14. 2022–2023-yillarda ommaviy axborot vositalarini qoʻllab-quvvatlash hamda jurnalistika sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlari dasturda belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsan masʼul ekanliklari koʻrsatib oʻtilsin.
15. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A.A. Xodjayev) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-avgustdagi “Oʻzbekiston ijodkorlarini qoʻllab-quvvatlash “Ilhom” jamoat fondini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ–3184-son qarori 2-bandining uchinchi xatboshisidagi, 5-bandining ikkinchi xatboshisidagi, 10-bandidagi hamda qarorga 1-ilovaning oʻn beshinchi xatboshisidagi tegishli kelishikdagi “Jurnalistlar ijodiy uyushmasi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Jurnalistlar uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-avgustdagi “Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–3195-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
18. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori A.A. Xodjayev belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining oʻrinbosari – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot kotibi Sh.I. Asadov zimmasiga yuklansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |