Mustaqil ish mavzu: Coca cola Bajardi: Baxromov X tekshirdi: Odilova D


Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining tarixiy ildizlari, shakllanish bosqichlari


Download 45.62 Kb.
bet7/10
Sana08.06.2023
Hajmi45.62 Kb.
#1462900
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
G‘oyaviy tahdidlardan himoyalanishda tarbiyaviy tadbirlarning roli.

Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining tarixiy ildizlari, shakllanish bosqichlari. Insoniyat tarixida g‘oya va mafkuralar namoyon bo‘lishining asosiy bosqichlari. Tarixiy taraqqiyot jarayonida g‘oya va mafkuralarning o‘zgaruvchan xarakteri. Prezident Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat -engilmas kuch” kitobida g‘oyalar tarixi va falsafasi, milliy g‘oyaning mazmun-mohiyati, shakllanishi va namoyon bo‘lishi haqida. Mifologiya, teologiya va xalq ma’naviy-madaniy qadriyatlarida milliy g‘oya va mafkuraning ifodalanishi. “Avesto” va Zardushtiylikda g‘oyalar takomili. G‘arb mamlakatlarida ilk g‘oyaviy qarashlar va ularning takomil bosqichlari. Sokrat, Platon, Aristotel, Geraklit, Pifagor va boshqa mutafakkirlarning g‘oyalari va ularning ahamiyati. Afina va Rim imperiyasi g‘oyalar tizimi va mafkurasi. Sharq va Markaziy Osiyoda g‘oyalarning namoyon bo‘lishi, ularning gumanistik mohiyati. O‘rta Osiyoda islom dini g‘oyalarining yoyilishi. Xorazmiy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino merosida g‘oyalar masalasi. Temuriylar davri g‘oyalari, Amir Temur, Ulug‘bek, Navoiy, Boburning milliy va umuminsoniy g‘oyalar to‘g‘risidagi fikrlari. G‘arb mamlakatlarida g‘oyaviy qarashlarning takomil bosqichlari. Yevropa ilk o‘rta asrlar va Renessans davri g‘oyalari. Xristianlik g‘oyalari. Xristianlikning salb yurishlari. Tomazo Kampanella, Tomas Morning “Quyosh shahri” haqidagi utopik g‘oyasi. Marks va Engelsning sotsializm g‘oyasi tanazzuli. Yevropada o‘rta asrlarda umumiy makon, milliy mumtozlik, imperial, kolonial va milliy taraqqiyot yo‘llari to‘g‘risidagi g‘oyalar. XV-XVII asrlardagi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar va XVIII va XIX asrlardagi yangi zamon g‘oyalarining shakllanishi. O‘rta Osiyoda XVI-XVIII asrlardagi xonlik va amirliklar davrida g‘oyalar tizimi. XIX asr oxiri va XX asrning 90-yillarida shakllangan g‘oyalar tizimi.

Milliy g‘oya, ijtimoiy taraqqiyot va mafkuraviy jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi. Ijtimoiy taraqqiyot va tarixiy jarayonlarning milliy g‘oyalar shakllanishi ham da amal qilishiga ta’siri. Milliy g‘oya xalqning tarixiy taraqqiyoti asosi. Milliy g‘oya o‘z-o‘zini anglashning mahsuli. Milliy g‘oya mohiyatida xalq manfaatining ifodalanishi. Milliy g‘oya va mafkurani rivojlantirishning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy, huquqiy omillari. G‘oya va mafkuralarning ijtimoiy taraqqiyotdagi roli. Ijtimoiy-siyosiy tuzumlar o‘zgarishida g‘oyaviy-mafkuraviy qarashlarning ahamiyati. Mafkuraviy meros va unda vorisiylikning namoyon bo‘lishi. Tarixiy xotira g‘oya va mafkuraning rivojlanishidagi ijtimoiy ma’naviy omil. Mafkuraviy jarayonlarning ijtimoiy ong shakllaridagi in’ikosi. Individual ongda mafkuraga munosabatning tur li darajalari. Mafkura va g‘oyalarning kundalik voqelik bilan uzviyligi. Axloq va mafkura, din va mafkura, san’at va mafkura mutanosibligi. Ijtimoiy jarayonlarning yo‘nalishlari: iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik, diniy va boshqa g‘oyalarning o‘zaro munosabati. Siyosat va mafkuraning o‘zaro aloqadorligi va farqi. Siyosatning mafkuralashish va mafkuraning siyosatlashtirish oqibatlari. Mafkura amal qilishining psixologik va ijtimoiy-siyosiy mexanizmlari. Siyosiy ijtimoiylashuv va siyosiy tarbiya muammosi. Milliy g‘oyada mentalitetning namoyon bo‘lishi. Mentalitetning fikrlash uslubi va qadriyatlar bilan bog‘liq elementlari. Milliy va umuminsoniy g‘oyalarning individualligi va umumiyligi, integratsiyasi va differensiatsiyasi. O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyoti jarayonida yangi g‘oyalarning takomillashuv jarayoni, unda avlodlararo vorislik va yangilanishning namoyon bo‘lishi. Yangi g‘oyalar tizimidagi ustuvor tamoyillar, ularni amalga oshirishning dolzarb vazifalari. Istiqlolga asoslangan yangi g‘oyalar tizimini takomillashtirish, uning ma’naviy ta’sirchanligi va mafkuraviy samarasini oshirish usullari va yo‘llari.


Download 45.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling