Mustaqil ish mavzu: kichik biznesni soliqqa tortishning umumiy tavsifi


BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA KICHIK BIZNES SUB’YEKTLARI FAOLIYATINI SOLIQQA TORTISHNING HOZIRGI DAVR XUSUSIYATLARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI


Download 0.74 Mb.
bet16/22
Sana10.02.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1184064
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Bog'liq
Kichik biznesni soliqqa tortishning umumiy tavsifi.

BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA KICHIK BIZNES SUB’YEKTLARI FAOLIYATINI SOLIQQA TORTISHNING HOZIRGI DAVR XUSUSIYATLARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI.


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng muhim ustuvor yo’nalishlaridan biridir. O’tgan qisqa davr mobaynida mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlamntirishning iqtisodiy va huquqiy asoslari yaratilib, bu borada O’bekiston Respublikasining bir qator qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari hamda Vazirlar Mahkamasining bu soha faoliyatiga doir qaror va me’yoriy hujjatlari qabul qilinganligini qayd etish maqsadga muvofiqdir. Ushbu huquqiy me’yoriy hujjatlar natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarining ijtimoiy-iqtisodiy holati ham ijobiy tomonga o’zgardi.Shu jumladan, “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” davlat Dasturid kichik biznesning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish sohasida birgina 2011 yilning birinchi yarim yilligida “Xususiy mulkni himoyalash va mulkdorlr huquqlarining kfolatlari to’g’risida”, “Tadbirkorlik faoliyti sohasida ruxsat berish shart-sharoitlari to’g’risida”, “Oilviy tadbirkorlik to’g’risida” yangi Qonun loyihalarini, shuningdek “Tadbirkorlik faoliyati erkinliklarining kafolatlari to’g’risida” gi Qonunning yangi tahrirdagi loyihasini hamda “Soliq kodeksi”ga, “Ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash to’g’risida”gi va “Lizing to’g’risida”gi. Qonunlarga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish bo’yicha qulay shart-sharoitlarni yaratish bilan bog’liq o’zgartirish va qo’shimchalarni kiritish yuzasidan tegishli qonun loyihalarni ishlab chiqish vazifalari belgilangan.


Ilmiy tahlillarimiz ko‘rsatishicha, hozirgi kunga qadar mamlakatimizda davlatning kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashi asosan quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirib kelindi:

  • mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi uchun lozim bo‘lgan huquqiy-me’yoriy asos yaratildi;

  • kichik biznesning rivojlanishida ustuvorliklar belgilandi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning Dasturi ishlab chiqildi va joriy etilmoqda;

  • kichik biznesning rivojlanishiga yordam beruvchi bozorinfratuzilmasiga asos solindi;

  • imtiyozli soliq, subsidiyalar, davlat va byudjetdantashqari fondlardan beriladigan imtiyozli kreditlar, xalqaromoliya institutlari kreditlarini jalb etish kichik biznesrivojlanishini rag‘batlantiradi;

  • huquqiy va jismoniy shaxslarga xorijiy va milliyvalyutada mikrokredit berish mexanizmi ishlab chiqildi vajoriy etilmoqda.O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlariga kredit berishni ko`paytirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” 2011 yil 11 martda imzolangan PQ-1501-sonli Qarori, “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muҳitini shakllantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” 2011 yil 24 avgustda chiqarilgan PF-4354-sonli Farmoni va boshqa bir qator me`yoriy- huquqiy ҳujjatlarga muvofiq, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari uchun turli imtiyoz va qulayliklar berildi, imtiyozli kreditlash tizimi soddalashtirildi.

Bundan tashqa kichik biznesni rivojlantish uchun Korxonalar o‘rtasida kooperatsiya aloqalari mustahkamlanmoqda, bu jarayonga kichik korxonalar va xususiy biznes sub’yektlari tobora keng jalb qilinmoqda.
Tashqi qarzlar asosan uzoq muddatga, iqtisodiyotning strategik tarmoqlarini modernizatsiya qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun jalb qilinmoqda.
Kichik biznes sub’yektlari va mikrofirmalar uchun yagona soliq to‘lovi 5%gacha tushirildi.
Bularning natijasi o’laroq kichik biznes mamlakatimizda juda jadal suratlar bilan rivojlanmoqda. Yangi ish o’rinlari yaratilishi, raqobat oshib bozor sifatli mahsulotlar bilan to’lishi, aholining daromadlarini oshirish, aholi turmushini yaxshilash bilan bir qatorda mamlakat iqtisodiyotida juda kata ijobiy o’zgarishlar ro’y berishiga o’z hissasini qo’shmoqda. Buni quyidagi jadvalda ham ko’rishimiz mumkin.




Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling