Mustaqil ish mavzu: kichik biznesni soliqqa tortishning umumiy tavsifi
jadval Davlat budjeti daromadlari tarkibida yagona soliq to‘lovining tutgan o‘rni
Download 0.74 Mb.
|
Kichik biznesni soliqqa tortishning umumiy tavsifi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2012-yilda budjet jami daromadining tarkibi (foizlarda) 13
jadval Davlat budjeti daromadlari tarkibida yagona soliq to‘lovining tutgan o‘rni,foizlarda11
Yagona soliq to‘lovining to‘lovchilari bo‘lgan mikrofirmalar va kichik korxonalarning respublika budjeti daromadlaridagi va to‘g‘ri soliqlar tarkibidagi ulushlari o‘sish o‘rniga pasaygan, ya’ni 2012-yilda yagona soliq to‘lovining ulushi budjet jami daromadlarida 2005-yildagi 2,44 foizdan 1,83 11 O‘zbekiston Respublikasi Моliya vazirligi ma’lumotlari аsоsidа tuzilgan. foizgacha, to‘g‘ri soliqlardagi ulushi esa 9,32 foizdan 7,93 foizgacha pasaygan. Buning sabablari – yagona soliq to‘lovi tushumlarining yillik o‘sish sur’atlarining nisbatan pastligidadir. jadval Davlat budjeti daromadlari tarkibida qat’iy belgilangan soliqning tutgano‘rni, foizlarda12
2012-yilda budjet jami daromadining tarkibi (foizlarda) 135-rasm 24% 2,3-jаdvаl hаmdа 5- rаsmlаrdаn кo‘rinib turibdiki, sоliqqа tоrtishning sоddаlаshtirilgan tartibida to‘lanadigan yagona soliq to‘lovi 2012-yilda budjet jami daromadining 1,83 foizini, to‘g‘ri soliqlarning esa 7,93 foizini bеrgаn. 12 O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlari asosida tuzilgan . jadval Yagona soliq stavkalarining o’zgarish dinamikasi(foizlarda)14
Soliqqa tortishning soddalashtirilgan tartibida qo‘llaniladigan yagona soliq to‘lovi umumbelgilangan tartibdagi quyidagi umumdavlat va mahalliy soliqlar hamda yig‘imlarning: yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i; qo‘shilgan qiymat solig‘i; suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; mol-mulk solig‘i; yer solig‘i; obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i hamda davlatning byudjetdan tashqari: pensiya jamg‘armasiga; respublika yo‘l jamg‘armasiga; ta’lim muassasalarini qayta ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga ajratmalar o‘rniga faqat bitta o‘zi to‘lanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21– dekabrdagi 469-sonli «O‘zbekiston Respublikasining 1997-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida»gi qarori va undan keyingi qonunchilik hujjatlariga binoan kichik biznes sub’yektlariga soliqqa tortishning xohlagan tartibini tanlash huquqi berilgan, ya’ni ular xohlasalar soliqqa tortishning umumbelgilangan tartibida, xohlasalar sоddаlаshtirilgan tartibida ishlashlari mumkin. Soliqdan hozirgi kunda tadbirkorlarga juda ketta yengilliklar berilmoqda. 14 Jadval ma'lumotlar asosida muallif tomonidan tuzilgan. Lekin shunga qaramay soliqdan qochish holatlariyam uchrab turadi. Soliq qonunlarini buzilishida qo'llaniladigan jarimalarning turli mamlakatlarda turli xil (og'irroq va engilroq) bo'lishi, awalo o'sha mamlakatning rivojlanish darajasiga, daromadlarning taqsimlanishi va qayta taqsimlanishiga, pul inflyatsiyasiga, ishsizlik darajasi va boshqa iqtisodiy elementlarga bog'liqdir. Soliqlarni to'lashdan bo'yin tovlash deganda tadbirkorlar soliq idoralarida ro'yxatdan o'tmay va soliq to'lashdan bo'yin tovlaydigan faoliyatlari tushuniladi. Bunday faoliyatlar ochiq oshkor tusda ham bo'lishi mumkin. Bunda soliq to'lovchilar soliq idoralaridan ro'yxatdan o'tadilar, tegishli hisob-kitob va soliq hisobotlarini topshiradilar, lekin olgan daromadlarini hisobotlarda to'liq ko'rsatmasdan bir qismini yashiradilar. Soliq to'lovchilar umuman tegishli idoralardan ro'yxatdan o'tmay, hech qanday soliq to'lamasdan yashirin faoliyat olib borishlari ham mumkin. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling