Mustaqil ish mavzu: kichik biznesni soliqqa tortishning umumiy tavsifi


Download 0.74 Mb.
bet18/22
Sana10.02.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1184064
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Kichik biznesni soliqqa tortishning umumiy tavsifi.

III bob bo’yicha xulosalar


Kichik biznes sub’yektlarini moliyalashtirish mexanizmini rivojlantirish chora-tadbirlarining samarali amalga oshirilishi; yangi ish o’rinlari barpo etish asosida ishsizlar sonini qisqartirish va aholi bandligini ta’minlashga; respublikamizning barcha mintaqalaridagi mikromoliyaviy xizmatlarga muhtoj aholini to’liq qamrab oluvchi mikromoliyalashning zamonaviy tizimini yaratishga; kam ta’minlangan, biroq iqtisodiy faol aholi qatlamini va yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish orqali istiqbolda o’rta mulkdaorlarning keng qatlamining shakllanishiga; tijorat banklari nobank kredit tashkilotlarining kichik biznes sub’yektlari mikromoliyalash hajmlarini ko’paytirishga; mikromoliyaviy sektor va uning infratuzilmasini barqaror rivojlantirishga davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda kichik biznesning hissasini oshirishga, pirovardida, mikroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikning mustahkamlanishiga va barqaror iqtisodiy o’sishga imkoniyat yaratadi.

Xulosa va takliflar.


Ushbu ishda rejalashtirilgan barcha bob va paragraflarni o’rganish, xorijiy investitsiyali korxonalarga taalluqli bo’lgan statistik ma’lumotlar hamda amaliy ko’rsatkichlarni taqqoslama tahlil qilish, shuningdek, hozirgi kunda korxonalar investitsion faoliyatidagi moliya-soliq munosabatlarini muvofiqlashtirib turuvchi qonunlar, qarorlar va me’yoriy yo’riqnomalarni tadqiq etish natijasida quyidagi ilmiy xulosalarga keldik.
Tadbirkorlik va biznes iqtisodiy faoliyatning bir turi bo‘lib, bu tushunchalar xususiy shaxslar, korxona, tashkilotlar tomonidan daromad olish maqsadida o‘zining va shartnomadagi sheriklarining manfaatlarini ko‘zlab, ishlab chiqarish, tovar sotib olish va sotish yoki boshqa tovarlar, xizmatlarni amalga oshiri yoki pulga ayirboshlash kabi erkin xo‘jalik yuritish faoliyatini yuritishni bildiradi. Kichik biznessubektlari huquqiy maqomi, band bo‘lgan xodimlar soni, mulkchilik shakli, faoliyat yo‘nalishi, faoliyatning tarmoq yo‘nalishlari bo‘yicha bir qancha shakllari mavjud.
Kichik biznes faoliyatini rejalashtirish - boshqaruv jarayonining dastlabki bosqichlaridan biri bo‘lib, u maqsadni amalga oshirish, rivojlantirishda yo‘nalishni belgilash demakdir. Har qanday firma o‘z faoliyatini puxta va yaxshi rejalashtirishi kerak chunki, firmaning omon qolishi va foyda ko‘rishi shunga bog‘liq bo‘ladi.Rejlashtirishda maqsadni aniq belgilash,biznes loyihalarini texnik-iqtisodiy asoslash, maslahatchilar xizmatidan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. Kichik biznesga tadbirkorlik loyihalarining taqrizchilarni jalb etish, ayniqsa, muhimdir.
Insonning har qanday faoliyati, shu jumladan ishbilarmonlik ham, etika va huquqiy o‘lchovlari bilan baholanadi
Tadbirkor bo‘lishga axd qilgan kishi, o‘zining imkoniyatlari, qobiliyatlari, shu jumladan o‘z izlanuvchilik qobiliyatini aniq o‘lchay bilishi kerak Biznes - bu ishni chuqur bilish, kundalik tinimsiz mehnat, bir me’yordagi iqtisodiy sharoitdagi yuz beradigan doimiy raqobat, unga faqat o‘z ishining ustasigina turib bera oladi.
Boshqarish san’ati tadbirkor raxbarlardan talab qilinadigan xislatlardan eng asosiysi bo‘lib, uning uz qo’l ostidagi xizmatchilar bilan juda yaxshi munosabat urnatish, korxonada ishlab chikarishning eng samarali natijalarini beradigan muhitni yaratishidadir.
Kichik biznes subyektlarining moddiy-texnika resurslaridan, xom ashyo va materiallardan foydalana olish imkoniyatlarini kengay-tirish, asbob- uskunalar, transport va boshqa ishlab chiqarish vosita-larini sotib olishlarida lizing eng samarali vositalaridan biridir. O‘zbekiston iqtisodiyotini ko‘tarish uchun lizing kompaniyalari bilan asosli bitimlar tuzish va shu orqali sanoatni, ishlab chiqarishni rivojlantirish mumkin. Tarixdan ma’lum, sanoati va ishlab chiqarishi samarali va yuqori darajadagi davlatlarda rivojlanish darajasi va iqtisodiy o‘sish yuqori bo‘lgan.
Kichik biznes subyektlarini kundalik amaliyotida marketingni strategik masalalarini amalga oshirishni quyidagi yo‘nalishlarida olib boradi: bozor muhiti to‘g‘risida axborotni o‘z vaqtida olish va uni to‘g‘ri tahlil qilish; marketing maqsadlarini to‘g‘ri qo‘yish va ularga erishishning asosiy yo‘llari; resurslarni maqsadlar bilan, maqsadlarni esa iste’molchilar talabi bilan maqbul birlashtirish.
“Bozor koalitsiyasi”asosidagi marketing tashkiliy struktura bir maqsadni amalga oshirish uchun birlashgan mustaqil kompaniyalar birlashmasidan iborat bo‘lib, ular o‘z ichiga ushbu kompaniyalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi koordinator va ma’lum maxsus funksiyalarni bajaruvchi elementlarni oladi.
Korxonalar to‘laydigan soliq turlari, ularning ixtisoslashuviga, miqyosiga, nizom jamg‘armasi miqdori va tarkibiga korxona bo‘yicha to‘lanadigan soliq turlari, soliqlardan beriladigan imtiyozlar kabi ko‘rsatkichlarga bog‘liq: - korxonalar miqyosiga qarab korxonalar umumbelgilangan yoki soddalashtirilgan soliqqa tortish tartibiga kiritilishi mumkin;

  • ishlovchilar tarkibiga qarab korxonalar barcha soliq turlarini to‘lashi mumkin, ayrim soliq turlaridan yoki barcha soliqlardan ozod etilishi mumkin. Masalan,

ayrim korxonalarda ishlovchilarning yarmi yoki undan ko‘p qismini nogironlar tashkil etsa, soliqlardan ozod etilishi mumkin;

  • Nizom jamg‘armasining tarkibiga qarab korxonalar soliqlardan to‘la yoki qisman, doimiy yoki vaqtinchalik ozod etilishi mumkin.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling