Mustaqil ish mavzu: kichik biznesni soliqqa tortishning umumiy tavsifi


Yuridik javobgarlikning belgilari va jihatlari16


Download 0.74 Mb.
bet14/22
Sana10.02.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1184064
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Bog'liq
Kichik biznesni soliqqa tortishning umumiy tavsifi.

Yuridik javobgarlikning belgilari va jihatlari16


6-rasm







O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 131-moddasiga muvofiq soliq to`lovchilar bilan soliq organlari o`rtasidagi nizolar yuqori soliq organlari va sud tomonidan ko`rib chiqiladi.

Soliq to`lovchiga nisbatan soliq organining chiqargan ma`muriy javobgarlikka tortish haqidagi qarori ustidan soliq to`lovchi tomonidan yuqori soliq organlariga yoki soliq organi joylashgan joydagi sudga 10 kun muddat ichida

shikoyat qilishi mumkin.

Moliyaviy sanksiyalarning qo’llanishi17




7-rasm


Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, soliq munosabatlarida qonun va qoidalarni hurmat qilish va unga amal qilish har bir sub'ektning ham ma'muriy ham moliyaviy jarimalardan holi qiladi va yanada rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko’rsadi.
Soliq tartibiga rioya qilish, soliq savotligi, davlat va fuqaro o`rtalaridagi munosabatlarning soliq madaniyati, bu munosabatlarning garmonizatsiyalashi yangi mentalitetni tashkillantirilishida muhim ahamiyatga ega bo`lib, davlat xazinasini so`zsiz to`ldirilishi kafolatidir.


    1. Milliy iqtisodiyotda kichik biznes sub’yektlari faoliyatining amaldagi holati tahlili.





Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi asosida ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga

qaratilgan huquqiy asoslar takomillashtirildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”, “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”, “Raqobat to‘g‘risida”, “Tadbirkorlik sub’yektari faoliyatini tekshirishlar qisqartirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlarning qabul qilinishi tadbirkorlik faoliyatiga yanada keng yo‘l ochdi.
Davlatimiz rahbarining 2011-yil 24 avgustda qabul qilingan “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2012-yil 10 aprelda imzolangan “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonlari asosida tadbirkorlar, shu jumladan, xorijiy investorlarning huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini kuchaytirish bo‘yicha bir qancha imtiyozlar, afzalliklar va kafolatlar belgilandi.
Jumladan, tadbirkorlik sub’yektarining davlat, huquqni muhofaza etuvchi va nazorat qiluvchi organlar bilan o‘zaro munosabatlarida tadbirkorlar huquqlarining ustuvorligi tamoyili qonun darajasida belgilanib, me’yoriy- huquqiy hujjatlardagi bartaraf etib bo‘lmaydigan barcha ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlar foydasiga talqin qilinishi tartibi joriy etildi.
Tadbirkorlik sub’yektlarini ro‘yxatga olish, ularni muhandislik- kommunikatsiya tarmoqlariga ulash, eksport tovarlarini bojxonada rasmiylashtirish tartib-taomillari soddalashtirildi va arzonlashtirildi. Kichik biznes sub’yektarida ular ro‘yxatga olingan paytdan boshlab uch yil mobaynida soliqqa oid rejali tekshirishlar o‘tkazilishini taqiqlovchi tartib joriy etildi. 2012- yildan boshlab sanoat sohasida faoliyat yuritayotgan mikrofirma va kichik korxonalarning yagona soliq stavkasi 6 foizdan 5 foizga kamaytirildi.
Soliqlarni va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lab kelayotgan, shuningdek, ishlab chiqarish sur’atlarining barqaror o‘sishi va rentabelligini ta’minlayotgan kichik tadbirkorlik sub’yektarining moliya-xo‘jalik faoliyatini
soliq sohasida tekshirish 2014-yilning 1 apreligacha taqiqlandi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektarining o‘z haq-huquqlarini himoya qilishini osonlashtirish maqsadida xo‘jalik sudlariga murojaati xarajatlari kamaytirildi. Endi ular da’vo arizalari berishda davlat boji stavkalarining 50 foizini to‘laydigan bo‘ldi.
Hozirgi vaqtda kichik biznes sub’yektari har chorakda faqat bitta soddalashtirilgan statistik hisobotni taqdim etadi, moliya hisoboti esa yiliga bir marta topshiriladi. Tadbirkorlik sub’yektarining 78 foizdan ko‘prog‘i soliq hisobotini elektron ko‘rinishda taqdim etmoqdalar.
Prezidentimizning joriy yilning iyul oyida qabul qilingan “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari biznes sub’yektarini tashkil qilishni soddalashtirish va ularning yanada erkin faoliyat yuritishini ta’minlashda navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.
Ushbu hujjatlarda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan shaxslarga litsenziya va ruxsat berish tartibini soddalashtirish hisobiga ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, biznesni yuritish shart-sharoitini baholashning jahon amaliyotida qabul qilingan tizimini joriy etish, qulay ishbilarmonlik va investitsiya muhitini qaror toptirish bo‘yicha keng ko‘lamli vazifalar belgilandi.
Farmonda 2014-yil oxiriga qadar barcha tadbirkorlik sub’yektlarini statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni topshirishning elektron tizimiga to‘la o‘tkazish, shuningdek, 2012-2016-yillar mobaynida litsenziya va ruxsatnomalarni olish uchun internet tarmog‘i orqali ariza berishning elektron shakllarini joriy etish belgilangani ularning emin-erkin faoliyat yuritishlari uchun yana bir qulaylikdir.
“Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonda ham bozor
islohotlarini yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirishning g‘oyat muhim vazifalari belgilab berildi.
Xususan, 2013-yilning 1 yanvaridan boshlab tadbirkorlik sub’yektari tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida bank hisobvaraqlariga masofadan turib xizmat ko‘rsatish tizimi, shu jumladan, “Internet-banking” xizmati orqali soliqlarni va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash, yuklarni bojxonada rasmiylashtirishda tadbirkorlik sub’yektari tomonidan tovarlarni deklaratsiya qilish, “yagona oyna” tamoyili bo‘yicha yuridik shaxslarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan egalik huquqlarini ro‘yxatga olish, tadbirkorlik sub’yektarining da’vo arizalari va iltimosnomalarini xo‘jalik sudlariga berish tartib-taomillarini o‘z xohishlariga ko‘ra elektron shaklda amalga oshirish huquqini beruvchi tartibni o‘rnatish nazarda tutildi.
Bu esa tadbirkorlarning bank, soliq, bojxona idoralari va xo‘jalik sudlari bilan munosabatlarda interaktiv xizmatlardan foydalanishiga keng yo‘l ochadi. Hozirda ko‘pgina tadbirkorlar moliyaviy amaliyotlar uchun tegishli muassasalarga qatnab, qimmatli vaqtini sarflayotgan bo‘lsalar, “Internet- banking” tizimidan foydalanish ularga o‘z hisob raqamlarini masofadan turib boshqarish, soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni elektron shaklda to‘lash imkoniyatini beradi.
2013-yil 1 iyundan xo‘jalik sudiga da’vo arizasi, iltimosnoma va ularga ilova qilinadigan hujjatlar bilan ma’lumotlar almashinuvining elektron vositalari orqali murojaat qilish huquqini, shuningdek, sud muhokamasi ishtirokchilarini xabardor qilish va ularga sud hujjatlarini va boshqa xat-xabarlarni ma’lumotlar almashinuvining elektron vositalari orqali yuborish imkoniyatini ko‘zda tutuvchi elektron hujjatlar almashinuvini xo‘jalik sudlarida joriy etish esa tadbirkorlar uchun katta qulaylik yaratishi shubhasizdir.
“Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonga asosan, 2012-yilning 1 avgustidan boshlab statistika, moliya, soliq va boshqa turdagi hisobotlarni hamda ularning davriyligini
qisqartirish, shuningdek, 80 ta ruxsat beruvchi tartib-qoidalar, faoliyatning 15 turini litsenziyalash bekor qilindi, statistika, soliq hisobotini va boshqa hisobotlarni taqdim etish shakllari va davriyligi 1,5-2 baravarga qisqartirildi. Bu 2012-yilda kichik biznesning 23 mingtadan ortiq yangi sub’yektari tashkil etilishiga ko‘maklashdi. Yalpi ichki mahsulotda kichik biznes ulushi 54,6 foizgacha o‘sdi, uning eksporti hajmi esa 2,2 milliard dollardan ortiq bo‘ldi.
O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi tomonidan mamlakatning 2013 yil yanvar-martdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlari bo'yicha tayyorlagan ma'lumotlarga ko'ra, 2013 yil yanvar-mart oylarida YaIM o'sishi 2012 yilning shu davriga nisbatan 7,5 foizni tashkil qildi. Shu jumladan, YaIM umumiy hajmining 40,5 foizi (2012 yil 1-choragida – 39,9 foiz) kichik biznes sub’yektari tomonidan ishlab chiqarildi.
Hech kimga sir emaski, hayot darajasi, birinchi navbatda, aholining daromadlari miqdori bilan belgilanadi. O‘tgan 2012-yilda bu ko‘rsatkich yurtimizda 17,5 foizga o‘sdi, eng kam ish haqi 26,5 foizga oshdi.
Umuman olganda, 2000-yil bilan taqqoslaganda, real daromad aholi jon boshiga 8,6 barobar ko‘paydi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, o‘rtacha ish haqi iste’mol savatchasi bahosidan 4 barobardan ziyod oshdi.
2013-yilda byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqa va stipendiyalar miqdorini o‘rtacha 23 foizdan kam bo‘lmagan darajada oshirish, 2013-yilda va keyingi ikki yilda aholi real daromadlarini kamida bir yarim barobar ko‘paytirish vazifasi qo‘yilmoqda.
Mamlakatimizda aholi daromadlarining oshib borishi bilan uning tarkibi o‘zgarib, tadbirkorlik faoliyatidan olinayotgan daromad barqaror o‘sib borayotgani alohida e’tiborga molikdir.
O‘tgan 2012-yilda ushbu ko‘rsatkich 51 foizni tashkil qildi, boshqacha aytganda, odamlarimiz daromadining yarmidan ko‘pi birinchi navbatda tadbirkorlik, kichik va xususiy biznes hisobidan shakllanmoqda.
2012-yil 1-yanvar holаtigа ko‘ra, O‘zbekistonda ro‘yxаtdаn o‘tgаn kichik biznes sub’yektаrining soni (fermer xo‘jаliklаridаn tаshqаri) 247,2 mingtаni
tаshkil etdi.
2013 yil 1 yanvar holаtigа ro‘yxаtdаn o‘tgаn kichik biznes sub’yektlаrining soni (fermer xo‘jаliklаridаn tаshqаri) 249 915 tаni tаshkil qildi. Korxonаlаr vа tаshkilotlаr yagonа dаvlаt registri mа’lumotlаr bаzаsidа
2013 yil 1 aprel holаtigа ro‘yxаtdаn o‘tgаn kichik biznes sub’yektlаrining soni (fermer xo‘jаliklаridаn tаshqаri) 248 974 tаni tаshkil qildi.
2013 yilning yanvаr-mart oylаridа 7 164 tа kichik biznes sub’yektlаri yangidаn tаshkil etilgаn bo‘lib, ulаrning 4 674 (65,2%) ishlаb chiqаrish sohаsigа (shu jumlаdаn 2004 - tаsi sаnoаtdа), 2490 tаsi (34,8%) noishlаb chiqаrish (xizmаt ko‘rsаtish) sohаsigа to‘g’ri kelаdi.

  1. Download 0.74 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling