Mustaqil ish mavzu: kichik biznesni soliqqa tortishning umumiy tavsifi
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi
Download 0.74 Mb.
|
Kichik biznesni soliqqa tortishning umumiy tavsifi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bitiruv malakaviy ishining ob’yekti.
- Bitiruv malakaviy ishining nazariy va amaliy ahamiyati.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi kichik biznes sub’yektlarini soliqqa tortish jarayonini o’rganish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirib YaIM tarkibida kichik biznes sub’yektarining salmog’ini oshirish maqsadida xulosa va takliflar ishlab chiqishdan iboratdir.
Bitiruv malakaviy ishining ob’yekti. O’zbekiston Respublikasida ro’yxatdan o’tgan, faoliyat ko’rsatayotgan kichik biznes sub’yektlari bitiruv malakaviy ishing ob’yekti qilib olingan. Bitiruv malakaviy ishining predmeti. O’zbekistonda kichik biznes sub’yektlari faoliyatini tashkil etish, ularni rag’batlantirishda va soliqqa tortishda vujudga keladigan moliyaviy munosabatlar tadqiqotning predmeti qilib olingan. Bitiruv malakaviy ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishining nazariy asoslarini O’zbekiston Respublikasining Qonunlari, Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari va xorijda hamda respublikamizda ma’lum olimlarning ilmiy ishlari tashkil etadi. Ishni yozishda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining buyruqlaridan, yo’riqnomalaridan hamda boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlardan foydalanilgan. Bozor iqtisodiyotiga o’tish borasidagi vazifalar haqidagi ta’limotlari va 2012 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning tashabbusi bilan 2012 yil 14-sentabrda tashkil etilgan “O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli va ahamiyati” mavzuida xalqaro konferensiya, 2012 yilning 25 oktabr sanasida bo’lib o’tgan Vazirlar Mahkamasining yig’ilishi, davlatimiz rahbarining 2011 yil 24 avgustda qabul qilingan “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni, Prezidentimiz Islom Karimovning 2010 yil 28 iyulda qabul qilingan “Ta’lim muassasalarining bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni hamda 2012 yil 12-14 sentabr kunlari “O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli va ahamiyati” mavzuida xalqaro konferensiya ma’ruzalarida belgilab berilgan asosiy ustuvor vazifalar bildirilgan fikrlardan kelib chiqqan holda hamda jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari nomli asarlari nazariy asos qilib olingan. Bitiruv malakaviy ishda oldinga surilgan ilmiy-amaliy tusdagi qoida, g’oya, fikr-mulohaza, xulosa va takliflardan: yangi tahrirdagi investitsiyalarni moliyalashtirish strategiyasini belgilash; investitsiya siyosatini isloh qilish va takomillashtirish va mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan keyingi ilmiy – tadqiqot ishlarini amalga oshirish; «kichik biznes sub’yektlarini soliqqa tortish» kursi bo’yicha ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarni o’tkazishda foydalanilish mumkin. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling