Mustaqil ish mavzu: kichik biznesni soliqqa tortishning umumiy tavsifi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlikning ahamiyati6
Download 0.74 Mb.
|
Kichik biznesni soliqqa tortishning umumiy tavsifi.
Kichik biznes sub’yektari fan-texnika yutuqlarini tezda o’zlashtirib, ularni ishlab chiqarish jarayonlariga jalb etish borasida qam faol hisoblanadi. Bunday korxonalar o’zgaruvchan bozor talablariga moslashish maqsadida ishlab chiqarishning usul va vositalarini doimiy yangilab boradilar, buning natijasida butun iqtisodiyotni modernizasiya qilish va sanoat tarmoqlarini texnik va texnologik jiqatdan yangi bosqichga ko’tarishga o’zlarining beqiyos hissalarini qo’shadilar. Bu esa ularning mamlakat iqtisodiy taraqqiyotidagi aqamiyatini yana bir karra oshiradi. Rivojlangan mamlakatlarda kichik innovasion korxonalar YaIMning 30-35 foizini ta'minlayotgani qam fikrimizning tasdiqidir. Mazkur soha faoliyatini kengaytirish iqtisodiyotda erkin raqobatning rivojlanishiga, iste'mol bozorida tovar va xizmat turlarining ko’payishiga, eksport imkoniyatlarining kengayishiga, mamlakatda xususiy tadbirkor va ishbilarmonlarning keng qatlami shakllanishiga olib keladi. Pirovard natijada o’z ichki imkoniyatlarimiz hisobiga uzoq muddatli barqaror yuqori o’sish sur'atlari ta'minlanadi. Shuning uchun kichik biznes sub’yektarini tashkil etish jarayonlarini yanada soddalashtirish, ularga soliqlar va kreditlar bo’yicha imtiyozlar berish, boshqacha aytganda, bunday korxonalarni doimiy qo’llab- quvvatlash va mustaqil rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratib berish iqtisodiy isloqotlarimizning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. O‘zbekitonda kichik biznesni rivojlantirishning asosiy maqsadi mamlakat iqtisodiy o‘sishining qo‘shimcha manbalarini yaratishdan iborat bo‘lib, ijtimoiy- iqtisodiy muammolarini bartaraf etishda katta rol o‘ynaydi, ya’ni aholini ish bilan ta’minlash, milliy boyliklarini ko‘paytirish va millat farovonligi uchun xizmat qiladi. Kichik biznes korxonalari tashkil etilishi va rivojlanishi natijasida ko‘pgina manopol korxonalar tugatilib mulkchilikning boshqa shaklidagi bozor talablariga javob bera oladigan, kam mablag‘ talab qiladigan va bozorda o‘z ulushi uchun raqobatlashadigan korxonalar vujudga keladi. Bundan tashqari kichik biznes korxonalari iqtisodiyotdagi qayta tuzilishlar bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni nisbatan tez va ortiqcha sarf harajatlarsiz yechishga, ichki bozorni moliyaviy resurslar chegaralanganiga qaramasdan iste’mol mollari bilan to‘ldirishga qodirligi bilan ajralib turadi O‘zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektor asosiy o‘rinni egallab bormoqda. Mamlakatimizda kichik biznes xususiy tadbirkorlik yetakchi rol o‘ynaydigan ko‘p ukladli iqtisodiyot vujudga keldi. Inqirozga qarshi ishlab chiqilgan dastur doirasida amalga oshirilgan yana bir muhim tadbirimiz–soliq yukini yengillashtirish, soliqqa tortish tizimini soddalashtirish va unifikatsiya qilish bo’yicha xo’jalik tuzilmalarini qo’llab – quvvatlash maqsadida qo’shimcha choralar ko’rilganidir.7 Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari uchun soliq yukini kamaytirish va ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida keyingi olti yil davomida yagona soliq to‘lovi stavkasi sakkiz foizga pasaytirildi. Agar 2005 yilda yagona soliq to‘lovi 13 foizni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilda yagona soliq to‘lovi mikrofirma va kichik korxonalar uchun 5 foiz bo‘lgani buning tasdig‘idir. Bu boradagi ijobiy tendensiya kelgusi yilda ham davom ettiriladi. Bu soliq stavkasini pasayishi davlat byudjetiga pul tushumini kamaytiradi deb o’ylash noto’g’ri. Soliq stavkasini kamaytirish orqali kichik biznes subyetlariga ishlash uchun qo’shimcha qulayliklar yaratadi ya’ni ularda qo’shimcha mablag’ paydo bo’ladi. Soliq stavkasining kamaytirilishi kelgusida kichik biznes sub’yetlari soni ko’payishiga va ularni barqaror ishlashiga zamin yaratadi. Bu o’z navbatida byudjetga tushumlarni ko’payishiga olib keladi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling