Bitiruv malakaviy ishi mavzusining tarkibi. Tuzilmaviy rejasiga ko’ra, ushbu malaka ishi kirish qismidan, uch bobdan, xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA KICHIK BIZNESNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY, TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARI.
Milliy ihisodiyotda kichik biznesning tutgan o’rni, nazariy masalalari.
“Biznes” so‘zi ingilizcha so‘z bo‘lib, u tadbirkorlik faoliyati yoki boshqacha so‘z bilan aytganda kishilarni foyda olishga qaratilgan faoliyatidir. Xo’sh, «tadbirkor», «tadbirkorlik» tushunchalari qanday mazmunga ega va nimani anglatadi?
Bu tushunchalarning hozirgi ma’nosida XVII asr oxiri va XVIII asr boshlarida ilk bor ingliz iqtisodchisi Richard Kantilon qo’llagan edi. Uning fikricha, tadbirkor tavakkalchilik sharoitida faoliyat yurituvchi kishidir. Shu boisdan u yer va mehnat omilini iqtisodiy farovonlikni belgilab beruvchi boylik manbai deb bilgan. Keyinchalik, XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshida mashhur franstuz iqtisodchisi J.B. Sey (1767-1832)
«Siyosiy iqtisod risolasi» kitobida (1803y.) tadbirkorlik faoliyatini ishlab chiqarishning uch mumtoz omillari – yer, kapital, mehnatning yaxlitligi deb ta’riflagan edi.
Mashhur amеrikalik iqtisodchi Yozеf Shumpеtеr(1883-1950) o‘zining “Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi” kitobida tadbirkorni novator, ya'ni yangilik yaratuvchi odam sifatida ta'riflagan. “Tadbirkorning vazifasi yangi kashfiyotlarni amalga tadbiq qilish orqali ishlab chiqarish uslubini rеforma qilish(yangilash)dan iborat. Kеng ma'noda kоrib chiqilganda tadbirkorning vazifasi – yangi ochilgan bozor yoki xom ashyo bazasi asosida yangi tovar ishlab chiqarish yoki eskirganini modеrnizatsiya qilish uchun yangi tеxnologiyalar ishlatishdan iborat.”1
Biznesmen mahsulotini sotishi natijasida daromad oladi. Bu daromaddan ishlab chiqarish xarajatlari chegirib tashlanadi va qolgan qismi foydani tashkil
1 Шумпетер Й. Теория экономического развития.- М.: Прогресс,1982.-456с.
qiladi. Bu jarayon misoli quyidagi uchburchak sifatida namoyon bo‘ladi. (1-rasm)
Do'stlaringiz bilan baham: |