Mustaqil ish mavzu: kichik biznesni soliqqa tortishning umumiy tavsifi


-rasm O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlariga


Download 0.74 Mb.
bet11/22
Sana10.02.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1184064
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Bog'liq
Kichik biznesni soliqqa tortishning umumiy tavsifi.

4-rasm O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlariga


moliyaviy xizmatlar ko’rsatuvchi tashkilotlar9

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlariga kredit berishni ko`paytirishga oid qo`shimcha chora- tadbirlar to`g`risida” 2011 yil 11 martda imzolangan PQ-1501-sonli Qarori, “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muҳitini shakllantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” 2011 yil 24 avgustda chiqarilgan PF-4354-sonli Farmoni va boshqa bir qator me`yoriy-huquqiy ҳujjatlarga muvofiq, kichik biznes va xususiy
9 Chizma ma’lumotlar asosida muallif tomonidan tuzilgan.
tadbirkorlik sub`ektlari uchun turli imtiyoz va qulayliklar berildi, imtiyozli kreditlash tizimi soddalashtirildi.Xususan:

    • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining kreditlar ajratish haqidagi arizalarini ko`rib chiqish muddati uch bank ish kunidan oshmaydigan muddat qilib belgilandi;

    • tijorat banklariga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlariga kredit berishda kreditning umumiy summasida qarz oluvchining garov ta`minotini rasmiylashtirish bilan bog`liq xarajatlarni hisobga olish huquqi berildi;

    • kichik biznes sub`ektlaridan tijorat banklarida milliy valyutada hisobvaraq ochgani uchun to`lov undirish bekor qilindi;

    • imtiyozli kreditlash hajmini kengaytirishni rag`batlantirish maqsadida tijorat banklarining Imtiyozli kredit berish maxsus jamg`armasi mablag`lari hisobidan kreditlar ajratishdan oladigan daromadlari 2016 yilning 1 yanvariga qadar foyda solig`idan ozod qilindi.

    • Tadbirkorlik faoliyatida soliq va soliqqa tortish eng muhim masalalardan hisoblanadi. Ta`kidlash kerakki, bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida davlatning iqtisodiy vositalardan, xususan, soliqlardan davlat va tadbirkorlik sub’yektlari manfaatini ko`zlab samarali foydalanishini taqozo etadi. Davlat soliqlar orqali tadbirkorlik faoliyatini rag`batlantiradi, ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishga yordam beradi, mahsulotlar, ishlar xizmatlarning hajmi ko`payishiga sharoit yaratadi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholining turmush darajasini yaxshilash, iste`mol bozorini barqarorlashtirish, O`zbekistonning iqtisodiy jihatdan jahon hamjamiyatiga qo`shilishi yuzasidan muhim qadamlar qo`yildi. Bu borada davlatning soliq siyosati, soliqlarning roli katta ahamiyatga ega bo`ldi. Iqtisodiy munosabatlar davrida soliqlar, yig`imlar va bojxona to`lovlarini o`z vaqtida hamda to`la amalga oshirish respublika budjetini vujudga keltirishda muhim rol o`ynaydi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti ta`kidlaganidek, «Respublikada
shakllanayotgan soliq tizimi o`ziga juda katta e`tibor jalb qilmoqda. Barchamizga ayonki, soliqlar davlat va mahaliy budjetlarni to`ldirishda asosiy manba hisoblanadi. Soliqlar xo`jalik faoliyatining barcha yo`nalishlarini o`ziga jalb qilish bilan birga, ular har bir sohaga va korxonaga alohida munosabatni ta`minlashi kerak. Men o`ylaymanki, soliqlarning oshirilishi na davlatga, na jamiyatga foyda keltirmasligini biz to`liq anglab olishimiz lozim. Soliqlar daromadning bir qismini qamrab olishidan tashqari, ular har tomonlama xalq xo`jaligi va aholiga kerakli bo`lgan mahsulot va tovarlarni ko`proq va yaxshiroq ishlab chiqaraman, degan tashkilotlar va fuqarolarni rag`batlantirishi lozim»8.
Kichik biznesni ustuvor sur’atlar bilan rivojlantirish masalasini O‘zbekiston Respublikasi rahbariyati o‘zining soliq siyosatining eng asosiy vazifalari qatoriga qo‘yadi. Kichik biznesning rivojlanish sur’atlarini jadallashtirishga qaratilgan choralarining asosiylaridan biri bo‘lib, ularni soliqqa tortishning eng samarali tartiblaridan biri bo‘lgan soliqqa tortishning soddalashtirilgan tartibiga o‘tkazish hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasida soliqqa tortishning soddalashtirilgan tartibiga o‘tkazilgan yuridik shaxslarning eng ko‘p qismi «yagona soliq to‘lovi» to‘lovchilari bo‘lib, ular barcha tarmoqlarning kichik biznes sub’yektlarini va undan tashqari, miqyosidan qat’i nazar, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini hamda lotereyalar tashkil qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish doirasidagi yuridik shaxslarni o‘z ichlariga oladilar.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida «Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi - soliq to‘lovchilarning ayrim toifalari uchun qo`llaniladi va yagona soliq to‘lovini, yagona yer solig‘ini hamda tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliqni hisoblab chiqarish hamda to‘lashning maxsus qoidalari qo‘llanilishini, shuningdek, mazkur oliqlar bo‘yicha soliq hisoboti taqdim etilishini nazarda tutadi»10- deb keltirilgan.

10 O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. Rasmiy nashr. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. -T.: Adolat, 2010. -349 b.


«Yagona yer solig‘i» to‘lovchilarining miqyosi ancha tor bo‘lib, bu soliq to‘lovchilari qatoriga faqatgina qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining tajriba- eksperimental xo‘jaliklari va ta’lim muassasalarining o‘quv-tajriba xo‘jaliklari kiradi.
«Qat’iy belgilangan soliq» to‘lovchilari qatoriga faoliyatning ayrim turlarini tavsiflovchi fizik ko‘rsatkichlardan kelib chiqqan holda soliq solinadigan ayrim faoliyat turlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar kiradi.
Yagona soliq to‘lovi to‘lovchilari davlatning budjetdan tashqari maxsus jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan ham ozod etilgan, ammo yagona yer solig‘i to‘lovchilari – ozod etilmaganlar.
O‘zbekistonda soliqqa tortishning soddalashtirilgan tartibiga o‘tkazilgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar to‘lovchi soliq tushumlari Respublika budjeti daromadlarini va ayniqsa, to‘g‘ri soliqlarni shakllantirishda sezilarli o‘rin tutadi. (2,3-jadval va 5 - rasmlar).

  1. Download 0.74 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling