Mustaqil ish mavzu: kichik biznesni soliqqa tortishning umumiy tavsifi
Oilaviy tadbirkorlikning afzalliklari
Download 0.74 Mb.
|
Kichik biznesni soliqqa tortishning umumiy tavsifi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiyotni tartibga solishda kichik biznes faoliyatini rivojlantirish istiqbollari.
rasm.Oilaviy tadbirkorlikning afzalliklari5 O‘zbekiston tanlagan o‘z taraqqiyot yo‘lining naqadar to‘g‘riligini vaqtning o‘zi ko‘rsatib turibdi. Bugun mamlakatimiz butun dunyoga qo‘lga kiritayotgan ulkan yutuqlarini namoyish etmoqda. Bu muvaffaqiyatlar, o‘z navbatida, xalqaro maydonda O‘zbekistonning nufuzini oshirish, jahon xo‘jalik munosabatlaridagi ishtirokini kengaytirishga xizmat qilmoqda. 5 Chizma ma’lumotlar asosida muallif tomonidan chizilgan. Iqtisodiyotni tartibga solishda kichik biznes faoliyatini rivojlantirish istiqbollari.Bugungi kunga kelib, kichik biznes sohasini rivojlantirishga nafaqat mamlakatimizda, balki ko’plab rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda ham katta e'tibor qaratilmoqda. Milliy iqtisodiyotni izchil rivojlantirish va barqaror taraqqiyotning asosi hisoblangan o’rta sinfni shakllantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Chunki kichik biznes iqtisodiyotning o’zgarib turadigan bozor talablariga tez moslashib, yangi ish o’rinlarini tashkil qilishda va aholi daromadlarini oshirishda muhim o’rin egallaydi. Mamlakatda kichik biznes sohasini rivojlantirish iste'molchilar uchun tovar va xizmatlar xilma-xilligini ta'minlash, aholi bandligi va daromadlarini oshirish, pirovard natijada aholi farovonligini yuksaltirishning samarali vositalaridan biri hisoblanadi. Bunday qarash va nazariyalar jahon va rivojlangan mamlakatlar tajribasida o’z tasdiqini topgan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (UNDP) ma'lumotlariga ko’ra, jahon xo’jaligida jami korxonalar sonida kichik korxonalarning ulushi 95 foizdan ortadi. Bunday korxonalar hisobiga jahondagi barcha ish bilan band bo’lganlarning 60 foizi va yalpi ishlab chiqarishning 50 foizi to’g’ri kelmoqda. Mamlakatimizda kichik biznes sohasini rivojlantirishga birlamchi e'tibor qaratilar ekan bu borada boy tajribaga ega va ulkan muvaffaqiyatlarga erishgan bir qator rivojlangan davlatlarning bosib o’tgan yo’llarini o’rganib, tahlil qilish va zarur xulosalar chiqarish o’ta muhim vazifa hisoblanadi.Кichik biznes bajaradigan vazifalarning asosiylaridan biri shundan iboratki, kichik biznes jamiyatda siyosiy va iqtisodiy barqarorlik ta’minlovchi o‘rta sinifni shakllantiradi. Har qanday jamiyatda o‘rta mulkdor sinfi iqtisodiyot rivojlanishida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Kichik biznesning respublikamizda rivojlanishi quyidagi ustuvorliklarga ega: turli ijtimoiy guruhlar daromadlarining nomutanosibligini silliqlab turuvchilik roli; faol va tadbirkor shaxslar, yuqori darajali biznesmenlar shakllanshiga; iqtisodiyotning turli sektorlari o‘rtasida o‘zaro mustaxkam aloqalar o‘rnatishga; jamiyatda siyosiy vaziyatni kafolatlovchi o‘rta sinf shakllantirilishiga; nisbatan kam mablag‘lar xisobiga yangi ish joylari yaratilishiga; texnologik texnik va tashkiliy yangiliklar tez tadbiq etilishi va bevosita ishlab chiqarilishiga; raqobat muhiti yuzaga keltirilishiga; monopol korxonalar kamayishiga xizmat qiladi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling