Mustaqil ish mavzu: kichik biznesni soliqqa tortishning umumiy tavsifi


Download 0.74 Mb.
bet5/22
Sana10.02.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1184064
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Kichik biznesni soliqqa tortishning umumiy tavsifi.

1-rasm


Biznes jarayoni2


Foyda Xarajatlar
Mahsulotni sotishdan tushgan daromad
Kichik biznesga o‘zining mustaqil mulki va xo‘jalik mustaqilligiga ega bo‘lgan va o‘zining faoliyati sohasida yuqori (dominant) hisoblanmagan firmalar kiradi. Kichik korxonalar quyidagilar tomonidan bunyod etilishi mumkin: fuqarolar, ularning oila a’zolari va boshqa birgalikda mehnat faoliyatini olib boruvchi shaxslar; davlat, ijara jamoalari, qo‘shma korxonalar, kooperativlar, xissadorlik jamiyatlari, xo‘jalik jamoalari, shirkatchilar va boshqa yuridik shaxs hisoblanuvchi korxona va tashkilotlar; davlat mulkini boshqarish huquqiga ega davlat idoralari; belgilan-gan idoralar, korxonalar, tashkilotlar va shaxslar hamkorlikda; amaldagi ishlab turgan korxona, tarkibidan, ishlovchi jamoa tashabbusi bilan, bitta yoki bir necha tarkibiy bo‘linma korxona mulki egasining roziligi va korxonaning ilgari qa-bul qilgan shartnomaviy majburiyatlarining bajarilishini ta’minlash sharti bilan ajratib olish natijasida tuziladi.
2004 1yanvardan boshlab kichik korxonalar ularda ishlovchilar soniga qarab ajratiladi. Unga binoan, individual mеhnat faoliyati bilan shugullanuvchi va shirkatga birlashib ishlovchi jismoniy shaxslarni, mikrofirmalarni, kichik korxonalarni kichik biznеs sub'еktlari qatoriga kiritildi.
Bozor munosabatlari tizimida kichik biznes quyidagi alohida xususiyatlari

2 Джон Берджес.Дэн Штайнхофф, Основы управления малым бизнесом. Перевод с англ. - М.: БИНОМ, 1997.51 бет.


bilan ajralib turadi: ishlab chiqarish hajmining, ishlovchilarning soni kamligi; dastlabki sarmoya hajmining kamligi; bozordagi talabga nisbatan tez moslasha borib, sifatli mahsulot ishlab chiqarish qobiliyati; yangi ish o‘rinlarini barpo etish va bandlik muommasini xal etishga ko‘maklashish imkoniyati; biznes egasini tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdagi bevosita ishtiroki; nisbatan qisqa muddatlarda aholi ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan tovar va xizmatlarga bo‘lgan talabni qondira olishi va boshqalar.
Kichik biznes sub’yektlari deb o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan va tadbirkorlik faoliyati yuritayotgan yuridik va jismoniy shaxslar tushiniladi.
О‘zining “kichik biznes” degan nomiga qaramasdan ushbu ishlab chiqarish va tijorat faoliyati turi barcha taraqqiy topayotgan davlat iqtisodida muhim ahamiyatga ega. Uning quyidagi afzalliklari mavjud:

  • moslashuvchanlik, ya’ni ishlab chiqilayotgan mahsulot assortimenti va turini o‘zgartirishi kichik korxonalarda unchalik katta qiyinchiliklar tug‘dirmaydi;

  • kichik biznesning iqtisodiy ustunligi mahalliy sharoitlarini yaxshi bilganlari sababli, ishlab chiqarishni uncha ko‘p bo‘lmagan kapital va mehnat harajatlari bilan amalga oshirishidadir;

  • mahalliy resurslarda ishlab turgan yoki mahalliy bozorni ta’minlab turuvchi kichik korxonalar hech bo‘lmaganda transport harajatlarining iqtisod kilinishi evaziga kam harajatlidirlar;

kichik korxonalarda mehnat sarfi kam, moddiy manfaatdorligi yuqori;

Kichik biznes xo‘jalik sub’yektlarining shakllari. Kichik biznesning quyidagi shakllari mavjud:

    • huquqiy maqomi bo‘yicha:

      1. jismoniy shaxs shaxs maqomida;

      2. yuridik shaxs maqomida;

    • band bo‘lgan xodimlar soni bo‘yicha:

  1. yakka tadbirkorlik;

  2. mikrofirma;

  3. kichik korxona;

    • mulkchilik shakli bo‘yicha:

  1. xususiy;

  2. davlat;

  3. jamoa;

  4. aralash;

    • faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha:

  1. ishlab chiqarish;

  2. xizmat ko‘rsatish;

  3. tijorat;moliyaviy;

  4. innovatsion adbirkorlik faoliyati;

    • tadbirkorlikning qanday vazifani bajarishga yo‘naltirilganiga qarab:

  1. ishlab chiqarishni boshqarish;

  2. moliyalashtirish;

  3. vositachilik;

  4. maslaxatchilikka qaratilgan tadbirkorlik;

    • faoliyat turlarining soni bo‘yicha:

  1. bitta;

  2. ko‘p tarmoqli tadbirkorlik;

    • faoliyat murakkabligi bo‘yicha:

  1. maxsus bilim talab qilmaydigan;

  2. maxsus bilim talab qiladigan;

  3. yuqori texnologiyaga va nodir bilimga asoslangan tadbirkorlik;

    • faoliyatning tarmoq yo‘nalishlari bo‘yicha:

  1. sanoat;

  2. agrosanoat;

  3. qishloq xo‘jaligi;

  4. savdo va umumiy ovqatlanish;

  5. maishiy xizmat ko‘rsatish;

  6. transport va aloqa;

  7. uy-joy va kommunal xo‘jaligi;

  8. tijorat va moliya;ta’lim va fan;qurilish;

  9. boshqa xalq xo‘jaligi tarmoqdaridagi tadbirkorlik.

Dunyo tajribasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, rivojlangan mamlakatlarda ham dastavval kichik biznesning iqtisodiyotda tutgan o’rni Yapon mo‘jizasi, deb atalgan iqtisodiy shiddat ham davlatning rejalashtirilgan qat’iy siyosati tufayli oyoqqa turib, hozirgi paytda mamlakat yalpi ichki mahsuloti yetishtirishda umumiy foydaning yarmini tashkil eta boshladi. Qisqa muddatda Yevropa iqtisodiyoti asosiy ustunlaridan biriga aylangan Germaniyada o‘tkazilgan qat’iy davlat siyosati natijasida mamlakat iqtisodiyotida kichik biznes rivojlantirildi va urushdan keyingi yillar mobaynida biznes taraqqiyoti 10 %dan 65%gacha yetdi. Yapon mo‘jizasi, deb atalgan iqtisodiy shiddat ham davlatning rejalashtirilgan kat’iy siyosati tufayli oyoqqa turib, hozirgi paytda mamlakat yalpi ichki ahsuloti yetishtirishda umumiy foydaning yarmini tashkil eta boshladi.
Respublikada kichik biznesni takomillanishi va rivojlanishida chet el tajribalarni har tomondan o‘rganish, yaxshi kuzatish va xulosa chiqarib, to‘g‘ri qarorga kelish va xususiy tadbirkorlar tomonidan o‘z shaxsiy ishini tashkil etish jarayoniga muvofiqlashtirish lozim.



    1. Download 0.74 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling