Mustaqil ish mavzu: kichik biznesni soliqqa tortishning umumiy tavsifi


Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi


Download 0.74 Mb.
bet2/22
Sana10.02.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1184064
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Kichik biznesni soliqqa tortishning umumiy tavsifi.

Kirish


Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi. Bugungi kunda dunyodagi rivojlanayotgan barcha davlatlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish davr talabiga aylangan.
Ma’lumki, iqtisodiyotni boshqarishning ma’muriy-buyruqbozlik va rеjalashtirishga asoslangan tizimi hukmronlik qilgan davrida tadbirkorlikning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilishda hamda iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati inkor etib kеlindi. O’tgan sobiq Sho’ro davrida kishilar ongiga kichik ishlab chiqarish, хususiy tadbirkorlik kapitalizm illati dеb singdirildi. Natijada tadbirkorlik turli ma’muriy yo’llar bilan chеklandi. Хususiy ishlab chiqarish bilan shug’ullanish faoliyati qonun orqali ta’qiqlandi. Ishlab chiqarishda kichik korхonalar faoliyati va afzalliklari inkor etilib, korхonalarni yiriklashtirish siyosati olib borilishi natijasida yagona davlat monopoliyalari vujudga kеldi.
Jahon va O’zbеkiston tajribasi shuni ko’rsatadiki, bozor iqtisodiyoti sharoitida bеznеsni rivojlantirmay turib, iqtisodiy o’sish, ijtimoiy muammolarni, ayniqsa ishsizlikning oldini olish, aholi daromadlarining oshishi, istе’mol bozorini mahsulotlar bilan to’ldirish va ko’paytirish mushkul. Buning tasdig’i sifatida yevropa ittifoqi hamjamiyati mamlakatlarini olib ko’rish mumkin. Ularda ishlab chiqariladigan jami yalpi ichki mahsulotlarning 67%idan ko’prog’i kichik biznеs va хususiy tadbirkorlik tarmog’ining salmog’iga to’g’ri kеladi.
Prеzidеnt I.A. Karimov ta’kidlaganidеk, «….tajriba shuni ko’rsatadiki, jahonda kichik biznеs va хususiy tadbirkorlikni rivojlantirmay turib, iqtisodiy o’sish, ishsizlik darajasining pasayishi va aholining daromadlarini oshishiga erishgan biror mamlakat yo’q».
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish mamalakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng muhim ustuvor yo’nalishlaridan biridir. O’zbekiston amalga oshirilayotgan iqtisodiy
islohotlarning hozirgi bosqichi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, unga keng iqtisodiy erkinlik berish bilan tavsiflanadi. Mamlakatimizda iqtisodiyotning muhim tayanchi sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik har jihatdan qo‘llab-quvvatlanmoqda, ularning mustaqil faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etishga doimiy e’tibor qaratilyapti. Bu borada jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi xatarlariga qarshi chora tadbirlarni belgilash, bu inqiroz mamlakatimiz iqtisodiyotiga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan har qanday salbiy oqibatlarni oldini olish va qarshi kurashish bugungi kunda barchamiz uchun ustuvor vazifadir. Shu bois mamlakatimizda tadbirkorlik sub’yektlari uchun qulay shart-sharoit yaratish yildan-yilga yanada takomillashib bormoqda. Kichik tadbirkorlik sub’yektlariga mustaqillik berish ular faoliyatining yakuniy natijalari uchun javobgarlik hissini oshiradi.
O’tgan qisqa davr mobaynida mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlamntirishning iqtisodiy va huquqiy asoslari yaratilib, bu borada O’bekiston Respublikasining bir qator qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari hamda Vazirlar Mahkamasining bu soha faoliyatiga doir qaror va me’yoriy hujjatlari qabul qilinganligini qayd etish maqsadga muvofiqdir. Ushbu huquqiy me’yoriy hujjatlar natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarining ijtimoiy-iqtisodiy holati ham ijobiy tomonga o’zgardi. Kichik biznesni rivojlantirish uchun soliqdanham qator imtiyozlar birilmoqda. «Qattiq moliyaviy siyosatni amalga oshirish, barqaror pul muomalasini ta’minlash, soliq tizimini takomillashtirish, umumiy qilib aytganda izchil moliya-kredit siyosatini amalga oshirish iqtisodiy islohatlarimizni muvaffaqiyatli ta’minlashga xizmat qilmog’i lozim - degan edi, - prezidentimiz I.A.Karimov.
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar jarayonida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasiga katta e’tibor qaratilmoqda. Tadbirkorlarning qonuniy
manfaat va haq-huquqlarini himoya qilish, soliq yukini kamaytirish hamda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimi mustahkamlanmoqda.
Soliq yukini kamaytirish uni to’lash muddatlaridan imtiyozlar berish tadbirkorlarga qulaylik yaratadi. Bunga misol qilib 2012 yilning 1 yanvaridan sanoat sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi 6 foizdan 5 foizga kamaytirilganligini, shuningdek 2011 yilning 1 oktyabridan boshlab soliqlar, bojxona bojlari va yig‘imlari, boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash muddatlarini buzganlik uchun penya miqdorini kechiktirilgan har bir kun uchun penyani hisoblash tartibi saqlangan holda, amaldagi miqdoriga nisbatan uchdan bir qismiga kamaytirilishi, yuridik shaxslarning tekshiruvlar natijalari bo‘yicha qo‘shimcha hisoblangan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni, shuningdek, moliyaviy sanktsiyalarni undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab olti oy mobaynida teng ulushlarda bo‘lib to‘lash huquqiga ega bo‘lishi va shu kabi boshqa imtiyozlar joriy etilishi tadbirkorlarni yanada rag‘batlantirini ta’kidlab o’tish mumkin. Bundan tashqari 2014 yilning oxirigacha soliq va moliyaviy hisobotlarni topshirishning elektron tizimiga bosqichma-bosqich o‘tkazilishini ta’kidlab o’tish kerak. Mazkur elektron tizim, eng avvalo, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati sub’yektarining ishchanlik faoliyatini kuchaytirish, qolaversa, ularning soliq va moliyaviy hisobotlarni topshirish bilan bog‘liq ishlarini osonlashtirishga xizmat qiladi. Qolaversa, bunday elektron tizimning joriy etilishi nafaqat kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati sub’yektariga, balki vakolatli davlat organlariga ham o‘z faoliyatlarini amalga oshirishlarida qulayliklar yaratadi. Xulosa qilib aytganda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi ortiqcha to‘siq va g‘ovlarga barham berish, tadbirkorlik faoliyati sub’yektarining davlat boshqaruv idoralari, soliq va nazorat organlari, shuningdek, bank muassasalari bilan o‘zaro munosabatlardagi faoliyatini soddalashtirish, ularning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektarining tashqi iqtisodiy munosabatlarda ishtirok etishlari uchun qulayliklar yaratishda, shular orqali kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish dolzarb masalalardan biridir.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling