Mustaqil ish mavzu: kichik biznesni soliqqa tortishning umumiy tavsifi


jadval G'arb ekspertlarining ma'lumotlariga qaraganda, yalpi milliy


Download 0.74 Mb.
bet13/22
Sana10.02.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1184064
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
Bog'liq
Kichik biznesni soliqqa tortishning umumiy tavsifi.

jadval G'arb ekspertlarining ma'lumotlariga qaraganda, yalpi milliy


mahsulotda hufiya iqtisodiyotning hajmi.15





Davlatlar nomi.

Yalpi ichki mahsulotga
nisbatan %larda

1

Belorusiya

18-25

2

Bolgariya

29-32

3

Qozog’iston

35-40

4

Rossiya

40-45

5

Ukraina

45-48

6

Ozarbayjon

58-68

7

Gruziya

64-69

Moliyaviy jarimalar - soliq organlari tomonidan soliqqa tortish to'g'risida amaldagi qonunlarga rioya qilmaydigan soliq to'lovchilar va mansabdor



15 Jadval ma’lumotlar asosida muallif tomonidan tuzilgan.


shaxslarga davlat yo'li bilan iqtisodiy ta'sir o'tkazish quroli bo'lib, foyda va daromalarni yashirganlik uchun, soliq summalarini o'z vaqtida o'tkazmaganlik, buxgalteriya hisob - kitoblarini olib bormaganlik va tegishli hisobotlarni muddatlarida topshirmaganliklari uchun byudjetga undiriladigan moliyaviy mablag'lar.
Jarimalar to'lovchilarga qonuniy tarzda yuklatilgan majburiyatlarini bajarmaganliklari uchun qo'llaniladi. Soliq qonunlarini bo'zuvchilarga nisbatan davlat majbur qilish choralarini qo'llashi ham mumkindir.
Yuridik javobgarlik murakkab huquqiy hodisa bo'lib, uning mohiyati, tushunasi va mazmuni haqida ko'p bahslar bormoqda yu bu bahslarning mohiyatiga chuqurlashmagan holda yuridik javobgarlik - jismoniy yoki yuridik shaxsning huquqiy norma sanktsiyasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun muayyan shaxsiy yoki mulkiy nomaqbul oqibatlarni boshdan kechirishga majburligidir.
Yuridik javobgarlik hamma vaqt qonunbuzarlarga nisbatan muayyan salbiy oqibatlar keltirish bilan bog'liq bo'lib, salbiy oqibatlar deganda har qanday noqulay natija, masalan, litsenziya yoki erkinlikdan mahrum qilish, jarima yoki ishdan bo'shatish kadbilar tushuniladi.
Ma`muriy javobgarlik bu – soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzilishida olib boriladigan soliq ish yurituvida eng keng darajada qo`llaniladigan javobgarlikning turidir. Soliq organlari shuningdek dastlabki surishtiruv organi bo`lgani uchun O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksining 264-moddasiga muvofiq, davlat soliq organlariga ushbu Kodeksning 164-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 165, 168- moddalari, 171-moddasining ikkinchi, uchinchi va to`rtinchi qismlarida, 172, 174-moddalari, 175-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi va turtinchi qismida, 176-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ishlar taalluqlidir. Davlat soliq organlarining boshliqlari va ularning o`rinbosarlari davlat soliq organlari nomidan ma`muriy
huquqbuzarliklar to`g`risidagi ishlarni ko`rib chiqish va ma`muriy jazo chorasini qo`llanishga haqlidirlar.




Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling