni yod olishgan. Xalq og‘zaki ijodi namunalariga murojaat qilishgan. Bu kabi bellashuv orqali o‘quvchilar dars jarayonida olgan bilimlarini mustahkamlash bilan birga, yuqorida aytganlarimizdan tashqari o‘zlariga nisbatan sinfi oldidagi ma’suliyatni his qiladilar.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, shartlar guruh a’zolaridan astoydil tayrgarlik ko‘rishni, Vatanimiz xaqida to‘la ma’lumotga ega bo‘lishni, savollarga javob berish uchun esa darslik va ko‘llanmalarga murojaat qilishni, vatanga nisbatan e’tiqodni, mehr-muhabbatni namoyon qilishlarini talab qiladi.
Bu kabi tadbirlarni o‘tkazish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchi-larida ijobiy xislatlarning namoyon bulishini kuzatishimiz mumkin. Vatan, Vatanga e’tiqod xaqidagi tushunchalarining yanada boyiganligining guvohi bo‘lamiz.
Xulosa
Xullas, milliy istiqlol g‘oyasi asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida vatanga e’tiqodni tarbiyalash o‘zining quyidagi maqsad, vazifalari va xususiyatlariga ega.
1. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot, huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lida yoshlar ongida mustaqil dunyoqarash va ogohlik hissini kamol toptirish, komil insonni voyaga yetkazish, Vatanga e’tiqodni tarbiyalash bilan uzviy bog‘liq bo‘lib qolaveradi.
2. Ezgulik va bunyodkorlik ishlariga da’vat etadi, jamiyat duch kelgan muammolar yechimini topishga yordam beradi, mamlakatning tez taraqqiy etishi uchun poydevor bo‘ladi.
3. Ajdodlar bilan avlodlar o‘rtasidagi vorislik milliy mafkurada o‘z aksini topadi.
4. O‘sib kelayotgan yosh avlodni buyuk maqsadlar sari birlashtiruvchi va safarbar etuvchi kuch ekanligidadir.
5. Yoshlarning intellektual – ma’naviy salohiyati milliy istiqlol g‘oyalarini qay darajada hayotga tatbik eta olishida, ajdodlar orzu-umidini qay darajada ruyobga chiqara bilishida yakqol namoyon bo‘ladi.
6. Milliy istiqlol mafkurasi yosh avlodni tarbiyalashning beqiyos omilidir.


1


2 To‘rayev B., Ramatov J. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy xususiyatlari, falsafiy va tarixiy ildizlari. – T.: «Ijod dunyosi», 2002, 22-б.

3 Milliy istiqlol g‘oyasi.-T.: «Akademiya», 2005, 368-b.

Download 37.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling