Mustaqil ish mavzu: kichik biznesni soliqqa tortishning umumiy tavsifi
jadval O’zbekistonda yangi ish o’rinlarini yaratishda kichik biznes
Download 0.74 Mb.
|
Kichik biznesni soliqqa tortishning umumiy tavsifi.
jadval O’zbekistonda yangi ish o’rinlarini yaratishda kichik biznessub’yektarining ulushi, ming kishi4
O’tgan yilda esa 967 mingdan ortiq ish o‘rni yaratildi, ularning qariyb 600 mingini qishloq joylarda tashkil etilganini alohida ta’kidlash joiz. Bunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish hisobidan 485 mingdan ziyod kishini ishga joylashtirish, birinchi navbatda, korxonalar bilan hamkorlikda mehnat shartnomalari asosida kasanachilikning turli shakllarini, shuningdek, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali 218 mingdan ortiq kishining bandligi ta’minlandi. 2012 yilning 25 oktabr sanasida Vazirlar Mahkamasining yig’ilishi bo’lib o’tgan edi, unda 2013-yilgi Ish o’rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi loyihalari har tomonlama muhokama qilingan edi. Dasturga muvofiq 2013-yilda 973 mingta, shu jumladan, kichik biznes vaxususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga – 485,5 mingta, kasanachilikning turli shakllarini kengaytirish hisobiga – 218,4 mingta, yirik ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish va qayta tiklash, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma, qishloq xo’jaligi hisobiga – 268,8 mingta yangi ish o’rinlarini yaratish nazarda tutilgan. Bugungi kunda aholi bandligini ta'minlash va ularni ijtimoiy qo’llab- quvvatlash maqsadida respublikamizda ko’pgina kompleks chora-tadbirlar olib 4 Jadval muallif tomonidan ma’lumotlar asosida tuzilgan. borilmoqda. Jumladan: Mehnat qonunchiligi tobora takomillashtirilib, joylardagi bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari faoliyati kuchaytirilmoqda. Yangi ish o’rinlari yaratayotgan ish beruvchilar rag’batlantirilmoqda, ularga soliq, kredit va boshqa imtiyozlar berilmoqda. Mehnat bozorida ishchi kuchi sifati va raqobatdoshligini oshirish maqsadida mehnat resurslarini kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi yanada takomillashtirilmoqda. Aholini ish bilan ta'minlashning eng samarali vositalari bo’lgan kichik biznes, xususiy tadbirkorlik, kasanachilik, xizmat ko’rsatish va servis sohasi yanada jadal sur'atlarda rivojlantirilmoqda. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj bo’lgan toifalari moddiy qo’llab- quvvatlanmoqda, ular uchun ish o’rinlarini kvotalash tartibi yo’lga qo’yildi. Davlat va mahalliy byudjet mablag’lari hisobidan vaqtinchalik va jamoat ishlari tashkil etilmoqda. Tashqi va ichki migratsiyani tartibga solishga e’tibor kuchaytirilmoqda. Oilaviy tadbirkorlik kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining o’ziga xos tashkiliy-huquqiy shakli sifatida mamlakat iqtisodiyotidagi ahamiyati katta bo’lib, u bir qator afzalliklarga ega: moslashuvchanlik va innovasiyalarning yuqori darajasi, o’zgaruvchan bozor talablariga tez moslashish qobiliyati; oila institutini mustahkamlash kabi muhim ijtimoiy vazifani bajaradi, bolalarni muvaffaqiyatli tarbiyalashga imkon bergani holda, ularni ijtimoiylashtirishga hamda demografik muammolarni hal etishga imkon beradi; ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga bo’lgan yuqori intilish darajasini ta'minlaydi; iqtisodiyotning barqaror rivojlanishida zaruriy sharti bo’lgan fuqarolarning tadbirkorlik nuqtai nazaridan o’z-o’zini ro’yobga chiqarishga imkon beradi; -jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy holatning barqarorlashuviga imkon beradi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling