2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2022-yil 1-oktyabrdan boshlab bolalar uchun moʻljallangan tele- va radiomahsulotlarni ishlab chiqarish va efirga uzatish boʻyicha har yili eng yaxshi 30 ta loyiha uchun har biri bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravarigacha miqdorda boʻlgan tanlov eʼlon qilinadi. Bu boradagi xarajatlar Axborot
va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga qoʻshimcha ajratiladigan Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
3. Faol jurnalistlarni muntazam ragʻbatlantirish va ular oʻrtasida ijodiy sogʻlom raqobat muhitini rivojlantirish maqsadida har chorakda:
ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan 100 tagacha eng yaxshi material uchun mualliflar (ijodiy guruh aʼzolari) quyidan yuqoriga oʻsib borish tartibida bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha miqdorda pul mukofoti bilan taqdirlanadi;
amaliy va dolzarb ahamiyatga ega boʻlgan 100 tagacha eng yaxshi tahliliy materialni tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish uchun davlat grantlari va davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish boʻyicha tanlov eʼlon qilinadi.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A.A. Xodjayev) eng yaxshi materiallarni keng jamoatchilik va malakali mustaqil ekspertlar tomonidan ochiq va shaffof usulda elektron aniqlash tizimi – maxsus elektron platformani ishga tushirsin.
Belgilansinki, ushbu bandda nazarda tutilgan loyihalarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
4. 2023-yildan boshlab jurnalistlar oʻrtasida har yili anʼanaviy oʻtkazib kelinayotgan “Oltin qalam” milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovni demokratik tamoyillar asosida yanada ochiq va shaffoflik bilan oʻtkazishga eʼtibor qaratilsin, shuningdek, “Oltin qalam” milliy mukofoti sovrindorlari:
Do'stlaringiz bilan baham: |