Mustaqil ish mavzu: Ijtimoiy masuliyatli ommaviy axborot vositalari Bajardi: Fakulteti: Tekshirdi
bosh milliy mukofot uchun – avtomobil
Download 117.42 Kb.
|
Ijtimoiy masuliyatli ommaviy axborot vositalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10 foiz, bolalar uchun moʻljallangan
bosh milliy mukofot uchun – avtomobil;
birinchi oʻrin uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari; ikkinchi oʻrin uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 175 baravari; uchinchi oʻrin uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravari; 12 ta ragʻbatlantiruvchi nominatsiyaning har biri uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlansin. Belgilansinki, “Oltin qalam” milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar “Ilhom” jamoat fondi mablagʻlari hisobidan qoplanadi. 5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq: a) barcha davlat organlari va tashkilotlari oʻz muassisligidagi davriy bosma nashrlarning zamonaviy elektron shakli, shu jumladan, mobil ilovalari tegishli davlat organlari va tashkilotlariga 2022–2024-yilda ajratilgan Davlat byudjeti hamda ularning byudjetdan tashqari mablagʻlari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan yaratilishini tashkil etadi, keyingi yillarda ularni modernizatsiya qilish uchun mablagʻ ajratib boradi; b) 2023-yil yanvardan boshlab: davlat organlari va tashkilotlari muassisligida boʻlmagan hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganiga kamida ikki yil boʻlgan davriy bosma nashrlarning zamonaviy elektron shaklini, shu jumladan, ularning mobil ilovalarini yaratish hamda modernizatsiya qilish va bir yil davomida yuritish xarajatlarini qoplash uchun 2026-yil 1-yanvarga qadar har yili eng yaxshi 20 ta loyiha boʻyicha tanlov eʼlon qilinadi. Bunda, har bir tanlov uchun Oʻzbekiston Respublikasining axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha boʻlgan miqdorda mablagʻ ajratiladi; davriy bosma nashrlar, kitob va boshqa matbaa mahsulotlariga masofadan turib obuna boʻlish va ularning buyurtmachigacha oʻz vaqtida yetkazib berilishini kuzatib borish imkonini beradigan “Obuna” yagona elektron platformasi, shu jumladan, uning mobil ilovasi yaratiladi; 2026-yil 1-yanvarga qadar jismoniy shaxslar tomonidan “Obuna” yagona elektron platformasi orqali obuna qilingan ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy, adabiy-badiiy, huquqiy, ilmiy-ommabop davriy bosma nashrlar obuna narxining 10 foiz, bolalar uchun moʻljallangan davriy bosma nashrlar obuna narxining 20 foiz miqdori Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan obunachilarning bank kartalariga bir oy muddat ichida qaytariladi (“Cashback”), reklama xususiyatiga ega boʻlgan davriy bosma nashrlar bundan mustasno. Bunda, ushbu xarajatlar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga qoʻshimcha ajratiladigan Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.X. Shermatov) hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A.A. Xodjayev) 2022-yil yakuniga qadar Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan “Obuna” yagona elektron platformasi, shu jumladan, uning mobil ilovasini yaratsin va elektron toʻlov tizimlari bilan integratsiya qilsin hamda uning doimiy ravishda modernizatsiya qilinishi, texnik qoʻllab-quvvatlanishi va faoliyat yuritishini taʼminlasin. Download 117.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling