Mustaqil ish mavzu: Ijtimoiy masuliyatli ommaviy axborot vositalari Bajardi: Fakulteti: Tekshirdi


 Jurnalistika sohasida kadrlar tayyorlash jarayonini amaliyot bilan integratsiya qilish


Download 117.42 Kb.
bet4/6
Sana28.12.2022
Hajmi117.42 Kb.
#1009096
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ijtimoiy masuliyatli ommaviy axborot vositalari

6. Jurnalistika sohasida kadrlar tayyorlash jarayonini amaliyot bilan integratsiya qilish, kadrlarning malakasini oshirish va jurnalistlarning xorijiy tillarni oʻrganishini ragʻbatlantirish maqsadida 2022-yil 1-sentyabrdan boshlab:
a) oliy taʼlim muassasalarida jurnalistika yoʻnalishi boʻyicha taʼlim beradigan professor-oʻqituvchilarning mualliflik koʻrsatuv va eshittirishlari hamda yirik tahliliy maqolalari ularni moddiy ragʻbatlantirish nuqtayi nazaridan ilmiy maqolaga tenglashtiriladi;
b) ommaviy axborot vositalari tahririyatlari, nashriyotlar, matbaa korxonalari va axborot xizmatlarida kamida besh yil ishlagan hamda ushbu yoʻnalishlar boʻyicha oliy taʼlim muassasalarida dars berayotganOʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlariga ega boʻlgan shaxslar mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlariga koʻra 1-ilovaga muvofiq professor va dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan shaxslarga tenglashtiriladi;
v) oliy taʼlim muassasalari rektorlariga jurnalistika sohasi boʻyicha kadrlar tayyorlash jarayoniga ommaviy axborot vositalarining taniqli va tajribali xodimlarini, sohaning yetuk mutaxassislarini jalb qilish va ular mehnatini oliy taʼlim muassasasining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha ragʻbatlantirish huquqi beriladi;
g) jurnalistika sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasalari kafedralarining ixtisoslashtirilgan boʻlimlari 2-ilovaga muvofiq tashkil etiladi;
d) ommaviy axborot vositalarida kamida bir yil davomida asosiy ish joyi sifatida ishlab kelayotgan jurnalistlar va tahririyat xodimlarining:
xorijiy tillarga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslarida oʻqish xarajatlarining 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan oshmagan qismi kompensatsiya qilinadi. Bunda, ular xorijiy tillar boʻyicha V2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlishi hamda nodavlat taʼlim tashkilotida oʻqish bilan bogʻliq haqiqiy xarajatlarni isbotlovchi hujjatlarni taqdim etishi lozim;
xorijiy tillar boʻyicha V2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlish uchun imtihon topshirish xarajatlari toʻliq kompensatsiya qilinadi.
Bunda, ushbu “d” kichik bandda belgilangan tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

Download 117.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling